ARISTOTEL
 
  Idrok quvvati hayotning mohiyatidir.
 
  Tabiatan barcha odam bilimga ehtiyojmanddir.
 
  Biz tinchlikda yashash uchun urushlar boshlaymiz.
 
  Yaxshi fazilatli kishilar boshqalarga osonlik bilan qarshi kurasha olish huquqiga egalar. Ammo bu kabi odamlarning kamdan-kami bunday ish qilishga moyil bo'lishadi.
  
  Qo'rquv - shayton namoyon bo'lishi oqibatida xuruj qiluvchi og'riqdir.
 
  Konstitutiya davlat bosh sudiyasining dasturulamalidir.
 
  Xafa bo'lish juda oson. Biroq, o'z vaqtida arzirli sabab bilan o'z me'yori darajasida, to'g'ri maqsadda, adolatli yo'l bilan xafa bo'lish oson emas va har kimning ham qo'lidan kelavermaydi.
 
  Mehnatning tagi xotirjamlikdir.
 
  Yaxshiligida odamdan-da olijanob jonzot yo'q. Qonun va adolat bo'lmaganida undan-da vahshirog'i bo'lmagan bo'lar edi.
 
  Savodli odamning savodsizdan farqi tirik tananing jasaddan farqichalikdir.
  
  Qadir-qimmat shonsharfdan emas, bunga munosibligimizni anglashdan iborat.
 
  Men o'z dushmanini emas, o'z ehtiyojini mag'lubiyatga uchrata olgan kishini jasur kishi deya olaman. O'z ustidan g'alaba qozomish inson uchun eng sharafli g'alabadir.
 
  Bir-biriga mos bo'lmagan narsalarni tenglashtirishga harakat qilish nomutanosiblikning eng hunuk ko'rinishidir.
 
  Har narsaning tabiy izohi bor. Oy - bu Xudo emas. U eng bahaybat qoyadir. Quyosh esa issiq qoya.
 
  Barkamol kishi hayot baxtsizliklariga mag'rurlik va ijobiylik bilan bardosh beradi. Shu orqali hammasini izidga tushiradi.
 
  Tragediya bu - to'liq,yaxlit va muyam ahamyatga ega hodisaning tasvirhdir. To'liq bu - iptido, o'rta va intihoga ega degani.
  
  Yolg'izlikdan zavqlanadigan odam yo yovvoyi hayvon yo bo'lmasa avliyodir.
 
  Bilim mofaqiyatga erishishda bezak,kulfatda esa panoxdir.
 
  Boshqa shoirlarga yolg'oni ham mahorat bilan so'zlash sa'natidan saboq bergan odam - bu GOMERdir.
 
  Kukgining siri hayratlanishdadir.
 
  Yomon odamning yuragi afsus-nadomatga to'la bo'ladi.
 
Odamlarga foydasi tekkan ezguliklar - eng buyuk ezguliklardir.
 
  Yoshlik - muntazam mastlik davriga o'xshaydi.
 
Har bir kishi hayoti davomida quydagi 7 bahonadan biriga duch keladi: imkoniyat, tabiat, majburiyat, illat, sabab, tuyg'u, ehtiyoj.
 
  Hayotd ham ziyofatdagide na och, na to'q bo'lgan yaxshi.
 
  Yaxshi boshlangan ish yarimiga yetgan ishdir.
 
  Sevgi yagona qalbning ikki tanada panox topishidan yaraladi.
  
  Mening haqqimga yaxshilik sog'inuvchi do'st - mening eng yaxshi do'stimdir.
 
  Hayot qadri boxabarlik va mushohada qikishga ko'ra belgilanadi. Hayot bularsiz behudadir.
 
  Jasurlik insonning eng muhim sifatidir. Chunki bu boshqalarni ham kafilga oladigan sifat.
 
Biror jihatdan teng kishilar har jihatdan tengdirlar. Sababi, jamiyatda barcha odamlar teng huquqlidir. Demokiratiya xuddi shu tushuncha asosida paydo bo'ladi.
 
  Do'stlik eng avvalo sherikchilik degani.
 
  Dononing maqsadi huzur - halovatni saqlab qolish emas, tashvishning oldini olishdir.
 
  Yaxshi maosh to'lanadigan barcha ish miyani so'radi va uni tanazulga boshlaydi.
  
  Ehtiyojingni ahvolinga qarab belgila.
 
  Jasurlik qo'rquvga e'tiborli bo'lish va o'ziga ishonish bilan ma'no kasb etadi.
 
  Bilim - keksalikdagi eng yaxshi ehtiyoj chorasidir.
 
  Jamiyatning quyi qatlamidagilar o'rta qatlamga qo'shilishga harakat qilishadi. O'rta qatlamdagilar esa jamiyatning yetakchi qatlamiga qarab shoshishadi. Xuddi shu almashinuv natijasida jamiyatda ham, davlatda ham o'zgarishlar yuz beradi.
 
  Hushyorlik huzir-halovatga nisbatan diqqatli bo'lish degani.
 
  Haqiqatdan biroz bo'lsa -da chalg'ish boshida arzimas tuyilsa ham, keyinchalik arzirli muammolarni keltirib chiqaradi.
 
  Xushxulq fazilatlarga tabiatan ega bo'lmaymiz. Tabiatimiz ularni qabul qilish yoki qilmaslikka zamin yaratadi, xolos. Fazilatlar aslida illatning mahsulidir.
 
 Ilimning tomir otishi azobli, ammo hosili shirin.
 
  Hech bir daholik telbalik alomatisiz namoyon bo'lmagan.
 
  Bilguvchilar bajarsinlar, tushunguchilar esa o'qitsinlar.
 
  Do'stlik - bu nima? Ikki tanani bog'lab turgan yagona qalb.
 
  Tafakkur ham tarbiyalangan beadablikdir.
 
  Hatto qonunlar ham uzoq vaqt o'zgarishsiz qolmasligi kerak.
 
  Har qaysi san'at va izlanish, har qaysi harakat va tanlov biror bir yaxshilikni ko'zlaydi. Shu bois ham har ishning maqsadi yaxshilik bo'lishi kerak, deb to'g'ri aytilgan.
 
  Baxtiyorligimiz o'zimizdandir.
 
  Do'sti ko'pning aslida do'sti yo'q.
 
  Hayot baxtsizliklarida shubhasizki, vafodor do'st ishonchli panohdir.
 
  Tamoyil va shiorlarni aytish yoshlarga yarashmaydi.
 
  She'riyat tarixdan ko'ra ajoyibroq hamda falsafaga yaqindir. She'riyat umumiylikni ifodalasa, tarix ikir-chikirlarni yoqtiradi.
 
  Musibatlarni hushchaqchaqlik bilan qarshilaganda azob ham go'zal bo'lib tuyiladi. Hissiyotlarga berilib emas, idrokning buyukligi bilan vaziyatdan chiqib ketish munkin.
 
  San'atni vazifasi borliqni tashqi ko'rinishini ko'z-ko'z qilish emas, ularninh ichki mohiyatini ochib berishdir.
  
  Bolalarni to'g'ri tarbiyalaganlar ularni dunyoga keltirganlardan ko'ra ko'proq faxirlansalar arzidi.
 
  Tortinchoqlik yoshlikning ko'rki,ammo keksalikka tomon bosilgan ilk qadamdir.
 
  Oligarx ham, zolim ham odamlarga ishonishmaydi. Shu bois, ularni o'z yosdamlaridan mahrum qilishgan.
 
  Demokiratiya mol-mulk egalari emas, kambag'allar boshqaruvidagina namoyon bo'ladi.
 
  Salobat obro'ga egakik qilmaydi, aksincha unga munosib bo'ladi.
 
  Erga bergan o'nta e'tiborining to'qqiztasida ayol o'zini mehribon qilib ko'rsatadi, xolos. Bir martasidagina esa o'sha e'tiborni chindan ham his qiladi.
 
  Bag'rikenglik barcha fazilatlar ichida eng sevimlisidir.
 
  Diyonat bizdan haqiqatni do'stlarimizdan ham ortiqroq sevishimiz kerakligini talab qiladi.
 
  Kasibdan rohatlanish, ishda mukammalikka erishishning poydevoridir.
 
  Siyosatchilarda hech qachon bo'sh vaqt bo'lmaydi. Chunki ular doimo siyosatdan tashqarida, hukmronlik, shon-sharaf va baxt og'ushida yashashadi.
 
  Bekamu ko'stlik ham bir illatdir.
 
  Hech nimani bilmasligingni bilib yashash haqiqiy donishmandlikdir.
 
  Farzandi dunyoga kelgunicha hech kim onadek azoblanmaydi. Shu bois ham u farzand uchun hammadan ko'proq qayg'uradi.
 
  Umid - bu uyg'oq tushdir.
 
  Tabiatga xos hamma narsada hayratlanarli bir ajoyibot bo'ladi.
 
  Do'stning haqiqisi baxtsizlik kelganda bilinadi.

  Haqiqatga yaqin imkonsizlikni, haqiqatdan uzoq imkoniyat deb bilgan ma'qul.
 
  Qonun tuyg'udan xalos bo'ish uchun bahona.
 
  Nazorat o'rta qatlam ixtiyorida bo'lgan va bu qatlam boshqalaridan ko'ra ko'pchilikni tashkil etgan jamiyat eng barkamol siyosiy jamiyatdir.
 
  Agar odam har bir harakatini o'zining so'ngi harakati deb o'ylaganida edi, u shuxratparaslik istagidan voz kechgan bo'lar edi.
 
  Tashvishdan qochish qo'rqoqlik degani. Jonga suiqasd qilish ajalning kuchiga kuch qo'shishi haqiqat bo'lsa qo'rqoq bu ishni oliy maqsadni ko'zlab qilmaydi. U aslida qaysidir kasallikdan qochishga urinadi, xolos.
 
  Yoshlik osonlik bilan chalg'iydi. Chunki bu davirda orzu qilish juda ham oson.
 
  Fe'l-atvorni ishonch-etiqodning tez ta'sirlanuvchi asosi deb aytish mumkin.
 
  Turli xik odamlar baxtni har xil yo'llar orqali, turli maqsadda izlaydilar, shu orqali o'zlari uchun hayotning va hokimyatning turlicha ko'rinishini yaratadilar.
 
  Yaxshilik - bu tez-tez qilish va odatlanish orqali o'rganish mumkin bo'lgan san'atdir.
 
  Yaxshi rahbar bo'lishni istagan kishining o'zi avvalo, rahbar qo'l ostida ishlab ko'rishi lozim.
 
  Gomer o'zidan keyingi shoirlarga yolg'onni ham mahorat bilan bayon qilish san'atini o'rgatib ketgan.
 
  Axloqiy go'zallik odatning mevasidir. Adolatni odat qilib odil, xolislikni qadirlashni odat qilib xolis, jasurlikni odat qilib dovyurak bo'lishimiz mumkin.
 
  Tabiatda keraksiz narsaning o'zi yo'q.
 
  Hurmatdan ko'ra, qo'rquv odamni ko'proq harakatga undaydi.
 
  Hech qaysi qala tasavvursiz o'ylay olmaydi.
 
  Aksariyat odamlar hurmatdan ko'ra, ko'proq qo'rqqanlari sababli mehnat qilishadi. Gunoh ishdan uning qabihligi uchun emas, jazosidan qo'rqib yuz o'girishadi.
 
  Saboq bera olish - chuqur bilimga xos yorqin belgidir.
 
  Adolatning afzalligi uning og'ir-bosiqligidadir. Bu xuddi donishmandlik nazoratida bo'lishga o'xshaydi.
  
  Jamiki yaxshi narsalarga ega, ammo do'sti bo'lmagan kishi yashashni ixtiyor qila olmaydi.
  
  Demokratiyada boylardan ko'ra o'rtahol qatlamning imkoniyati ko'proq. Chunki ular ko'pchilikni tashkil qilishadi va demokratiyada ko'pning xohish-istagi ahamiyatlidir.
 
 Har bir yaxshi qalbda bir chimdim bo'lsa ham telbalik bo'ladi.
 
  Hech kim o'zi qo'rqqan odamni seva olmaydi.
 
  Shaxsiyatning go'zalligi har qanday tavsiyanomadan buyukroq taklif.
 
  Biz nimaniki takror-takror qilsak, biz o'shamiz. Unday bo'lsa, ustunlik harakat emas, qusurdir.
 
  Do'pstimizni ham, haqiqatni ham sevsakda, diyonat bizga haqiqatni birinchi o'ringa qo'yishhmiz kerakligini o'qtiradi.
 
  Boshqaga ma'nan qaram bo'lgan odam tabiatan quldir.
 
  Odam muayyan darajaga muayyan yo'ldan muntazam tarizda harakatlanish evaziga erishadi.
 
  Do'stlikka ega bo'lmay turib, dunyodagi boshqa narsaga ega bo'lishning imkoni yo'q.
 
  Do'st bo'lish juda oson, ammo chin do'stlik pishb yetilishi uzoqqa cho'ziladigan mevadir.
 
  Do'stlik bir yurakning ikki qalbda urib turishidir.
 
  Dovyurak bo'lmay turib, bu dunyoda hech nimaga erishib bo'lmaydi. Dovyuraklik idrokning eng oliy sifatidir.
 
  Tadbirkorlikning siri boshqalar bexabar bo'lgan tadbirdan boxabar bo'lishdir.