Dzudo Tarixi Haqida
[IMG]
Dzu2.jpg

Dzyudo(yaponcha dzyu - yumshoq, do - yo'l) - sport yakkakurashi. 
[IMG]
Kano.jpg
Dzudoga Yaponiyalik Dzigoro Kano (1860-1938) 1882 yilda asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, Dzudoni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifatida shakllantirdi. Dzyudochilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor kiyib, yalang oyokda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100+, ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 + kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 5 minut, ayollarda 4 minut  davom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yelkadan oshirib otish va h.k.) usullar qo'llab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qo'l-oyoqlarni qayirish, og'ritish va bo'g'ish usullarini qo'llab, raqibining yelkasini tatamiga 30 sekund davomida bosib turib yengishga (yengilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga "koko", "yuko", "vazari" va "ippon" baxrlari beriladi ("ippon" - sof g'alaba, 2 ta "vazari" - g'alaba, "yuko" va "koko" baxrlari sanab borilib, yakunda ino-batga olinadi). Dzyudo bo'yicha musobaqalar 1883 yildan o'tkaziladi. Xalqaro Dzudo federatsiyasi (FIJ) 1956 yilda tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan O'zbekiston ham Dzudo federatsiyasi a'zo (1991). 1956 yildan jahon chempionati o'tkazib kelinadi, 1964 yildan olimpiada o'yinlari dasturiga kiritilgan.
O'zbekistonda Dzudo bilan 20 - asrning 80-yillaridan shug'ullaniladi. Dzudoning ayrim jihatlari o'zbek kurashiga o'xshash bo'lgani uchun tez ommalashdi. Dzudochilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal bilan taqdirlanishdi. Jumladan, Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo o'yinlarida (1998) - kumush, Farhod To'rayev jahon chempionatida (1999) - kumush va "A" toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001) - 2 ta oltin, Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) - oltin, "A" toifasidagi musobaqalarda Kamol Murodov (1998) va Vladimir Shturbabin (1999) - oltin, Suzanna Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) - bronza medallarini qo'lga kiritishgan. 

Dzudo Xarakteristikalari; Kontakt: Ha 
Aralash jins: Ha
Turkum: Sharq yakkakurashi va jang san'ati
Anjom: Kimono
O'ynaladigan joy: Tatami
Olimpik o'yin: Ha 1964-yildan e'tiboran
Paralimpik o'yin: Ha
Mintaqa: Butun jahon

Dzyudo( yaponcha:- so'zma-so'z tarjima qilinganda "Yengil yo'l") ma'nosini anglatadi. Sharq yakka kurashlari orasida mashhur bo'lgan bu sport turi vatani Yaponiya bo'lib XIX asrboshlarida dzyudo qonun qoidalari yaratilgan. Olimpiada o'yinlari dasturiga 1964-yili kiritilgan ushbu sport turi, O'zbekistondaham ommaviy sport turlaridan biri hisoblanib, mustaqil O'zbekiston tarixida Olimpiada o'yinlarida qo'lga kiritilgan 21 ta medaldan 4 tasi dzyudochilar hissasiga to'g'ri keladi. Dzyudo usullaridan biri
[IMG]
usul.jpg
