GERODOT
 
  Juda ko'p bilish va hech birining ustidan nazorat qila olmaslik ko'pchilikning baxtsizligiga sabab bo'ladigan qayg'udir.
 
  Doimo jiddiy yurib, o'zini hazil-mutoyiba bilan ovintirmagan va hordiq chiqarishni malol bilgan kishi oxir-oqibat aqlini yo'qotadi va o'zi bilmagan holda zaiflashadi.
 
  Har bir kishi har ishning intihosi bilan hisoblashmog'i lozim.
 
  Mahorat bor joyda kuch ishlatishga hojat yo'q.
 
  Buyuk ishlarga yurak yutib qilingan tavakkalchilik orqali erishiladi.
 
  Pok yerda pok insonlar tug'iladi.
 
  Tuxmatga qolgan kishi ikki hissa ko'proq qiynaladi. Biri unga tuxmat qilingani uchun, ikkinchisi esa bu tuxmatga kimdir ishongani uchun.
 
  Bazi kishilar muvaffaqiyatga erishay deganlarida harakat qilishdan voz kechishadi.  Boshqalar esa aksincha, oxirgi daqiqalarda yana ham qattiqroq ishtiyoq bilan tirishib g'alabaga erishishadi.
Hudo doimo undan o'zmoqchi bo'lganlarni jazolashni yaxshi ko'radi.
   
  O'lim holdan toygan kishi uchun orombaxsh panoxdir.
 
  Ko'pni ko'rganlar to'g'ri aytishadi, hamma intiho ham o'zining ibtidosiga hamohang kelmaydi.
 
  Tinchlikda farzandlar otalarini dafin qilishadi, urushda esa otalar farzandlarini ko'mishadi.
 
  Birdan-bir ezgulik - bilm va birdan bir iblis - bu nodonlikdir.
 
  Reja tuzilayotganida qo'rqib, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan extimolliklarni puxta ko'ra olgan, ammo harakat boshlanganida jasur bo'la olgan kishi - ma'qul kishidir.
 
  Yomonlikni ko'zlagan odamning rejasi, garchi taqdir unga yordam berib, omadi chopsa ham, oxir-oqibat uning o'ziga xalokat keltiradi.
 
  Inson erishgan jamiki yutuqlar tavakkalning mevasidir.
 
  Ulkan yutuqlarga ulkan xatarlar tufayli erishiladi.
 
  Odam ko'zidan ko'ra ko'proq qulog'iga ishonadi.
(Qizlar qulog'i bilan sevadi,bollar ...  "ANTILankA").
 
 Ishonishda odamning quloqlaridan ko'ra ko'proq ko'zlari ro'l o'ynaydi.
 
   Insonga hos baxtsizliklar orasida dono kishi  nafratlanadigan eng yomoni - bu bekorchilikdir.
 
  Bekorchi olamondan ham ko'ra ahmoq va o'zboshimcha jinoyatchilar yo'q.
 
  Bizga achinishganidan ko'ra, hasad qilishgani yaxshi.
 
  Nima bo'lishini o'ylab, umidsizlikka tushib, yurak hovuchlagandan ko'ra, shaytonga hay berib olijanob jasoratga tavakkal qilgan yaxshi.
 
  Faqat bir jixatdan emas, balki har jixatdan so'z va fikr erkinligi foydali ekanligi aniqdir.
 
  Bilm vazn berishi mumkin. Biroq ishni uddalash shukuh bag'ishlaydi. Ko'pchilik odamlar shu orqali yuksaklikka erishadilar.
 
  Haddan tashqari boy kishilarning aksariyati baxtsizdir. Lekin o'rtahol sharoitdagi kishilarning ko'pchiligi baxtlidirlar.
 
  Biz erishganlarimizning orasida eng azizi va bebahosi - bu do'stdir.
 
   O'z kiyimlari bilan birga, ayol axloq va or-nomusidan ham voz kechishini yodingda tut.
 
  Odamning taqdiri uning qalbida yotadi.
 
  Kimningdir o'rinli maslaxatiga quloq tutish ham to'g'ri idrok qilishdir.
 
  Zarur bo'lganida kamdan-kam voqea sodir bo'ladi. Qolganlari esa umuman ro'y bermaydi. Vijdonli tarixchilargina vaqtning bu nuqsonini to'g'irlashadi.
 
  Agar kimdir dunyodagi barcha urf-odatlar orasidan imtixondan o'tgan eng saralarini tanlab, ularni odamlarga taklif qilganida, har bir xalq baribir o'z an'analariga sobit qolgan bo'lishar edi.
 
  Hudo beraman deganda hechkim undan yuz o'gira olmaydi.
 
  O'z etagini ko'targan ayol o'z hurmatidan ham voz kechadi.
 
  Odamlarni aldab, o'z qasamini o'zi buzib yurgan kishilardan hali qo'rqqan emasman.