DEMOKRIT
 
  Oziga qanoat qilsa, kambag'al kishi ham o'zini davlatmandek his qiladi.
 
  Agar nohaqlikdan azoblanayotgan bo'lsang, o'zingga taskin berginki, chinakam baxtsiz - bu nohaqlik qilgan kishidir.
 
  Boshqalarning emas, avvalo o'z xatolarimizni to'g'irlaganimiz yaxshi.
 
  Yaxshi ishlarimizdan ko'ra, gunohlarimiz osonroq eslanadi.
 
  Og'ir bosiq hamda hushmuomila qariya hammaga birdek yoqadi.
 
  G'ayrat va chiroy yoshlikka zeb, mulohazakorlik va donolik esa keksalikning bezagidir.
 
  Adolatsizlikning oldini oling. Bu qo'lingizdan kelmasa, hech bo'lmasa, bilib turib nohaq ishga yordam qo'lini cho'zmang.
 
  Qo'rquv tufayli emas, mas'uliyat va hurmat tufayli harom ishlardan tiyilish zarur.
   
  O'z hissiyotlari ustidan g'olib kelgan kishi ham jasurdir.
 
  Yaxshi - bu xato ish qilmaslik emas, xato ish qilishga ehtiyoj sezmaslik degani.
 
  Shubha bilan umid qilish - muvaffaqiyatsizlikning boshidir.
 
  Muvaffaqiyat hayotdagi tashvish va mushkulliklardan keyin keladi.
 
  Men Fors taxtini egallashdan oldin bu uchun arzirli sabab topishni ma'qullayman.
 
  Baxtiyorlik egalik qilishda ham, oltinda ham emas. U yurakda bo'ladi.
 
  Dono ota farzandlari uchun chinakam saboqdir.
 
  Mehnat qilishni o'rganmay turib na savodli, na insonparvar, na or-ornomusli bo'lish mumkin emas.
 
   Yaxshi kuyovga duch kelgan odam o'g'illi bo'ladi. Ahmoq kuyovga duch kelgan odam qizidan ham ajraladi.
 
  Hammaga ham ishonma. Ammo arziydigan odamlarga ishon. Yo'qotganing kaltafahmlik, topganing mulohazakorlik bo'lsin.
 
  Bo'm-bo'sh makon va zarralardan bo'lak hech narsa mavjud emas. Qolganlari fikr-mulohazalardir.
 
  Borliqdagi jamiki mavjudlik almashinish hamda zarurat mevasidir.
 
  Biror bir go'zallik yoki yangilik haqida bosh qotirish ilohiydir.
 
  Ortiqcha ko'ngilxushliklar ortiqcha tashvishlarni boshlab keladi.
 
  Dilozor kishi xato qiluvchi kishidan ham ko'ra baxtsizroqdir.