AFLOTUN
 
  Inson o'z roxatini ko'zlab emas, davlat manfaatlarini o'ylab nikohdan o'tmog'i lozim.
 
  Makkorlik - bu donolikning eng quyi taqlidchisidan bo'lak narsa emas.
 
  Oxirida hamma narsa ham yo'qlikka yem bo'lmasdan, nimadir qolishi kerak ekan, shekilli.
 
  Shoirlar o'zlari tushunmagan holda buyuk va dono narsalar haqida gapirishadi.
 
  Boshida himoyaching bo'lib ko'rinib, keyin tomiringa bolta urishga chog'langan kimsa, yovuzlik bulog'idan suv ichib turgan ildizning namunasidir.
 
  Shoshma-shosharlik tufayli ko'p jabrlanish harakatning sustligidandir.
 
  Har yuz kishidan biri qaxramon, har ming kishidan biri donishmand. Ammo na yuztaning, na mingtaning orasidan birgina "o'z ishining ustasi" ni topish mahol.
 
  Dovyuraklik qo'rqmaslik nimaligini bilishdir.
 
  Yaxshi harakat bizga kuch berib, boshqalarga yaxshi kayfiyat ulashadi.
 
  Hech kim bir vaqtda ikki kasb yoki ikki san'atni to'g'ri uddalay olmaydi.
 
  E'tiqodga qarshi kurashadigan bo'lsak, ikki marotaba mustahkam qurollanishimiz kerak.
 
  Na hayotni, na ilmni matonat bilan davom ettirishni istamaydigan farzandni hech kim tarbiya qilmasligi lozim.
 
  Nimaningdir jadal o'sib ketishi unga nisbatan kuchli qarshilikka sabab bo'ladi.
 
  Oziga qanoat qilib yashash eng ulkan boylik.
 
  Faylasuflar qirol, qirollar faylasuf bo'lar ekan, davlatga va odamzodga nisbatan xavf-xatarning cheki bo'lmaydi.
 
  Aytishlaricha, yaxshi ishni ikki-uch marotaba takrorlash yaxshilik ekan.
 
  Biz bolalarga aytib beradigan ilk hikoya va to'qimalar yosh qalbda ezgulik hislari uyg'onishiga turtki bo'lishi lozim.
 
  Adolat va insof avvalo, fuqarolar yuragi va qalbida yashamas ekan, uni hukumatda qo'llash befoydadir.
 
  Bilim - eng aniq fikir.
 
  Sevgi - bu jiddiy ruhiy kasallikdir.
 
  Odam - ma'no izlovchi jonzoddir.
 
  Agar maqsad ezgu bo'lmasa bilim iblisga aylanadi.
 
  Iblisni yaxshi deb hisoblash inson tabiatiga zid. Agar inson ikki iblisdan birini tanlashga majbur bo'lsa, u hech qachon eng ablah iblisni tanlamaydi.
  
  Nimadir gapi borligi uchun dono gapiradi. Nimadir deyishi kerakligi uchun nodon vaysaydi.
 
  Har qanday kishi osonlik bilan yomonlik qila oladi. Ammo yaxshilik qilish har kimning ham qo'lidan kelmaydi.
 
  Hozirga ham, kelajakka ham diqqat qil. Harakat qilmay turib, biror nimaga erisha olmaysan. Yer qanchalik unimdor bo'lmasin, haydamay turib, undan hosil ololmaysan.
 
  Bu hayotda bizga malol keladigan eng muhim va og'ir masala - bu sog'likdir.
 
  Men mulohaza qila oladigan biror bir matematikni ko'rganimni eslay olmayman.
 
  Barcha yovuzlikning ildizi va urug'i nodonlikdir.
 
  Garchi har narsaga tavakkal qilsa-da, buyuk va olijanob ishlarni qilish yaxshi odamga xos fazilat.
 
  Sevgi - bu yaxshi ishdan baxtiyor bo'lish, donolikdan hayratlanish va yaratganning ishlariga qoyil qolishdir.
 
  Ilm boshlangan yo'nalishning boshidayoq inson o'z kelajak taqdirini belgilab oladi.
 
  Biror kishi haqida u bilan bir yillik suhbatdan ko'ra, bir soatlik o'yin davomida tezroq va yaxshiroq bilsa bo'ladi.
 
  Har qaysi yurakning o'z qo'shig'i bor. Toki u o'z qo'shig'iga hamohang kuyli boshqa bir yurak xirgoyasini eshitmas ekan, kuylayveradi. Kuylashni xohlagan kishiga qo'shiq topiladi.
 
  Musiqa - bu ruhiyat qonuni. U borliqqa qalb, idrokka qanot, tasavvurga parvoz, hayot va har narsaga latofat tuhfa etadi.
  
  O'lim insonda ro'y berishi mumkin bo'lgan eng muhim hodisa emas.
  
  Yaxshi odamlarga qonun-qoidalarni va mas'uliyatni o'rgatish shart emas. Yomon odamlar esa doimo qonunlarni chetlab o'tish payida bo'lishadi.
 
  Yaxshi odamni na  tirikligida, na o'likligida hech bir yomonlik bezota qila olmaydi.
 
  Fikir bilim va nodonlikning oralig'idir.
 
  Davlatlar ham odamlarga o'xshaydi. Ular inson fe'l-atvoriga ko'ra shakillanadi.
 
  Eng ablah kishi bo'lishdan qo'rqqan odam eng yaxshi odam ham bo'la olmaydi.
 
  Sukutni sening roziliging deb taxmin qilaman.
 
  Adolat kimningdir holatini his qilish degani. Shaxsiy ishga aralashish emas.
 
  Zaruriyat - bu kashfiyotning onasi.
 
  Erkak uchun avvalo o'zining ustidan g'olib kelish birinchi va eng ulkan g'alabadir.
 
  Adolat nimaligidan bexabar bilim donishmandlikdan ko'ra ko'proq makkorlikka o'xshaydi.
 
  Ilm - bu idrokdan bo'lak narsa emas.
 
  Yaxshi - bu go'zal degani.
 
  Bizning jamiyatdagi demokiratiyada zolimlik tabiiy holdir. U o'z-o'zidan yuzaga chiqadi.
 
  Xo'sh, Suqrot, qalbning ozig'i nima?
Qalbning ozig'i - bu bilimdir.
 
  Muloyim va shodon kishi yoshining o'tayotganini u qadar his qilmaydi. Ularga teskari fe'l-atvordagi kishilar uchun esa yoshlik ham, keksalik ham birdek azobdir.
 
  Hech kim bir vaqtda bir necha san'atda muvaffaqiyat qozona olmaydi.
 
  Muhabbatning birgina e'tibori har kimni shoir qiladi.
 
  O'yga cho'mgan idrok o'z-o'zi bilan suhbatlashayotgan bo'ladi.
 
  Odam ikki narsadan hech qachon xafa bo'lmasligi kerak: biri - qo'lidan kelgan ishga yordam so'rashganidan va ikkinchisi - qo'lidan kelmaydigan ish uchun.
 
  Bizdagi bilim yuqori darajada, ammo uni bilmagan narsalarimiz bilan solishtirib ko'rsak, u kambag'allashib qoladi.
 
  Bu shahar qanday bo'lsa o'shanday, boisi bizning fuqarolar qanday bo'lishsa, aslida ham shundaylar.
 
   Ko'p narsani o'rganib keksayishga bajonidil rozi bo'lar edim.
 
  Do'stining e'tiboriga e'tibor bermaganni do'st deyish xatodir.
 
  Ezgulik yer osti va ustidagi oltinlardan ham qadirliroq.
 
  Qiziqish faylasufga xos tuyg'u. Falsafa qiziqishdan boshlanadi.
 
  Falsafa musiqaning yuqori pardasidir.
 
  Tezlik bilan ommalashayotgan narsa ayniqsa, qattiq qarshilikka uchraydi.
 
  Mol-davlat "ishonchli  himoyachi" nomi bilan dong taratgan.
  
  Yaxshi narsani takrorlashning ziyoni yo'q.
 
  Ishning boshi uning eng muhim qismidir.
 
  Bolaligidanoq o'tilgan mashg'ulot farzand ta'lim-tarbiyasining eng mag'izli va muhum bo'lagidir.
 
  Yaxshi fazilat harakatimiz, yoshimiz va qilgan ishlarimiz bilan chog'ishtiriladi.
 
  Yaxshi qaror bilakka emas, bilimga asoslanadi.
 
  Ortiqchalik o'zgarishga sabab bo'ladi va xoh ob-havo, xoh fasillarda yoki hukumatda bo'lsin, salbiy ta'sir keltirib chiqaradi.
 
  Inson fe'l-atvori quydagi uch narsada namoyon bo'ladi: ehtiyoj, hissiyot va bilim.
 
  Inson ikki oyoqli, silliq tirnoqli, qanotsiz jonzoddir.
 
  Musiqa o'z xislatidan boxabar bo'lish uchun qalbni zabt etadigan ovozning harakatidir.
 
  O'qitishni xohlagan odam hech qachon yaxshi saboq bera olmaydi. Boshqarishni xohlagan odamdan ham yaxshi boshqaruvchi chiqmaydi.
 
  Ozod tug'ilgan odamga ta'lim berishda qullikka xos hech bir usuldan foydalanmaslik lozim. Zo'rlab o'qitilgan bilim xotirada o'rnashib qololmaydi.
 
  Tarixdan ko'ra she'riyat hayotiy haqiqatga yaqinroq turadi.
 
  Birinchi va eng ulkan g'alaba - o'z ustingdan g'alaba qozonishdir. O'z-o'zingga mag'lub bo'lish esa hammasidan ham sharmandali va jirkanchli mag'lubiyatdir.
 
  Saxovatli bo'lib ko'rinishni niyat qilmay turib himmatli bo'lgan kishilar eng saxiy va olijanob kishilardir.
 
  Dono kishi hokimligi eng mustahkam hokimiyatdir.
 
  Nafaqat urf-odatlar, balki tabiat ham tastiqlaydiki, adolatsizlikdan azoblanishga qarshi nimadir qilish yana ham uyatliroq ekan. Adolat esa avvalo, tenglikdir.
 
  Nodon qaysarlar har qanday dartga begona nom qo'yishadi.
 
  Buyuk bo'lishni niyat qilganlar na o'zlarini, na o'zlariga tegishli narsalarni sevmastliklari kerak. Nimaiki haqqoniy bo'lsa, ular o'shani sevishlari zarur. Buni xoh o'zlariga, xoh boshqalarga tegishli bo'lishidan qat'i nazar.
 
  Adolatsizlik to'la idish bo'lib, tubanlik olamiga g'arq bo'lish iblislikning eng yuqorisi va eng qabih sahnasidir.
 
  Faqat donishmantlikkina boshqa bilimlarni o'rganishga asos bo'ladigan ilmdir.
 
  Nohaqlik qilgan odam nohaqlik ko'rgan odamdan ham qashshoqroq yaratilgan.
 
  Nafaqat keksa odam, balki ichkilikka mukkasidan ketgan piyonista ham takroran yosh bolaga o'xshab qoladi.
 
  Intizomli hamda tarbiyali bo'lish maqsadida pokiza va go'zal narsalarni sevish - bexato sevishdir.
 
  Biz o'rganmaymiz. Biz o'rganish deb atayotgan jarayon - bu bizning esdalik xotiralarimizdir.
 
  Ilojimiz yetguncha biz yerdan qochib, jannatga tomon uchishga oshiqishimiz kerak. U yerga uchish esa Xudo kabi odil, don va muqaddas bo'lishga teng.
 
  Men seni buyuk bir jangga kirishga undasang deyman. Yer yuzidagi boshqa jamiki ziddiyatlardan buyukroq bu kurash - hayot jangidir.
 
  Xudodan ko'ra odamni rozi qilish mushkul.
 
  Noto'kis buyuklikdan, mukammal oddiylik afzal.
 
  U xoh davlatda yoki har bir shaxsda bo'lmasin, me'yoridan oshgan erkinlik oxir-oqibat qullikka sabab bo'ladi.
 
  Ayni damda uyqudaligimizni va barcha o'ylarimiz shunchaki tushligini yoxud bizning uyg'oq ekanligimizni va bir-birimiz bilan uyg'oq holda gaplashayotganimizni qanday isbotlab bera olasan?
 
  Zarur vaqtda adolatga yordam bermaslik - dahriylikdir.
 
  Siyosatga yaqinlashish uchun qilingan qarorga berilgan eng og'ir jazo - bu o'zingdan pastlarga tobe bo'lishdir.
 
  Ahmoq bo'la turib mulohaza qilayotgan bo'lib ko'rinish - nohaqlikning eng yuqori cho'qqisidir.
 
  Uch tur odam mavjud: donishmandlikni sevuvchi, shon-shuhratni sevuvchi hamda foyda-yutuqni sevuvchi.
 
  Obro'-e'tiborga soxta yo'llar bilan erishgan odamni jafokash deb atash odatga aylangan.
 
  Senga uchragan har bir kishiga mehr berish - eng og'ir jangda bo'lish bilan barobar.
 
  Rostgo'ylik yolg'on gapirish kabi foyda keltirmaydi.
 
  Notiqlik inson ongini jilovlash san'atidir.
 
  Yaxshiga qarshi doimo nimadir bo'lishi shart.
 
  Biz qorong'ilikdan cho'chiydigan bolani bir zumda kechiramiz. Hayotda eng katta fojia - odamning yorug'likdan  qo'rqishidir.
 
  Odamni yo'ldan ozdiruvchi har narsada allaqanday sehirli dilrabolik bo'ladi.
 
  Insonning darajasi uning o'z kuchi bilan qilingan ishga ko'ra belgilanadi.
 
  G'oliblik bor, g'alaba qozonish bor. Eng og'ir va zafarli g'alaba - bu boshqalarning ustgdan emas, kishining avvalo o'z ustidan erishgan g'alabasidir.
 
  Kimki ilmni nazar-pisand qilmasa, umrining oxirigacha oqsoqlanib o'tadi.
 
  Quruvchilar aytganidek, katta toshni maydalamasang yaxshi joylashmaydi.
 
  Men hech narsani tasodifan qilgan emasman. Hech bir ixtironi ham tasodifan qilmadim. Ular mehmatimning mahsulidir.
 
  Haqiqat Xudo uchun ham, odamlar uchun ham yaxshilikning boshidir.
  
   Odamlar tashlandiq narsalarga o'xshaydilar: ular seni to'ydirib, ulg'ayishinga ko'maklashishi ham yoki  zaharlab o'ldirishlari ham mumkin.
 
  Yomon xizmatkordan yaxshi xo'jayin chiqmaydi.
 
  Idrok qalbning o'zi bilan suhbatidir.