


[IMG]
iphone-5-white-black.png


 





[IMG]
iphone slide7.png


 



Turi 
Ommaviy kompaniya
Faoliyati 
Kompyuter texnikalari, sotoviy telefon, audio texnika va programma ta`minoti ishlab chiqarish
Asos solingan yili

1 aprel 1976
Asoschilari 
Steve Jobs va Steve Wozniak
Joylashuvi 
Cupertino, California
Muhim shaxshlar 
Steve Jobs, Steve Wozniak, Timothy D. Cook
Daromadi
US$24.01 miliard (2007)[1]
Ishchilar soni 
17,787 (30 sentabr 2006)
Vebsayti
Apple.com

"Apple" - shahsiy kompyuterlar, iPod audiyopleyerlar va programma ta`minoti ishlab chiqaruvchi amerika korporatsiyasi. Shahsiy kompyuterlar va zamonaviy grafikli interfaysga asoslangan ko`pvazifali operatsion sistemalar olamida pionerlardan biri hisoblanadi. Bosh ofisi -Kupertino, Kaliforniyashtatida joylashgan.
2007 yil 9 yanvargacha 30 yil davomida korporatsiya nomi "Apple Computer" edi.
Tarix
70-yillar
Kaliforniyada Steve Jobs va Steve Wozniak tomonidan asos solingan. 1970 yilning o`rtalarida ular "Motorola 6502" prosessori bazasida birinchi shahsiy kompyuterni ishlab chiqishadi. O`nlab shunday kompyuterlarni sotib, yosh tadbirkorlar moliyaviy daramod olishdi va 1 aprel 1976 yil da firmani rasmiy ro`yhatdan o`tkazishgan.1976 yilda ishlab chiqilgan "Apple I" birinchi programmalashtiruvchi mikrokompyuter bo`lmagan. Birinchilik "Al`tair 8800" kompyuteriga tegishli, 1974 yilda yaratilgan va kataloglardan tarqatilgan.Ammo, "Al`tair" tehnik tomondan "shahsiy kompyuter" sifatida kvalifikatsiyalanman bo'lgan, chunki yig`ish imkoniyatiga ega bo`lmagan va programma yordamida ma`lumotlarni chaqirish imkoniga ega bo`lmagan. Yillar davomida kompaniya "Motorola" prosessorli, firma tomonidan ishlab chiqilgan operatsion sistemali o`zining "Macintosh" kompyuterlarini ishlab chiqarib kelgan.
80-yillar
1980 yil noyabr oyida kompaniya kompyuterlarini bozorga chiqara boshlaydi va barcha kamchiliklar o`zini namoyon eta boshlaydi. 1981 yil mart oyiga kelib etkazib berilgan kompyuterlarning 20 % i nosoz holda etkazilayotgani aniqlandi.Qolganlari esa yoqilishi bilan bir soat o`tar o`tmas bo`zilar edi, chunki Jobs ventilyator qo`yishga ruhsat bermagan edi va mikroshemalar temperatura oshishiga dosh bermas edi. 1981 yilning mart oyida Wozniak aftohalokatga uchraydi va vaqtinchalik ishlay olmaydi. "Apple III" ni sotish bilan bog`liq muammolar shunga olib keldiki, Jobs o`zning 40 ta ishchisini bo'shatishga majbur bo'ladi. 1985 yilda AQSh prezidenti Ronald Reygan tehnik progressni rivojlantirgani uchun Jobs va Wozniakga medal topshiradi.
Boshqaruv


Companiya bosh ofisi Cupertino, California.

"Apple" - ommaviy kompaniya, uning aksiyalari NASDAQ va London fond birjalarida sotiladi. Kapitalisatsiya 2007 yil iyul oyi o`rtalarida - $115,3 mlrdni tashkil etdi. Bosh boshqaruvchi - Steve Jobs.
Faoliyati
Kompaniya o`zining bir qism mahsulotlarini o`ziga tegishli magazinlar tizimi orqali ko`tara sotadi.(AQSH, Kanada, Yaponiya va Buyuk Britaniya da 147 ta magaziniga ega). "Apple" 2005 yil 24 sentyabr moliyaviy yil yakunlariga ko`ra o`z magazinlaridan $2.35 mlrd daromad olgan, bu uning yillik savdo hajmining 17% ni tashkil etadi.
Maxsulotlari
Hozirgi kunda "Macintosh" kompyuterlaridan tashqari (MacPro, iMac va Mac mini modellari, noutbuklar : MacBook va MacBook Pro, Xseve server ishlab chiqarish) shuningdek ularga programma ta`minoti (Mac OS X, iLife,Final Cut, Aperture multimediya paketlari va boshqalar) ishlab chiqaradi. Apple iPodpleyerlari ishlab chiqaradi, shuningdek iTunes onlayn magazini orqali sifrovoy audio va videozapislarni sotish bilan ham shug`ullanadi. Apple Cinema Display deb nomlanuvchi professional kompyuter displeylarini ham ishlab chiqaradi.
2006 yil yanvar oyidan boshlab "Apple" kompaniyasi Intelprosessorli kompyuterlar ishlab chiqara boshladi.
2007 yil 21 mart dan boshlab "Apple" HDTV video formatda ishlovchi Apple TVmultimediya pleyerlarni ishlab chiqara boshladi.
2007 yil 29 iyundan "Apple" yangicha boshqarish usuli Multi - Touch ga asoslangan iPhone yangi telefonini sotishni boshladi.
IPhone- Yangi iPhone 5
IPhone- Mobil telefon
IPad- Planshet Kompyuter
IPod_classic, IPod_shuffle, IPod_nano va IPod_touch-Multimedia Pleyer
MacBook_Pro- Professional Notebook, 2006
MacBook_Air- yupqa Notebook, 2008
Mac_mini- Shaxsiy kompyuter, 2005
IMac- Kompyuter Hammasi birda (Monitor, Sistemni blok)
Mac_Pro- Stol ustida Kompyuter
Thunderbolt_Display-Kompyuter Monitorlari
Faoliyati ko`rsatkichlari
Umumiy ishchilari soni - 14.8ming kishi (24 sentyabr 2005) 2006 moliyaviy yilda (31 sentyabr 2006 yilda tugagan) Apple ning sotuvlari natijasi - $19.3 mlrdni tashkil etgan.
Apple Rossiyada
Kompaniyaning Rossiyadagi biznes hamkorlari bu -Apple IMC Russia, "MakSentr" va "Deep apple" hisoblanadi. 2006moliyaviy yil yakunlariga ko`ra "Apple" ning Rossiyadagi sotuvlari $69mln ni tashkil etgan."Apple IMC Russia" menejerlari fikriga ko`ra ushbu mavsumda Rossiyada 240 ming dona iPod audio pleyerlari sotilgan.
Qiziqarli faktlar
Yangi kompaniyaga nom tanlash uchun uch oy intilishlardan so`ng, kompaniya asoschilaridan biri Steve Jobs o`z hamkasblariga shunday ultimatum qo`yadi:"Men kompaniyani "Apple" deb nomlayman, agar siz soat beshgacha yahshiroq nom topmasangiz"
"Macintosh" - AQShda sotilgan olma navining nomi, Jobsning yahshi ko`rgan mevasi.



[IMG]
tttt.png


 


[URL]
WWW.KTBCLUB.LARK.RU - KITOBLAR TO`PLAMI	
http://KTBCLUB.TK