Ko'kyo'tal - o'tkir antroponoz, havo-tomchi yo'li bilan yuquvchi bakterial infektiya hisoblanadi. Harakterli belgisi pristupsimon, spazmatik yo'tal. Nafas olish yo'lining hafli kasalligi bo'lib 2 yoshdagi bolalarda og'ir kechadi. Kuzgatuvchisi - Bordatella pertussis aerob, kapsulali, grammanfiy tayoqcha bakteriyadir. Bakteriyalar ko'p miqdorda toksinlar ajratib chiqaradi va nafas yo'llarining shilliq qavatini zararlaydi. Nafas yo'llarining shilliq qavatida ko'payadi, kasallik simptomlariga sabab bo'ladi. 40 % hollarda kasallik o'tkir bronxit tarzida kechishi mumkin. Inkubation davri 7-14 kun, kasal 5 kunlik antibiotik terapiyadan so'ng izolyatsiya qilinishi kerak. Kasallik asosan 3 stadiyada kechadi: kataral, konvulsiya, desrement stadiyasi. Inkubation davrdan keyin grippsimon belgilar paydo bo'ladi, yengil tana haroratinig ko'tarilishi kuzatiladi. Aksirish, quruq yo'tal boshlanadi, bu davr 2 hafta davom etadi, o'ta yuqish darajasi yuqori bo'ladi. Ikkinchi stadiyada yutal hurujlari boshlanadi, harakterli ko'rinishi til tashqariga chiqishi kuzatiladi. yo'tal natijasida tiniq shilliq ajrab chiqadi va qayt qilishi mumkin. Konvulsiya davri 2 haftadan 6 haftagacha davom etadi. Oxirgi davrda (stadium decrementi) yo'tal hurujlari asta sekin kamaya boradi, 3 haftadan 6 haftagacha davom etadi.
Antibiotiklar berilmasa 10 oygacha davom etishi mumkin, shu sababli 100 kun yo'tal deb nomlangan. 6 oydan kichik ko'krak yoshidagi bolalarda yo'tal hurujlari apnoe bilan kuzatiladi, katta yoshdagi odamlarda faqat quruq yo'tall kuzatiladi - bu kasallikning atipik kechishidir. Ko'kyo'tal o'pka shamollashiga, o'rta quloq yallig'lanishiga va ikkilamchi infektionlarga sabab bo'ladi. Kuchli yo'tal chov hamda kindik churralarini keltirib chiqaradi. 

Ko'kyo'tal (frans. cogueluche) -bo'g'ilib-bo'g'ilib yo'tal tutishi bilan kechadigan o'tkir yuqumli kasallik. Ko'pincha bolalarda uchraydi. Borde-Jangu tayoqchasi degan bakteriya qo'zg'atadi (uni kashf etgan belgiyalik J. Borde va fransiyalik O. Jangu nomidan). Havotomchi yo'li orqali yuqadi. Kasal bola aksirganda, yo'talganda havoga tarqalgan shilliq tomchilaridagi K. tayoqchasi sog'lom bolaning nafas yo'llari orqali organizmga kiradi. 

K. qo'zg'atuvchisi bola organizmida 2- 15 kun davomida hech qanday kasallik alomatlarini paydo qilmasligi ham mumkin - bu inkubatsion davr. Keyinchalik bola bir oz yutala boshlaydi, yo'tal kun sayin zo'raya boradi, harorati ko'tariladi, bola injiq bo'lib qoladi, yaxshi uxlay olmaydi, ishtahasi yo'qoladi, bu - kataral davr bo'lib, 2 haftagacha davom etadi. Bolaning ahvoli asta-sekin yomonlasha boradi, ketma-ket qattiq yo'taladi va ikkinchi haftaning oxiri, uchinchi haftaning boshlariga kelib, xurujsimon yo'talga aylanadi, kasallik uchinchi davrga - spazmatik davrga o'tadi, u 1-5 hafta davom etadi. Yo'tal tutish davri kasallikning asosiy va doimiy alomati bo'lib, yo'tal 2- 3 marta qattiq yo'talish bilan boshlanadi, keyin tinmay ketma- ket kalta-kalta yo'talaveradi va nafasi ichga tushib ketib, tovush yorig'i qisqarishi natijasida "g'iyq" degan tovush chiqadi. Yo'tal tutganda bolaning yuzi avval qizarib, keyin ko'karadi, ko'zi yoshlanib, unga qon quyilishi mumkin, tili osilib ketadi, bo'yin tomirlari bo'rtadi.
Ozroq balg'am ko'chishi va ko'pincha qayt qilish bilan yo'tal tutishi to'xtaydi. Yo'tal tutgan paytida bolani ko'tarib olish yoki o'tirg'izib qo'yish lozim, og'izda yig'iladigan shilliq ajralishini kamaytirish uchun boshini sal oldinga engashtirib ushlab turish kerak. Yo'tal tutmagan paytda bola o'zini yaxshi sezadi. Bora-bora yo'tal tutishi kamayadi, bolaning ruhi yengillashib, sog'ayish davri boshlanadi, budavr 1-3 hafta davom etadi. Bola kasallik boshlangan kunidan tortib 30 kungacha yuqumli hisoblanadi. K.ga qarshi ommaviy emlash tufayli K. ning yengilroq turi ko'proq uchraydi, bunda yo'tal tutish davri juda yengil o'tishi yoki yo'tal tutmasligi ham mumkin. Emadigan va nimjon bolalarda K. og'irroq kechadi. K.ning og'ir xilidan keyin ko'pincha burun qonashi, bronxit, zotiljam (aksari go'daklarda) kabi asoratlar kuzatiladi. 

Oldini olish. Shu maqsadda AKDS (adsorbirlangan ko'kyo'taldifteriyaqoqshol) vaksivasi qo'llaniladi (bolalar 5, 6, 7 oyligida, keyin 1-2 yoshida va 6 yoshida vrach buyurganida emlanadi). Kasal bo'lmagan, lekin bemor bilan muloqotda bo'lgan bolalar ma'lum kungacha alohidalab qo'yiladi. 

Davosi. Kun tartibiga rioya qilish, sof havodan bahramand bo'lish, oz-ozdan, lekin dam-badam to'yimli ovqat berib turish tavsiya etiladi. Bemorni vrach davolaydi. K. bir umrga immunitet qoldiradi. 

- Diagnostikasi: ko'p hollarda 2 stadiyada tashhis qo'yiladi. Differential diagnoz asosan broxial astma, sil, surunkali obstruktiv o'pka kasalliklari bilan qilinadi.

 - Davolash: kataral yoki konvulsiya davrida 2 hafta erytxromiysin yoki makrolidlar gruppasiga kiruvchi preparatlar beriladi. Ko'kyo'talning oldini olish uchun profilaktik emlov qilinadi. Hozirgi kunda kombinatsiyalashgan emlov, yani ko'kyo'tal, qoqshol, difteriya va poliomielitga qarshi emlov qilinadi. 

 
Muallif: Norqulov Jahongir
Termiz shahri.
2014-yil. Yanvar.








[IMG]
snake.png


