[IMG]
Buntepa.png

Bunyodkor Stadioni - Toshkentning Bunyodkor futbol klubi stadionidir. Shuningdek bu stadionda O'zbekiston
milliy terma jamoasi ham o'z o'yinlarini o'tkazadi. 2012-yili avgustida qurib bitkazilgan ushbu stadion 34 ming tomoshabinni sig'dira oladi. 
[IMG]
Bunyon.png
Toshkent shahridagi Bunyodkor Stadioni qurilib bitishi o'zbek futbolining 100 yillik tantanalari nishonlanayotgan bir paytga to'g'ri keldi. O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra, "Bunyodkor" stadioni aslida 2012-yilning 10-martida topshirilishi kerak edi.Germaniyaning GMP firmasi tomonidan loyihalashtirilgan sport kompleksi qurilishi 2008-yil boshlangan va keyinroq to'xtab qolgan edi. Bunga "Bunyodkor" jamoasining muassisi, Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytiladigan "Zeromaks" shirkatining yopilishi sabab bo'lgan edi. Shundan so'ng to'xtab qolgan qurilish O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 5 apreldagi qaroridan so'ng yana boshlandi.Stadionning dastlab 45 ming odamni sig'dira oladigan Markaziy Osiyodagi eng katta sport kompleksi bo'lishi haqida aytilgan edi. UFF sayti ma'lumotiga ko'ra,endilikda tomoshabinlar o'rindiqlari soni 34 ming bo'lib, majmua ikki qavatdan iborat bo'ldi.Bunyodkor stadioni 34000 o'rinli bo'lib, shundan 1700 tasi VIP-o'rinlar hisoblanadi.
[IMG]
Bunich.png
 Bu yerda shuningdek, yer osti avtomobillar to'xtash joyi, konferens zal, muzey, tibbiyot shoxobchalari, umumiy ovqatlanish joylari va savdo do'konlari xizmat
ko'rsatadi. 120 o'rinli Bolalar-o'smirlar futbol maktabida esa xuddi shuncha o'rinli yotoqxona korpusi va ovqatlanish bo'limi, suzish havzasi,mashq qilish va sport zali, tibbiyot markazi bor. Bunyodkor stadionida Respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda tadbirlari,Toshkent shahri aholisi, ayniqsa bolalar, o'smirlar va yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun shart- sharoitlar yaratilgan.