GIPPOKRAT
 
  Hayot qisqa san'at esa uzoq umirlidir.
 
  Barcha san'atlar orasida eng olijanobi va insonparvari tabobatdir.
 
  Tabibga bemor ham, atrofdagilar ham, muhit ham yordam bermog'i lozim.
 
  Ikki narsani odat qil: yordam berishni va hech bo'lmasa ziyon yetkazmaslikni.
 
  Dalillarga suyanadigan bo'lsak, ikki narsa mavjud: ilm va nuqtai nazar; birinchisi bilmga, keyingisi nodonlikka sababchi bo'ladi.
  
  Yayov yurish - odam uchun eng yaxshi muolaja.
 
  Kasallikning haqiqiy shifokori - bu tabiy kuchlardir.
 
  Dardimizning eng yaxshi shifosi ich-ichimizdagi tabiy ta'sirlardir.
 
  Ilm - bilimning otasi. Ammo nodonlik fikrlar tufayli bolalaydi.
 
  Qayerdaki tibbiyot san'ati qadirlansa, bilingki, o'sha yerda inson ham qadirlanadi.
 
  Ko'p hayratlanish kam bilishdan darak.
 
  Hech nima qilmaslik ham bazida yaxshi qaror.
 
  Ibodat qilish yaxshi. Ammo Xudoga murojaat qiladigan kishi unga birinchi bo'lib qo'lini ham cho'zishi kerak.
 
  Hayot shunchalar qisqa, biror hunar o'rganish esa shunchalar uzoq.
 
  San'atning umri inson hayotidan uzoqdir.
 
  Ba'zida davolagin, tez-tez muolaja qil, doimo taskin ber.
 
  Shifo uchun avvalo vaqt muhim, ammo ba'zida imkoniyatga ham bog'liq.
 
  Astrologiyadan bexabar tabib o'zini tabib hisnblamasin.
 
  Dono kishi sog'liqni eng ulug' ne'mat deb hisoblamog'i kerak. U shaxsiy fikri yordamida o'zidagi kasallikning oqibatidan qayg'urishi va bunga qarshi kurashmog'i lozim.
 
  Neki ortiqcha bo'lsa, u tabiatga zid bo'ladi.
 
  Agar har bir kishi o'z me'yorida, juda ko'p ham emas, juda kam ham emas oziq-ovqat tanovul qilib, biror mashg'ulot bilan band bo'lsa, bu salomat bo'lishning eng xavfsiz yo'lidir.
 
  Qanday odamda kasallik borligini aniqla. Bu esa odam qanday kasallik bilan og'riganini aniqlashdan muhimroq.