
O'tkazilgan vaqti va joyi: 1950 yil 24 iyun – 16 iyul, Braziliya. 
Qatnashchilar soni: 13 ta (Yevropadan 6 ta, Janubiy Amerikadan 5 ta, Shimoliy Amerikadan 2 ta).
 

4-Jahon chempionati aslida 1942 yili o'tkazilishi lozim edi. Ikkinchi jahon urushi tufayli u o'tkazilmay qoldi. Urushdan charchagan dunyo ahli jahon chempionatining yana bir vaqti - 1946 yili ham katta futbol bayramini ko'rmadi (bunga toqat ham yo'q edi). Nihoyat, FIFA o'sha yilning 25 iyulida yig'ilish tashkil etdi. Unda ko'rilgan muhim masalalardan biri jahon chempionatiga doir edi. Uzoq muhokamalardan so'ng futbolning ashaddiy muxlislari  orziqib kutgan qaror qabul qilindi. Unga ko'ra, 4-Jahon chempionati 1950 yili Braziliya davlatida o'tkaziladigan bo'ldi.

Qiziqarli ma'lumotlar
• Chempionat bu gal "Olimpiya tizimi"da o'tkazilmaydigan bo'ldi. 
• 1948-1950 yillarda Rio de-Janeyro shahrida ulkan, o'z bag'riga 200 ming tomoshabinni sig'dira oladigan mashhur "Marakana" stadioni jahon chempionati uchun maxsus qurib bitkazildi.
• Chempionatning so'nggi uchrashuvini (Braziliya - Urugvay) 199854 tomoshabin «Marakana»da turib kuzatdi. Bu ko'rsatkich nafaqat Jahon chempionatlari tarixida, balki butun futbol tarixida hali hanuz rekord ko'rsatkich bo'lib turibdi.
• Umuman olganda, barcha uchrashuvlarni hammasi bo'lib 1 mln. 45 ming 300 muxlis bevosita kuzatdi. Bu har bir o'yinga o'rtacha 47514 muxlis tushdi deganidir (bu raqam ham jahon chempionatlari tarixida  eng yuqori ko'rsatkichlardan bo'lib turibdi).
• Darvozalar 22  o'yinda 88 bor ishg'ol etildi. Bir o'yinda o'rtacha 4 tadan gol kiritilgan.

O'tkazilgan o'yinlar va natijalar

Guruh bosqichi
1-guruh
Braziliya - Meksika 4:0
Yugoslaviya - Shveytsariya 3:0
Shveytsariya - Braziliya 2:2
Meksika - Yugoslaviya 1:4
Braziliya - Yugoslaviya 2:0
Shveytsariya - Meksika 2:1

1. Braziliya    3  2  1  0  8-2    5
2. Yugoslaviya    3  2  0  1  7-3    4
3. Shveytsariya    3  1  1  1  4-6    3
4. Meksika    3  0  0  3  2-10  0

2-guruh
Angliya - Chili 2:0
Ispaniya - AQSh 3:0
Ispaniya - Chili 2:0
AQSh - Angliya 1:0
Chili - AQSh 5:2
Angliya - Ispaniya 0:1

1. Ispaniya  3  3  0  0   6-1  6
2. Angliya    3  1  0  2   2-2  2
3. Chili          3  1         0  2   5-6  2
4. AQSh      3  1        0  2   4-8  2

3-guruh
Shvetsiya - Italiya 3:2
Paragvay - Shvetsiya 2:2
Italiya - Paragvay 2:0

1. Shvetsiya    2  1  1  0  5-4    3
2. Italiya    2  1  0  1  4-3    2    
3. Paragvay    2  0  1  1  2-4    1

4-guruh
Urugvay - Boliviya 8:0

1. Urugvay     1  1  0  0  8-0    2
2. Boliviya    1  0  0  1  0-8    0

Final bosqichi
Braziliya - Shvetsiya 7:1
Urugvay - Ispaniya 2:2
Braziliya - Ispaniya 6:1
Shvetsiya - Ispaniya 3:1
Urugvay - Shvetsiya 3:2
Urugvay - Braziliya 2:1

1. Urugvay (ch.)   3  2  1  0  7-5    5
2. Braziliya       3  2  0  1  14-4    4
3. Shvetsiya         3  1  0  2  6-11    2
4. Ispaniya     3  0 1    2  4-11    1

Urugvay - Braziliya o'yini aslida final o'yini emas (rasman). Lekin chempionlik masalasini hal qilib bergani uchun bu o'yinni final deyish rasm bo'lgan. 

Eng ko'p gol urgan futbolchi:
Ademir (Braz.) – 9 gol




ZUBAYIR+BOBURBEK

ZUBAYIR+998941961382

BOBUR+998937660204