DEMOSFEN
 
  O'z-o'ziga yordam berishni xohlamagan kishi o'zini na do'sti uchun, na Xudo uchun muhim deb o'ylashga haqqi yo'q.
 
  Kichkina imkoniyatlar, odatda, buyuk tashabbuslarning boshi bo'lagan.
 
  Odamlarning hamma gapiga ham ishonmaslik odamlar uchun eng yaxshi himoya.
 
  Har bir yakka hokim erkinlikning dushmani va qonunning raqibidir.
 
  Men butun dunyoning fuqarosiman.
 
  Harakatsiz so'zlangan nutq shuhratparaslikdan boshqa narsa emas.
 
  Idishning singan-sinmaganligini undan chiqqan ovozga qarab bilish mumkin. Erkak ham huddi shunday: uning so'zlari dono yoki ahmoqligidan darak beradi.
 
  Tanqidga qarshi kurashishning eng oson va aniq yo'li - o'zimizni to'g'irlashdir.
 
  Kimgadir qilingan yaxshilikni unga eslatish tanaga o'xshaydi.
 
  Ichimizdagi Parvardigorning siyrati haqiqat  va adolatga bo'lgan sevgimiz tufaylidir.
 
  Avvalo, odam o'z-o'zining mohir aldovchisidir. U nimaniki haqiqat bo'lishini istadimi, uning haqiqatligiga ishonadi.
 
  Agar fe'l-atvoring qashshoq va sayoz bo'lsa, hech qachon qilgan ishing bilan mag'rur va mardonavor bo'la olmaysan. Chunki odamning harakati, avvalo, ruhiyatida namoyon bo'lishi kerak.
 
  Biz nimaniki xohlasak shunga ishonamiz.