DIOGEN
 
  Qul bo'lish mahorati - kimningdir xo'jayinligini boshqara olish deganidir.
 
  O'gitlarga zo'rma-zo'raki quloq tutish - ochko'zlikdir.
 
  Dono va nodon o'rtasidagi yagona farq ularning barmoqlaridadir.
 
  O'quvchining odobsizligi uchun nega endi uning ustoziga dashnom bermaslik kerak?
 
  Tuhmat - nodonning shovqinidan boshqa narsa emas.
 
  Dono shohning dono maslahatchilari bo'ladi. Uning donoligi esa yaxshi-yomonning farqiga borishidadir.
 
  Kamtarlik fazilatlarning ko'rkidir.
  
  Qizarish ezgulikning rangidir.
 
  Qulog'imiz  ikkita, og'zimiz esa bitta. Bu - biz ko'p eshitib, kam gapirishimiz kerak degani.
 
  Idishga qo'l cho'zib o'zi suv ichishga harakat qilayotgan go'dakni ko'rsam, xursandligimdan qalpog'imni osmonga otaman.
 
  Erkak o'zligini saqlab qolishi uchun yaxshi do'stga yoki aqlli dushmanga muhtoj. Birinchisi uni o'qitsa, ikkinchisi unga topshiriq beradi.
 
  Eng kamiga qanoat qilgan kishining hamma narsasi bo'ladi.
 
  O'z bilimsizligimdan bo'lak hech narsani bilmaymam.
  
  Ko'pchilik odamlarning donoligi va telbaligi orasidagi masofa barmoqlari o'rtasidagi masofadan ham yaqin.
 
  Quyosh axlat qutisigayam nurini sochadi, ammo bu bilan o'zi ham ifloslanib qolmaydi.
 
  Boshqalarga tegishli bo'lgan, men ichishni xushlaydigan narsa -bu vino.
 
  Hech nima so'ramoqchi emasman. Lekin sen mendan o'zing menga bera olmaydigan narsani so'ra.
 
  Teofrastus vaqtga inson sarflay oladigan eng qadirli narsa deyishi beqiyos ifodadir.
 
  Itlar va faylasuflar juda buyuk ish qilishadi-yu, ammo arzimagan mukofot oladilar.
 
  Menga hech narsa bermaganlarga dumimni likkilatganim uchun ham meni it deyishadi. Kimki biror nima berishdan bosh tortsa, ularga qarab akkillayman. Qalloblarni esa o'tkir tishlarim bilan siylayman.
 
  Xudoning ustinligi hech nima xohlamasligida bo'lsa, xudojo'yning ustunligi oziga ham qanoat qilishidadir.
 
  Ezgu ishlar xususida og'iz ko'pirtirib, amalda esa uni nazarga ilmaydigan kishilar arfaga o'xshaydilar: birovlarga yoqish uchun yoqimli ovoz chiqaradilaru, ammo musiqani tushunmaydilar.
 
  Har kimni azoblaydigan - uning o'zidir.
 
  Har bir davlatning poydevori undagi yoshlarning aqliy salohiyati bilan o'lchanadi.