Eyfel minorasi



[img]
e1.png



Eyfel minorasi 1889-yilda
qurilgan. Balandligi 300 metr
bo`lgan bu inshoot o`sha
vaqtda
jahondagi eng baland bino
bo`lgan.
Minora 1889-yilgi
Butunjahon ko`rgazmasiga
atab
qurilgan. Shu vaqtdan boshlab
Eyfel minorasi Parij shahri
ramzi
bo`lib qoldi. Bu po`latdan
tiklangan qurilma o`z davri
me`morchiligining an`anaviy
qoidalarini o`zida mujassam
etgan.
Eyfel minorasining loyihasi
maxsus tanlovda boshqa
loyihalar ichidan eng ma`quli
sifatida ajratib olindi. Loyiha
muallifi, yuqori darajali
temiryo`l
ko`priklari qurish tajribasiga
ega
bo`lgan muhandis Gustav Eyfel
edi.


[img]
G.png


Gustav eyfel


 Jamoatchilik fikri ikkiga
bo`lindi: minora ba`zilarga juda
yoqib tushdi, ayrimlarning esa
aksincha, uni ko`rarga ko`zi
yo`q
edi. Ko`pchilik, ertami-kechmi,
Eyfel minorasi qulab tushishiga
ishonchi komil edi. Gustav
Eyfelga minora
mustahkamligini
shaxsan tushuntirib berishga
to`g`ri keldi.



[img]
gg.png



Eyfel minorasi uch qavatli:
birinchi qavatning balandligi 57
metr, ikkinchisi 115 metr va
uchinchisi 276 metrga teng.
Bugungi kunda minora Parijning
katta qismi uchun televizion
uzatgich vazifasini ham
o`tamoqda. Uning
antennesining
balandligi 320 metrdir.




[img]
e2.png


XlX-asr. Parij shahri. Eyfel minorasi 



Minoraning suyri va silliq
ko`rinishini ta`minlash uchun
12
000 bo`lak po`lat yuza 2500
000
ta zaklepkalar bilan
mahkamlangan.
Eyfel minorasining oldida besh
qavatli yer osti inshooti qurilishi
mo`ljallanmoqda. Endi barcha
badiiy ko`rgazmalar o`sh yerda
o`tkaziladi. " Parij ko`rki" ning
ma`muriyati shu yo`l bilan har
kuni minora oldida paydo
bo`ladigan uzundan uzoq
navbatlarga chek qo`yishga
umid bildirmoqda. Mazkur
loyihaning qiymati 56-70
million
dollarga teng deb
baholanmoqda. Yangi binoning
50 000 kv. metr maydoni
majlislar zali, magazin va
restoranga ajratiladi.




[img]
e3.png


Parij. Eyfel minorasining tungi ko'rinishi


Eyfel minorasiga tashrif
buyurish qoidalari ichida
quyidagi yozuv paydo bo`lib
qolsa ajab emas: " Siz yuqoriga
ko`tarilish uchun avvalo pastga
tushishingizga to`g`ri keladi" .
Chunki loyiha mualliflari
minoraga tashrif chiptalari
kassasini ham " yer osti" ga
joylashtirishmoqchi.
109 yoshli " Parijning temir
xonimi" yangilashga ehtiyoj
sezmoqda. Uning "
yaraqlaydigan tungi elektr
ko`ylagi" yuzlab elektrlampalar
o`z xizmatini o`tab bo`lgani
sababli miltillab qolgan.
Mutahassislar fikricha minorani
ta`mirlash ishlariga 18 oy vaqt
ketadi.





[img]
e4.png



Eyfel minorasi mana bir necha
o`n yildirki, jahondagi turistlar
eng ko`p tashrif buyuradigan
joylardan biri bo`lib kelmoqda.
Uni ko`rish uchun har yili 8
millionga yaqin odam keladi.
Minora Parij uchun daromad
manbalaridan biri hisoblanadi.
2000-yilda shahar meriyasi
boshqaruvchi kompaniyadan 30
million frankdan ortiq mablag`
qabul qilib olgan.


[img]
ggg.png