GORATSIY
 
  Hamisha yoshimizga munosib fe'l-atvorli bo'laylik.
 
   Mohiyat diqqat bilan hisobga olinsa so'zlar ham ahamiyat kasb etadi.
 
  Kimdir o'ngda, kimdir chapda tentiraydi. Ikkalasi ham turli gumrohliklar qiladi, ammo bir xil xatolar tufayli.
 
  Hatto ahmoqlar ham goho haq bo'lishlari mumkinligini bilish hayotning eng buyuk sabog'idir.
 
  Ahmoq odam suv ustidagi mavjga o'xshaydi: nimaiki qilmasin tezda yuvilib ketadi. Dono kishining harakati esa toshga o'yilgan bitikka o'xshaydi: uzoq vaqt davomida ko'zga tashlanib turadi.
 
  Eng og'ir damda ham ruhingni tushirma.
 
  Qalbingni kemirayotgan dardan xolos bo'lishni yillarga kechiktirasanu, ko'zinga tushgan xasni olishga nega buncha shoshilasan?
 
  Oyoqqa katta kelgan poyavzal yurganida noqulaylik tug'diradi. Agar u kichik bo'lsa tovonni yalaydi. Bu o'z taqdiridan noliydiganlar ahvoliga o'xshaydi.
 
  Bugun haqida qayg'ur. Ertangi kunga iloji boricha kamroq ishon.
 
  Azoblanish ko'rgan-kechirganlardan saboq chiqarishdan boshqa narsa emas. U hayotning ustozidir.
 
  Hasadgo'y kishi qo'shnisining muvaffaqiyatidan cho'pday ozadi.
 
  Qanaqa maslahat bersang ham u qisqa va lo'nda bo'lsin.
 
  Sen baxt izlab butun dunyoni kezding. Vaholanki, u sening o'zingda edi. Har bir inson baxtiyorligi uning qalbida bo'ladi. Mamnun va qanoatli kishilargina buni anglaydilar.
 
  Qashshoqlik tufayli namoyon bo'lgan iste'dotni shon-shuhrat yo'q qilishi mumkin.
 
  Nimadir deyish kerak bo'lganida Takitus kabi qisqa va lo'nda gapirish buyuk san'at emas. Ammo hech nima demaslik lozim bo'lganida butun boshli kitob yozish va yolg'onni haqiqatga aylantirishni men haqiqiy yutuq deb hisoblayman.
 
  Hozirni ham biror bir yaxshilikka sarfla.
 
  Bizga hayot bag'ishlovchi qonni muqaddas suyuqlikka aylantiruvchi omil - bu mardlik, mardlik va yana mardlikdir. Mardlarcha yasha va qiyinchiliklar qarshisida mardlarcha tur.
 
  Yozayotganimda umuman o'ylamayman. Hech kim bir vaqtning o'zida ikki ishni maromiga yetkazib qila olmydi.
 
  O'z tuyg'ularingni jilovlagin yoki sen uning jilovida halok bo'lasan.
 
  Ulkan yutuq zaiflashishga barham berishi hamda kuch-quvvatni jamlay olishni talab qiladi.
 
  Qo'shningni devori yonsa, bu sening ham tashvishing ekanini unutma.
 
  Sodiqlik adolatning singlisidir.
 
  Bitmagan yarani yashirish ahmoqlarga xos soxta andishadir.
 
  Kechagi kunning keraksiz dahmazalari bilan yashash miyani zaharlash deganidir.
 
  Ajdodlarning gunohi uchun sen ham javobgarsan. Garchi, nohaq bo'lsang-da.
 
  Hamma narsa tezlashganida og'ir-vazmin bo'lishni unutma.
 
  Qiyinchilikda eng muhimi, idrokdan to'g'ri foydalanishdir.
 
  Shavqatsiz o'lim qashshoqning ham, shohning ham eshigini teng qoqadi.
 
  Mangu maqsadlarni anglash uchun qayg'urib, ongni zaiflashtirishga ne hojat?
 
  Mening uchun ko'zyosh qilmoqchi bo'lsang, avvalo qayg'ularimni o'zingda his qilib ko'r.
  
  Hayotdan ma'no izlagan kishi kulbadagi kambag'allikdan ham, saroy ig'volaridan ham qochadi.
 
  Dushmanlik shumday kuchki, u hatto mudrab yotgan iqtidorni uyg'otish qudratiga ega.
 
  Xafa odamlarga baxtiyor kishilar yoqmaydi. Baxtiyor kishilarga esa xafa odamlar. Shoshma-shosharlarga vazminlar yoqmaydi. Bekorchilarga esa band kishilar.
 
  Agar kishining taqdiri o'zini qoniqtirmasa - bu hikoyadagi oyoq kiyimini eslatadi: katta bo'lsa qulaysan, tor bo'lsa jonni og'ritadi.
 
  G'azab qisqa ahmoqlikdir.
 
  Haqiqatga yetishish uchun barchamiz erkinmiz.
  
  Unda kim batamom ozod? O'z-o'zini boshqara olgan dono kishi.
 
  Yaxshi va iymonli hakam maqsadga yetishida doimo vijdon hamda olijanoblikka suyanishni afzal ko'radi.
 
  Doimo vazminlikni odat qil. Jarima maydonida turib g'alaba qozona olmaysan. Aksincha, g'alaba qozonish uchun ko'proq ochko to'plash kerak bo'ladi.
 
  Har narsaga qiziquvchan kishilardan uzoqroqda bo'l. Ular g'iybatga moyil bo'lishadi. Quloqlari doimo gap ilg'ashga shay turadi. Ular bildirilgan ishonchni oqlay olishmaydi.
 
  Kelajak senga nima berishi mumkinligini bilishni bas qil. Har kunning  senga berayotganini kelajakning tuhfasi deb bil.
 
  Ulg'ayib, asil odam bo'lmaguncha, ota-onadan qanday farzand tug'ilgani ahamyatsizdir.
 
  Ilimdan bexabar holda nimadandir voqif bo'lish qurollangan adolatsizlikdan bo'lak narsa emas.
 
  Badiy asarlaringni hech bo'lmaganda 9 yil jamoatchilik diqqat-etiboridan chetda saqla.
 
  Hayot biz insonlarni og'ir mehnatdan bo'lak hech narsa bilan mukofatlagan emas.
 
  Chanqog'ini suv ichb qondirib yurganlarning yozgan hech bir she'ri dilni yayratmaydi va uzoq vaqt yashay olmaydi.
   
  Har jihatiga e'tibor qaratilsa, bu olamda go'zal xilqat topilmaydi.
 
  O'lim gadoning faqir kulbasiga ham, shohning hashamatli saroyiga ham teng nazar bilan shaxdam va odilona tashrif buyuradi.
 
  Odatda, kamsuqum odam bora-bora o'z dardini yashiradigan odamga, jim yuradigan kishi esa odamoviga aylanadi.
 
  Musibatlarga tayyor yurak og'ir damda umid qiladi, yaxshi damlarda esa bular o'tkinchi bo'lishi mumkinligini unutmaydi.
 
  Surat - bu so'zsiz she'rdir.
 
  Barcha qadimiy she'rlar ilohiydir.
 
  Taqdir kimniki juda yaxshi ko'rsa, ularni ko'proq masxara qiladi.
 
  Yaxshi tuyg'u yaxshi yozish uchun ham birlamchi omil, ham ilhom ozuqa oluvchi manbadir.
 
  Xursanchilikni foydalilik bilan qovishtira olgan kishi barchaning tahsiniga sazovor bo'ladi.
 
  Huquqshunoslar so'z va g'azablarini ijaraga olib turuvchi kishilardir.
 
  Na tug'ilganiyu, na o'lganidan dunyo xabar topmagan kishi yomon yashamabdi.
 
  Ishni boshlagan kishi uning yarimini uddalabdi.
 
  Yashash soatlarini chetga surib, uni kechiktirayotgan kishi daryoni kechib o'tmay, uning to'xtashini kutayotgan omidir.
 
  Men hurmat nimaligini bilmaydigan olamondan nafratlanaman va ulardan uzoqroq bo'lishga harakat qilaman.
 
  Vaziyatning hozir yomonligi u doimo yomon bo'ladi degani emas.
 
  Ey taqlidchilar! Siz qullar to'dasisiz!
 
  Biz ko'p hollarda boshqalarga isnod keltirmaslik uchun ham jinoyatdan saqlanamiz.
 
  Bir marta aytilgan so'zni qayta takrorlashning imkoni yo'q.
 
  Shoir yo daromadni yoki rohatni ko'zlaydi.
 
  Odam bir vaqtning o'zida ham shoir, ham telba bo'la oladi.
 
  Qalam ongning tilidir.
 
  O'zining mavhum tasavvurlari orqasidan sadoqat bilan ergashib yurish shoir va rassomlargagina nasib qilgan.
 
  Vaqt yashiringan jamiki sir-sinoatlarga oydinlik kiritadi; u ayni damdagi yorug'likka ham barham berishi mumkin.
 
  Aqlimiz eshitganimizdan ko'ra ko'zimiz bilan ko'rganimizga tezroq ishonadi.
 
  O'ylama! Hoziroq bajar.
 
  Biz baxtli hayot kechirgan, hayotidan qoniqqan, mehmon kabi dunyodan rozi ketayotgan odamni juda kam uchratamiz.
 
  Unda kim erkin? Kimki o'z-o'ziga bo'ysunsa.
 
  Donolikni jasur va tavakkalchi bo'lishdan boshla.
 
  Farishtani ham murtadga aylantiruvchi bekorchilikdan qochishing kerak.
 
  Jahl qisqa telbalikdir.
 
  Hayot mohiyatan kutishdan iborat.
Vatan uchun jon berish hamma narsadan ham sharafliroq.
 
  Sitatistikaga qaraydigan bo'lsak, biz moddiy borliqlarni yeb-bitirish uchun dunyoga kelar ekanmiz.