GEZIOD
 
  Kambag'alning sherigi soxta uyat, davlatmandning sherigi mustahkam ishonchdir.
 
  Birovga yomonlik qilgan kishi o'zini iblis oldiga boshlaydi.
 
  Berish yaxshi. Ammo olish yomon va u hatto o'limga ham boshlaydi.
 
  Ahmoq azoblanish evaziga o'rganadi.
 
  Bila turib o'zidan kuchli odamga qarshi borgan kishi ahmoq bo'lsa kerak. Chunki u nafaqat g'alabadan quruq qoladi, balki sharmisor ham bo'ladi.
 
  Birodaring bilan mol bo'lishayotganingda xushmuomila bo'lginu, guvoh yollashni unutma.
 
  Kulolga kulolning hasadi keladi. Hunarmandni hunarmand ko'ra olmaydi. Qashshoqning dushmani qashshoq bo'ladi.
 
  Besamar ish isnod emas, hech narsaga harakat qilmaslik isnod.
 
  Kimniki ilohalar sevsa, o'sha baxtli inson: uning shirin so'zlaridan yoqimli nafas ufurib turadi.
 
  Ozga ozroq qo'sh. Buni yana takrorlasang, oz narsa ham tez orada ko'payadi.
 
  Og'ir mehnat ayb emas. Bekorchilik ayb.
 
  Tilyog'lama va xushomadgo'y ayolga boshingni aylantirib, pinjinga kirishiga yo'l qo'yma. Unga sening mol-davlatingdan bo'lak narsa kerak emas.
 
  Inson bo'lganimiz va tartibsizlik bizning eng katta dushmanimiz bo'lgani bois, bilganlarimizni muntazam takrorlab turganimiz ma'qul.
 
  Bevosh va bezori farzandni dunyoga keltirganlar butun umrini yuraklaridagi bitmas-tuganmas nadomat bilan yashashadi.
 
  O'z vaqtida uylan. 30 yoshgacha sabr qil. 30 yosh kelganda shoshil. Bu uylanishning ayni pallasi.
 
  Erkak uchun eng yaxshi omad - bu unga yaxshi xotin uchrashi. Yomon xotin esa eng og'ir musibatdir.
 
  Akang tengi bilan do'st tutinma.
 
  Birgina iblis butun boshli shaharning oromini buza oladi.
 
  Odamni yaxshilikka da'vat qilgan odam - bu eng yaxshi odam. Bu da'vatlarni yerda qoldirmagan kishi ham Xudoning e'zozidadir. Na yaxshilikka da'vat qilmaydigan, na unga quloq tutmaydigan kishi esa razildir.
 
  Boylik o'lchanmasligi lozim. Ammo Xudoning bergani ham yaxshi.
 
  O'ziga haddan tashqari bino qo'ygan va gunoh qilgan yaramas kimsalar kasofatiga butun shahar aziyat chekadi.
 
  Ahmoq jabr chekkach, o'z xatosini fahmlaydi.
   
  Qiyinchilikda odam ertaroq ulg'ayadi.
 
  Kun ba'zida bizning onamiz, ba'zida o'gay onamizdir.
 
  Kurash so'ngida adolat baribir nohaqlikning ustidan g'alaba qozonadi.
 
  Yaxshi qo'shni qanchalik noyob baxt bo'lsa, yomon qo'shni ham shu qadar ayanchli musibatdir.