Davlat bayrog'i


[IMG]
bayroq.png


1991-yil 18-noyabrda Ozbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrogi  togrisidagi qonun qabul qilindi.

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz ham yurt bayrogini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, koz qorachigidek asraganlar. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, galaba timsoli bolgan.

         Vatanimiz mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1991 yilning 18 noyabrida "Ozbekiston Respublikasining Davlat bayrogi togrisida"gi qonun qabul qilindi. Mazkur hujjatda takidlanganidek, milliy bayrogimiz davlat suvereniteti ramzlaridan biridir.

         U 20 yildan beri mamlakatimiz Prezidenti Devoni, Oliy Majlis palatalari, hukumat binosi, mahalliy boshqaruv idoralari, Ozbekiston azo bolgan xalqaro tashkilotlar, yurtimizning onlab xorijiy davlatlaridagi diplomatiya va savdo vakolatxonalari, konsullik muassasalarida hilpirab turibdi.

       Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat, va, albatta, har bir davlatning oz ramzlari, bayrogi bor. Har bir bayroq ayricha rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrogimiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bolmasligimizni korsatib turadi.

         Prezidentimizning xorijiy mamlakatlarga rasmiy tashriflari davomida bayrogimiz osha yurt kochalarini bezaydi. Turli bayram tantanalarida, yurtimiz delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning shani, xalqimizning gurur va iftixorini yorqin aks ettiradi. Yurtimizdagi bayram shodiyonalari, tantanalari chogida kochalarimizga kork bagishlab turgan bayrogimiz har birimizda shukronalik hislarini uygotadi.

           Mamlakatimizda yosh avlod talim-tarbiyasiga qaratilayotgan ulkan etibor samarasi olaroq, xalqaro miqyosda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir yoshlar safi tobora kengayib bormoqda. Ayniqsa, turli sport musobaqalarida goliblikka erishgan yigit-qizlarimiz sharafiga yurt bayrogi baland kotarilmoqda. Ana shunday lahzalarda qalblarimizda Vatan tuygusi yanada kuchliroq josh uradi, xalqimizning salohiyati, kelajagimizga ishonch yanada mustahkamlanadi.

      Davlatimiz bayrogidagi har bir rang, har bir belgi chuqur ramziy manoga ega.

    Undagi moviy rang - tiriklik manbai bolgan obihayotni, musaffo osmonimizni, kuch-qudratimizni, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni aks ettiradi.

      Oq rang  muqaddas tinchlik ramzi bo`lib, u kun charog`onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg`unlashib ketadi. Oq rang - poklik, beguborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go`zallikka intilishning timsoli.  

       Yashil  yasharish va yangilanish, navqironlik va shodumonlik ramzi, shuning barobarida ona tabiatimiz timsolidir.

     Qizil chiziqlar  -  tomirimizda joshib oqayotgan ajdodlar qoni  hayotiy qudrat va davomiylik nishonasidir. Shuningdek, bunda Istiqlol, ozodlik uchun qon tokkan erksevar ota-bobolarimizning orzu-armonlari mujassam.

   Bayrogimizdagi yarim oy va yulduzlar   - tarixiy qadriyatlarimiz, umrboqiy ananalarimiz, manaviy kuch-qudratimiz bilan bogliq. Hilol qolga kiritilgan mustaqillik, ozodlikni ifodalaydi.

        Davlatimiz bayrogi  otmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Qonunda belgilanganidek, Ozbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, Ozbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar bayrogimizni hurmat qilishlari shart. Zero, unda ruhiyatimiz, gurur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bolgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.