
Davlat gerbi 
[IMG]
gerb.png


Ozbekiston Respublikasining Davlat gerbi togrisidagi qonun 1992 yil 2 iyulda Ozbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10 - sessiyasida qabul qilindi.

Gerbning markazida tasvirlangan - qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi  baxt - saodat va erksevarlik ramzi tasvirlangan. Buyuk alloma Alisher Navoiy Xumo qushini barcha tirik jonzodlar ichida eng ezgu deb tariflagan.  

      Gerbning yuqori qismida Respublikaning sobit va barqarorligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Uning ichida yarimoy va besh qirrali yulduz ifodalangan.

      Quyosh   Ozbekiston Respublikasi tanlagan yolining nurli bolishini va Respublikaning noyob tabiiy iqlim sharoitini korsatib turadi.

      Boshoqlar  xalqning rizq-rozi bolgan galla timsolidir. Oppoq bolib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan goza shohlari  asosiy yurtning dongini dunyoga taratgan asosiy boyligi ramzidir.   

      Bugdoy boshoqlari va paxta chanoqlari davlat bayrogiga oxshagan lenta bilan orab qoyilgan. Bu Respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir.