GOMER
 
  Go'zallikda ham, yoshlikda ham donishmantlik bo'ladi, lekin kamdan-kam holda.
 
  Ko'p so'zlar uchun vaqt topiladi, shuningdek, uxlashga ham.
 
  Va u nimaniki obdon o'ylasa, bu ishni qilishga olijanoblik bilan jur'at ham topgan.
 
  Ko'pning nazoratida bo'lish ham yaxshilikka olib kelmaydi.
 
  Bizga arzimas bo'lib ko'ringan xayr-ehson, boshqalar uchun ahamiyatli bo'lishi mumkin.
 
  Dili boshqayu, tili boshqa bo'lganlar nafratga loyiq.
 
  Kamdan-kam o'g'il otasiga o'xshaydi: ko'pchilik otasidan ham ko'ra yomon, qolganlari esa otasidan yaxshiroq.
 
  Eng qiyini keragida do'st uchun jonni berish emas, zarur paytda jon beradigan do'stni topishdir.
 
  Aqlu hushim joyidaligida men hech kimni do'stim bilan taqqoslamayman.
 
  Vaqt mening yuragimga boshqalarning muvaffaqiyatidan ilhomlanib yuksalishni va boshqalarning qayg'usidan ta'sirlanib ezgulik qilishni o'rgatdi.
 
  Menimcha, ko'ngilda biror nimani o'ylab, tilda boshqa narsani so'zlash - bu nafratlanarlidir.
 
  Haqiqiy do'st jonsarak bo'lib emas, bosiqlik bilan harakatlanadi.
 
  Hatto uyqu ham tashvishdir. Ko'p uyqu yaxshilik keltirmaydi.
 
  Ikki do'st - bir qalbdan ilhom olayotgan ikki tanadir.
 
  Xayrixoh do'st birodaring kabi azizdir.
 
  Donolik masalaga yechim topish uchun, sabr esa vazifani ado etish uchun kerak.
 
  Ikki juftlikning bir-birini nigohidan anglashi, g'animni dog'da qoldirib, do'stlarini ko'nglini olgan holda er-xotini bo'lib yashash - eng olijanob va hayratlanarli ishdir.
 
  Jasurlikka munosib ishlarni do'stlarsiz amalga oshirib bo'lmaydi.
 
  Shamol kabi quruq so'zning gapirilganidan ko'ra, aytilmay qolib ketgani ma'qul.