Buyuk fizik Albert Eynshteyn ajoyib bir topishmoq o'ylab topgan. Uning yordamida oddiy odamlardan intellectual elitani ajratib olish mumkin. Lekin odatda dunyoning 98% foiz odami bu topishmoqni yechishga qodir bo'lmaydi. Agar o'zingizni sayyoramizning qolgan 2% aholisi qatoriga qo'shishni istasangiz, topishmoqni javobini topishga o'rinib ko'ring. Quyida e'tiboringizga Eynshteynning ana shu buyuk masalasini havola etamiz.

1.	Beshta uy bor, ularning barchasi turli xil rangda.
2.	Har bir uyda bir nafar odam yashaydi. Ularning millati har xil: nemis, ingliz, shved, daniyalik va norvegiyalik odamlar.
3.	Har biro odam ma'lum bir ichimlik ichadi, ma'lum bir savdo belgisiga tegishli tamaki chekadi va ma'lum bir jonivorni boqadi.
4.	Besh kishining birortasi ham bir xil ichimlik ichmaydi, hech kim bir xil savdo belgisidagi tamaki chekmaydi va hech kim bir xil jonivor boqmaydi.

SAVOL: Ulardan biri baliq boqadi. Xo'sh topingchi baliq kimga tegishli?????????

Yordam kerakmi unda e'tibor bering.

1.	Ingliz qizil uyda yashaydi.
2.	Shved it boqadi.
3.	Daniyali kishi choy ichadi
4.	Yashil uy oq uydan chapda joylashgan.
5.	Yashil uy egasi kofe ichadi.
6.	"Pall Mall" chekuvchi kishi qush boqadi.
7.	O'rtadagi uyda yashovchi odam sut ichadi.
8.	Sariq uyda yashovchi odam "Dunhill" chekadi.
9.	Norvegiyali kishi birinchi uyda turadi.
10.	"Marlboro" chekuvchi odam mushuk boquvchi kishi oldida yashaydi.
11.	 Ot boqadigan odam "Dunhill" chekadigan kishi oldida yashaydi.
12.	 "Winfield" tamakisini chekuvchi odam pivo ichadi.
13.	 Norvegiyali havo rang uy oldida yashaydi.
14.	 Nemis "Rathmans" chekadi.
15.	 "Marlboro" chekuvchi odam suv ichadigan kishiga qo'shni turadi.

Xo'sh natija qanday? Yana o'ylab ko'ring.

1, 2, 3, 4, 5-uylarning ranggi qanaqa?

Ularda qaysi millat vakillari turadi?

Ular qanday ichimliklar ichadi?

Qanday markali sigaret chekadi?

Qanday hayvon boqishadi?

SuPeRJaVa.NeT
STeeP BoYs
