Davlat madhiyasi 

  Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi togrisidagi qonun 1992 - yil 10 dekabrda Ozbekiston Respublikasi Oliy Kengashining on birinchi sessiyasida qabul qilingan. 

A. Oripov sozi, 

[IMG]
oripov.png
   M. Burhonov musiqasi. 
[IMG]
burxonov.png




Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot, 
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon! 
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, 
Shuhrating porlasin toki bor jahon! 

Naqorat 

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor! 

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni, 
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot! 
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni, 
Haqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod! 

Naqorat 

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!