Birinchi sir
MUNOSABATLAR QUVVATI
yigit uyga yetib borishi bilan cholning ro'yxatidagi kishilarga qo'ng'iroq qila boshladi.
Ularning olti nafari bilan gaplashishga muvaffaq bo'ldi. Qolgan to'rttasi uyda bo'lmagani
bois, ularga qayta qo'ng'iroqlashishni iltimos qilingan xabar qoldirdi.
Yigitning ro'yxatidagi birinchisi Barri Kesterman ismli kishi edi. Janob Kesterman
mahalliy maktabda dars beruvchi muallim ekan. U ertasi kuni kech soat beshgacha
bandligini aytib, darsdan so'ng yigitcha bilan uchrashishga bajonidil rozilik bildirdi.
Janob Kesterman ko'rinishdan ancha yosh, qirq- qirq beshlardan oshmasdi. Yigitcha u
o'tirgan sinf eshigini qoqib kelgan chog'ida janob Kesterman o'quvchilaming daftarlarini
tekshirib o'tirardi.
 Ha, keling, keling,  deya yigitning qo'lini qisgancha kutib oldi janob Kesterman.
 Siz bilan tanishganimdan g'oyat xursandman. Marhamat, o'tiring.  Xo'sh, keksa
xitoylik bilan kecha uch- rashdingizmi?
 Ha. U mashinamni tuzatib berdi.
 Voy, xudoyim! U rostdan ham eng kutilmagan joylarda paydo bo'lib qoladi. U
sizga Asl Baxtiyorlik qonunlari to'g'risida so'zlab berdimi?
 Ha. Sizga ular to'g'risida biron nima ma'lummi?  so'radi yigitcha.
 Ha, albatta.
 Ular rostdan ham to'g'ri chiqadimi?  qiziqdi yigitcha.
 Hech shak-shubhasiz. O'n besh yil muqaddam hayotimning eng tuban nuqtasiga
yetgandim. Men ishsiz qolib, tug'ilib o'sgan shahrimdan besh yuz chaqirim naridagi
kichikkina chordevordan boshpana topgandim. Do'stlarim ham yo'q, o'zimni butkul
alamzada va ezilgandek his qilardim. Go'yo atrofimni qora bulut o'rab olgan  undan
chiqib ketish yo'lini ajratolmasdim.
Kunlardan bir kuni bog'dagi hovuzga qaragan o'rindiqqa borib o'tirdim va o'zimning
barcha muammolarim to'g'risida o'ylardim. Bir necha daqiqadan so'ng boshimni ko'tarib
qarasam, yonimda birov o'tirganini payqadim, u keksa xitoylik edi.
Yigitcha bu so'zlarga bazo'r ishonardi. Uning umurtqa pog'onasi uzra yana yengil
jimirlash o'tdi.
 Men yozib borsam, qarshiligingiz yo'qmi?  so'radi u.
 Ha, marhamat,  dedi janob Kesterman va hikoyasini davom etdi.  Aftidan,
bezovtaligim ko'rinishimdan aniq oshkormidi, bu qariya go'yo fikrlarimni uqib olganday,
barcha muammolarim- dan allaqachon boxabar bo'lsa kerak, degan taassurot yuzaga
kelgandi.
Biz birpas gaplashib o'tirdik va u og'ir ruhiy holatni boshidan kechirayotgan do'stining
yoniga ketayotganini aytdi. Do'stim shunchaki Asl Baxtiyorlikning oltin qoidasini
unutdi,  dedi u. U aslmi yoki yana boshqachami, baxtiyorlikning oltin qoidasi
to'g'risida awal hech eshitmagandim, lekin u keyinroq tushuntirib berdi. Hammasi
g'oyatda oddiy,  dedi u.  Insonning aqli qay darajaga mo'ljallangan bo'lsa, shuncha
baxtiyor.
O'sha damda uni anglamagandim, ammo keyinchalik bu mutlaqo adolatliligini bildim
va endi hayotimda bu kabi oddiy fikr egallagan eng muhim
saboqlarimdan biri ekanligini chin dildan tan olaman. Unda Asl Baxtiyorlikning birinchi
siri... biz ning munosabatlarimiz siri mujassam.
Yigitcha gapning davomini e'tibor bilan tinglardi.
 Ijozat etsangiz, tushuntirib beray. Ko'plar kabi doimo nimadir meni ham baxtli
qiladi, deya hisob- lardim, lekin haqiqatda baxtli bo'lish yoki bo'lmaslikni o'zimiz
tanlarkanmiz. Bir tomoshada gipnoz qiluvchini kuzatgandim. U sahnadagi kishilarni
gipnoz yordamida sun'iy ravishda uxlatib, ularga xom piyoz berdi.
Ularga bu piyoz ta'mini totish nasib etgan eng zo'r meva deb uqtirilganidan so'ng,
uyqudagilar- ning barchasi piyozni lazzatlanib yalashdi va rohatlangancha chaynab
yeyishdi. Shundan so'ng yaxshi pishgan shaftolidan tarqatishdi hamda buning xom
sholg'omligini uqtirdilar. Shaftolidan bir tishlam totigan odamlar o'sha zahoti aftlarini
burishtirib, tupurib tashladilar. Piyoz va shaftoliga munosabat faqat gipnoz ta'siri ostida
yuzaga kelgan.
 Bilasizmi, muammo shundaki, umrimizda ba'zan har qanday narsalarga salbiy
munosabatlar vujudga keladi va aynan shular baxtsizligimizning asl sababchilari
hisoblanadi.
 Qanday salbiy munosabatlar?  hamsuhba- tining gapini bo'ldi yigitcha.
 Hayotdan nimani kutishimiz bunga yaxshi misol bo'la oladi. Aytaylik, meni har
doim biron- bir hodisaning yomon tomonini kutishga o'rgat- gan bo'lishsa, uning
oqibatidan hech qachon hafsa- lam pir bo'lmaydi.
 Ha, meni ham shunday yo'l tutishga o'rgatishgan. Bu ancha mantiqli ko'rinadi, 
dedi yigitcha.
 Bu ancha keng tarqalgan fikr bo'lsa-da,  dedi janob Kesterman,  lekin u xato va
ko'pincha orzularimizni poymol etib baxtiyorlikni his etishga imkon bermaydigan da'vo.
 Axir, nima uchun?  so'radi yigitcha.  Agar siz yomon tomonini kutsangiz va u
haqiqatda sodir bo'lsa, ixlosingiz qaytmaydi, lekin mabodo shunday bo'lmasa, sizni
yoqimli sovg'a kutadi. Basharti siz yaxshilikka umid qilsangiz, o'zingizni umidsizlanish
xavfiga duchor etganingiz qoladi.
 Ha, darhaqiqat, gaplaringizda jon borga o'xshaydi, shunday emasmi? Lekin
hoziroq sizga ko'rsatishim, hatto shuni isbot qilishim mumkin  agar siz yomonlikni
kutsangiz, albatta unga duchor bo'lasiz yoki aksincha.
 Marhamat qilib, xonani yaxshilab ko'zdan kechiring va undagi barcha
jigarrangdagi narsa- larga ahamiyat bering.
Yigit atrofiga alangladi. Xonada juda ko'p jigarrangdagi narsalar: rasmlarning yog'och
ho- shiyalari, och jigarrang divan, pardalar karnizlari, partalar, kitoblar va boshqa
ko'pgina mayda- chuydalar bor edi.
 Yaxshi,  dedi janob Kesterman.  Endi ko'zlaringizni yuming...
Yigitcha ko'zlarini yumdi.
 ... endi zangori rangdagi... hamma narsalar- uing nomini ayting.
Yigit jilmaydi:
 Men zangori rangda hech narsani payqa- madim.
 Ko'zlaringizni oching,  dedi janob Kesterman.  Qarang, axir bu yerda
anchagina zangori rangda narsalar bor.
Darhaqiqat, zangori rangdagi guidon, surat hoshiyasi, gilamdagi zangori naqsh hamda
partalar ustidagi kitob qo'ygichlar, javonlardagi kitoblar va nihoyat, janob Kestermanning
o'zi ham zangori rangdagi ko'ylakda edi. Yigitcha qancha izlasa, shuncha ko'p zangori
rangdagi narsalarni topardi.
 Nazaringiz tushmagan bu narsalarga qarang!
 Ammo bu nayrang-ku. Axir men zangori narsalarni emas, jigarranglarini
izlagandim.
 Aynan shuni sizga ko'rsatmoqchi edim!  dedi janob Kesterman.  Siz faqat
jigarrangdagi narsalarni izlaganingiz tufayli xuddi shularni topdingiz va zangori
rangdagilarga mutlaqo e'tibor bermadingiz. Hayotda ham xuddi shunday bo'ladi, siz
yomonlikni izlaganingiz sababli yomonlikni topasiz va yaxshilikni chetda qoldirasiz. Shu
bois yomonlikni kutgan ishonchingiz aynan shunga olib keladi... u sizni hayotimizda ro'y
berayotgan barcha yaxshiliklarni nazaringizdan chetlashtirishga majbur qiladi.
Hamma narsasi badastur bo'lgan ko'pchilik boy va taniqli kishilar ham shu tarzda
o'zlarini baxtsiz his qiladilar.
Boshqa tomondan, oddiy hayot kechirayotgan kishilar bor narsalari bilan
qanoatlanganlari tufayli haqiqatda baxtlidirlar. Aynan shu bois idishdagi suv yarmigacha
to'la deb sanagan inson yarmi- gacha bo'sh deb hisoblagan kishiga nisbatan o'zini
baxtliroq biladi.
Bilasizmi, hammaning umumtasawuriga qara- masdan, tashqaridan qaraganda pul,
mashinalar, jihozlar, shuhrat va omad  barchasi hech bir ahamiyatsiz. Baxt
hayotimizga o'z munosabatimiz tufayligina belgilanadi. Shu bois o'zimizni baxtli deb his
etishimiz uchun ko'p pul, katta uy-joy yoki tuzukroq ishga ega bo'lish shart emas; eng
zaruri  o'z munosabatimizni o'zgartirish. Aynan
shu Semyuel Jonsonni quyidagi so'zlarni yozishga< undadi:
Mamnunlikning negizi aqlda bo'lishi darkor; kimki baxtga intilayotganda inson
tabiatini qan- chalik karri bilsa, o'zining fe'l-atvoridan bo'lak hamma narsani
o'zgartirmoqchi bo'lsa, o'z umrini bema'ni harakatlarga zavol etadi va qutilmoqchi
bo'lgan anduhlami orttiradi, xolos.
 Awallari hech qachon bu masalaga shu tari- qa yondoshmagandim,  deya tan.oldi
yigitcha,  lekin nazarimda, buning zamirida ma'no bor.
 Qiziq, shundaymasmi? Bundan tashqari, agar siz nimaningdir yomon jihatini kutib
bajarmoqchi bo'lsangiz, oqibati qanday bo'lishi mumkinligi haqida o'ylab ko'ring,  dedi
janob Kesterman.
 Nimani nazarda tutyapsiz?  so'radi yigitcha.
 Masalan, yuzlab kishilar qarshisida so'zga chiqmoqchisiz. Hoynahoy,
asabiylashasiz va ro'y berishi mumkin bo'lgan eng dahshatli narsalar haqida o'ylay
boshlaysiz. Aytaylik, siz gapirmoqchi bo'lganlaringizni unutib qo'yasiz, duduqlanasiz va
gapingizdan adashasiz, oxir oqibatda o'sha hamma kishilar qarshisida o'zingizni qip-qizil
ahmoqday ko'rsatasiz. Nahotki, bu o'zingizga nisbatan ishonchni yuzaga keltiradi, deb
o'ylasangiz? To'g'rirog'i, shunchaki hayajoningiz yanada ortadi.
 Ha, ehtimol yana ham ko'proq asabiylashardim,  tan oldi yigitcha.
 Shubhasiz, kim ham o'zini boshqacha his olardi. Lekin bu tamoyilni hayotda
hamma narsaga qo'llash mumkin. Kim erta bilan yangi kunni sabr bilan kutib olish uchun
o'rnidan irg'ib turadi  kelayotgan kundan yomonlikni kutayotgan
kishimi yoki eng zo'r kun bo'lishini oldindan sezib zavqlanayotganimi? Sizningcha,
ulardan qay biri ushbu kundan bahra oladi?
 Sizni juda yaxshi anglab turibman, lekin mabodo ro'y berayotgan hodisalar biz
kutgan nati- jani bermagan taqdirda-chi, unda nima bo'ladi? Agar biror yomonlik sodir
bo'lib qolsa, unda nima bo'ladi?
 Oltin qoidani eslang: o'zingizni qanday his etishni o'zingiz tanlang! Har qanday
vaziyatda xuddi jigarrangdagi narsalar kabi zangori rangdagilarini ham izlab topishingiz
mumkin. Siz diqqatingizni vaziyatning yomon bo'lishi mumkin bo'lgan tomonlariga
emas, balki ijobiy jihatlariga jamlashingiz mumkin.
 Lekin, mabodo vaziyatning umuman yaxshi tomoni bo'lmasa-chi?
 Biror fojiaga yo'liqsak, undan ijobiy xislatlar zarrasini topishga qiynalamiz, albatta.
Lekin fojia- dan qutulish yo'llaridan biri o'z kulfatimizda qandaydir ijobiy, ahamiyatli
jihatini topishga harakat qilishdir. Hoynahoy, farzandini yo'qotish ota-onalarning qalbini
vayron etuvchi eng og'ir fojiadir, ko'pincha shunday hollarda kulfatni yengishning
yagona vositasi biron-bir ijobiy narsani yaratmoq qobiliyati sanaladi.
Masalan, Kaliforniyada yosh bir ona katta yo'lda mast haydovchining urib yuborishi
oqibatida o'n uch yashar qizalog'ining fojiali o'limidan so'ng qattiq kuydi. Bu haydovchi
mast holda avtomobil haydashi oqibatida juda ko'p qoida buzishlar bo'lgani va unga
o'xshashlardan qonun odamlami himoyalay olmayotgani sababli onaizor bularning
barchasiga chek qo'yish maqsadida umummilliy kompaniyani boshladi. Mast
haydovchilarga qarshi onalar
lo'g'ridan to'g'ri Kongressga murojaat etdilar ichkilik ichgan holda mashina haydagan
hay- dovchilami jazolovchi 950 ta qaror qabul qilinishiga erishdilar. Bu kompaniya tez
orada Kanada, Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiyada ham tarqaldi va natijada yuzlab,
minglab kishilar hayoti asrab qolindi.
Hayotda foydali bo'lishi mumkin bo'lgan qandaydir hadya keltirmaydigan kulfatning
o'zi yo'q. Bu hadyani izlab topishimiz uchun tanlay bilishimiz kifoya. Masalan, ko'p yillar
burun, keksa xitoylikni uchratganimda, ishdan ayrilgan chog'im edi va omadsizligim
hamda endi hech qachon boshqa ish topolmasligim to'g'risida tinimsiz o'ylardim. Lekin
o'shanda qariya bilan uzoq suhbatlashganimdan so'ng ishimdan ayrilishimning qandaydir
ijobiy tomoni ham bo'lishi mumkinligini anglay boshladim.
 Ishdan ayrilishning qanday yaxshi jihati bo'larkan?  so'radi yigitcha.
 Birinchidan, menda yangi martabaga erishish  o'zimning ishonchim komil
bo'lgan qandaydir ish bajarish imkoni paydo bo'ldi,  dedi janob Kesterman.  Shu
tariqa ishsiz qolganlikdan tushkunlikka tushish o'miga menda to'lqinlanish, g'oyatda
zavqlanish va kelajakka ishonch hissi pay- do bo'ldi. Suhbatimizga taalluqli nimalamidir
yozib olish istagingiz bo'lsa, quyidagilarni esingizda luting:
Hayotdagi vogealarga qanday munosabat his qilishimiz, o'sha vaziyatlarning o'zi
bilan emas, balki biz ularni nima bilan bog'layotganimizning mazmuni orqali
belgilanadi.
 O'zim tushgan vaziyatga nisbatan shunday munosabat paydo bo'lgan chog'da
ishdan ayrilishim, liayotimni yangidan boshlash uchun tub burilishga aylandi. Awalgi
ishimdan hech qachon xursand
bo'lmaganim, u ish menga shunchaki pul topish manbai bo'lganini o'zimni o'zim
aldamaslik uchun ichimda tan oldim. Endi esa haqiqatdan nima xohlashim to'g'risida
o'ylab ko'rishimga imkon topildi. Men hayotimga qandaydir o'zgarishlar kiritishni, ijobiy
ta'sir ko'rsatishni, jamiyat hayotiga aniq hissam qo'shilishini istardim. Aslida muallim
bo'lish istagim borligi uchun shunga qaror qildim va kollejda dars berishga kirishishimga
unchalik ko'p fursat zarur bo'lmadi.
Yana bir misol keltirishimga ijozat bering,  davom etardi janob Kesterman.  Siz
sevgilingiz bilan ajrashganingizni tasavvur qiling. O'zingizni go'yo ko'zga
tashlanmaydigan, xunuk tuyulishi va boshqa hech qachon yor topolmaydigandek his
qilishingiz mumkin. Garchi kimnidir topolsangizda, sizga o'zaro munosabatlaringiz
baribir uzoq davom etmaydigandek tuyuladi. Boshqa tomondan esa, vaziyatga butkul
o'zgacha qarashingiz va yoringiz bilan ajrashish sizga munosibroq kimnidir topish uchun
imkoniyat yaratganiga iqror bo'lganingizni bildiradi. Ko'rib turganingizday, barchasi
faqat bizning munosabatimizga bog'liqdir.
Umringizdagi voqealarning kattagina qismiga nisbatan qarashlaringizni o'zgartirib,
ulardan ijobiy xulosa chiqarishingiz mumkin. Bu yorug' dunyoning ayrim joylarida hatto
o'lim ham bayram hodisasi hisoblanar ekan. Chunki o'sha yerda yashaydigan insonlar
odam o'lganida uning ruhi o'z uyiga qaytishiga va barcha insonlar ertami kechmi, qachon
va qayerda bo'lmasin, o'zlari suygan kishilari bilan uchrashishlariga ishonadilar.
 Shunday bo'lsa-da, vaziyatning ijobiy jihatlarini ko'rish har doim ham oson emas,
 e'tiroz bildirdi yigit.
 Faqat ularni izlamagan chog'ingizda! Basharti qandaydir ijobiy jihatlami
ko'rolmagan bo'lsangiz, aksariyat hollarda bu shunchaki yaxshilab izlamayotganingizdan
dalolat beradi. Bundan tashqari, haqqoniy savollar yordamida ijobiy
munosabat yaratishimiz mumkin. Nima uchun bu aynan men bilan sodir bo'ldi? degan
savol bilan o'zingizni qiynash o'rniga Bu tajribadan nimani o'rganishim, qanday foydali
saboq olishim mumkin? deya murojaat etishingiz mumkin.
 Nimalar haqida so.'zlayotganingizga unchalik tushunolmayapman,  dedi
yigitcha.
 Nimalarni ko'rayotganimiz, eshitayotganimiz, hidlayotganimiz, endi nima
qilishimiz zarurligi, nima ishlar bajarganimiz yoki hozir nimalar bilan
shug'ullanayotganimiz to'g'risida kun bo'yi tinimsiz o'zimizga savol beramiz, 
tushuntirdi janob Kesterman.  Ertalab uyg'onishimiz bilan to uyquga ketish fursati
yetguncha ong ortidagi aqlimiz tinimsiz savollar berishni davom ettiradi. Haqiqatda
lafakkur jarayoni savollar ketma-ketligidan boshqa narsa emas. Savollar javoblarga
yetaklaydi, javoblar rsa hissiyotlarni chorlaydi. Shu asnoda, modomiki o'zingizni baxtsiz
yoki tushkunlikka tushgan ahvolda sezsangiz, bu ko'pincha o'zingizga nojo'ya savollar
berayotganingizni bildiradi. Hayotingizda nimalar to'g'ri bo'layotganini so'rash o'rniga
o'zin- ozizga noto'g'ri savollar berasiz.
Og'ir vaziyatga duchor bo'lgan ko'pchilik odamlar o'zlariga: Nima uchun bu voqea
aynan men bilan sodir bo'ldi? yoki Endi nima qilishim korak? degan savollar
beradilar. Bu salbiy, kuchsizlantiruvchi savollar va ular salbiy, kuchsizlanliruvchi
javoblarni keltirib chiqaradi hamda o'ziga nisbatan achinish, umidsizlik, tushkunlik
hislarini
chaqiradi. Basharti biz ijobiy, quwat bag'ishlovchi savollar bersak, o'zimizda umuman
o'zgacha his- siyotlar hosil qilishimiz mumkin.
 Kishiga quwat bag'ishlovchi qanday savollar bo'ladi?  so'radi yigitcha.
 Kuch va umid hissini chorlaydigan savollar. Masalan, og'ir vaziyatlarda qolsam,
shu vaziyatga nisbatan qarashlarimni darhol o'zgartiradigan uchta baquwat savolni
o'zimga beraman.
 Birinchi savol: Bu vaziyatning nimasi ajoyib?
 Lekin vaziyatning hech bir ajoyibligi bo'lma- sa-chi?  so'zini bo'ldi yigitcha.
 U holda o'zingizdan: Buning qanday yaxshi tomoni bo'lishi mumkin edi? deb
so'rang. Tu- shunyapsizmi, xuddi bu xonada zangori rangdagi narsalarni ataylab
qidirganingizda faqat o'shani ko'ra boshlaganingizday, bu savol vaziyatdan qan- daydir
yaxshi jihatni izlashga undaydi va siz albatta uni topasiz.
Har bir vaziyat zamirida qandaydir yaxshi jihati bor va har bir muammo ichida
qaysidir tuhfa yashiringan, deyishganida aynan shu nazarda tutiladi. Har qanday
dunyoqarashni o'zgartirish mumkin va shunga muvofiq, har qanday xafagarchilik
umringizni boyitishiga erisha olasiz  Asl Bax- tiyorlikning birinchi siri ana shunda.
Keksa xitoylik menga odamlar ro'yxatini berdi va ularning barchasi Asl Baxtiyorlik
sirlarini o'rgat- dilar. Ulardan ko'plari o'z hayotlari davomida jiddiy xavfli vaziyatlarni
boshdan kechirgan bo'lsalar-da, har qanday vaziyatda unga nisbatan qarashlarini
o'zgartirishga erishdilar va undan ijobiy ma'no topishga o'rganganlari bois
qiyinchiliklarni yengib o'tdilar.
Ikkinchi savol quyidagicha: Bu vaziyatda nima' mukammal emas?. U barcha
narsani mukammal qilish mumkinligini nazarda tutadi va Bunday vaziyatda nimasi
nojoiz? degan savolga nisbatan butkul boshqacha his tug'diradi.
Uchinchi savol: Bu vaziyatni xohlaganimdek o'zgartirish va bu jarayondan
qoniqishim uchun nima qilishim mumkin?. Bu savol vaziyatni o'zingizga yoqimli tarzda
o'zgartira olishingiz uchun barcha vositalarni topishga yordam beradi.
Bu savollar amalda qanday qo'llanilishiga doir bir nechta misol keltirishga ijozat
bering. Agar kecha kechqurun mashinangiz buzilib qolganida o'zingizdan: Bu
vaziyatning nimasi ajoyib? deya so'raganingizda, Biror kori-hol ro'y berib, aziyat
topmaganim ajoyib bo'ldi, Ta'mirlovchi xizmatning borligi va ularning menga yordam
berishi mumkinligi zo'r-da yoki Bu voqea shahardan ancha olisdagi qadam yetmas
joyda sodir bo'lmagani qanday yaxshi- ya deya javob berishingiz mumkin edi.
Yana nimasi mukammal emas? degan keyin- gi savolga Mening mashinam degan
javob tayyor. Nihoyat, Bu vaziyatni tilaganimdek o'zgartirish va bu jarayondan qoniqish
hosil qilishim uchun nima qilishim mumkin? Ta'mirlash xizmatiga qo'ng'iroq
qilganingizdan keyin mexanik kutayotgan vaqtingizdan maza qilib gazeta yoki kitob
o'qib yoxud ilgari hech eshitishga imkon topmagan radio eshittirishni tinglashingiz
mumkin edi. Bu vaqtda ijodiy foydalanishingiz  kelasi dam olish kuni rejasini tuzish,
xat yozish ruchka va qog'oz topilgan deb hisoblasak yoki o'zingiz yozmoqchi bo'lgan
kitobingizni boshlashingiz mumkin bo'lardi. Mexanik yetib kelguniga qadar bir pas yotib
mizg'ib olishingiz ham mumkin edi.
Mana yana bir misol. Siz ortiqcha vazningiz tufayli ancha ruhingiz pastligini tasawur
qiling. Buning nimasi yaxshi? O'z vazningizdan norozi bo'lib baxtsiz sezayotgan fursatga
nihoyat yetish- ganingiz hamda haqiqatdan ham o'zgarishni istayotganingizning o'ziyoq
ajoyib. Ortiqcha vazn yurak xastaliklari xavfini orttirishi sababli o'zgarishlar bag'oyat
zarurligini anglayotganingizning o'zi qoyilmaqom. Yana nima mukammal emas! Sizning
vazningiz, qomatingiz. Vaziyatni o'zgartirish uchun nima qilmoqchisiz? Sizni semizlikka
nima keltir- ganini bilish, odatlangan ovqatlanish tarzini o'zgartirish va jismoniy
mashqlar bilan shug'ullanishni boshlash zarur. Ortiqcha vaznni yo'qotish jarayonini
qanday qilib yoqimli qilishingiz mumkin? Shunday muammolari mavjud bo'lgan boshqa
odamlar bilan tanishish imkoni bo'lgan birorta klubga kirasizmi yoki mashg'ulotlaridan
zavqlanishingiz mumkin bo'lgan to'garakka borasizmi? Balki raqs to'garagimi, chunki bu
mashqlarning ajoyib shaklidir. Siz juda yoqtirgan yaxshi oziqni topishingiz yoxud
tarkibida yog'i kamroq taomlar tayyorlashni o'rganishingiz mumkin.
 Vo, ajabo,  dedi yigitcha.  Demak, kishilar o'zlariga yaxshilik keltiruvchi
narsalarga diqqatlarini jamlab, yaxshilikni kutishlari va o'zlariga tasdiqlovchi savol berib
vaziyatga o'z munosabatini ataylab o'z- gartirishlari mumkin ekan-da?
 Shubhasiz,  javob berdi janob Kesterman.  Hayotga sog'lom, baxtli munosabat
yaratishning mohiyatini shukrona degan birgina so'z bilan ifodalash mumkin! Asl
Baxtiyorlikning eng ishonchli sirlaridan biri o'zingda faqat shukronalik tuyg'usini paydo
etishda mujassam.
 Xo'sh, buni qanday qilish kerak?
 Minnatdor bo'lishga arzigulik narsani izlash  kerak, javob berdi janob
Kesterman.  O'zingiz- ga: Bugungi kunning qaysi jihati uchun shukrona bildirishim
kerak?  degan savolni har kuni beraverish zarur.
 Lekin bu kunga shukrona bildiradigan hech qanday arzigulik jihati bo'lmasa-chi?
 tinchimay so'rayverdi yigit.
Janob Kesterman unga qoshlarini xiyol chimirib qaradi:
 Bir.necha yil ilgari eski bir do'stimni ko'rgani.. bordim. U o'liin to'shagida yotardi.
Shifokorlar uning umri bir yilga ham yetmaydi, deyishgandi. Do'stimni butkul tushkun
ahvolda ko'rsam kerak, deb o'ylagandim, lekin u unchalik shodmon bo'lmasa-da, ancha
osuda-quvnoq ko'rinardi.
 Bir yilga yetar-yetmas umri qolgan inson qanday qilib quvonch tuyishi mumkin?
 hayron qolib so'radi yigitcha.
 O'zim ham undan shuni so'radim: Jim, sen nima uchun shunchalik baxtiyorsan?.
U esa: Chunki ertalab uyg'ondim, demak bugun tirikman!  dedi. Uning javobi meni
mulzam qildi. Modomiki, o'layotgan inson ham shukronalik keltiradigan biror narsani
topa olar ekan, qolgan biz hammamiz haqimizda nima deyish mumkin?
 Qanchalik yomon vaziyatlarga tushmaylik,  davom etdi janob Kesterman, 
doimo biz shukur qilishimiz kerak bo'lgan nimadir mavjud. Va ko'pincha bunday narsalar
to'lib yotibdi.
Sehrlangan hayotda yashayotgan insonlar bilan oddiy umr kechirayotganlar orasidagi
farq ularni chulg'agan vaziyatlar ichiga yashirinma- gan, balki ularning munosabatlarida
mujassam topgan. Munosabatlar aqlimiz uchun o'z umrimizni bo'yashimizga
yordamlashuvchi mo'yqalam kabidir. Bunda foydalanadigan ranglarni o'zimiz tanlaymiz.
Uyga qaytayotganda yigitcha janob Kestermanning aytganlari to'g'risida mulohaza
qilardi.
Endi u o'zi va hayoti haqida juda ko'p narsalami bilib olganini anglardi, lekin yanada
muhimrog'i, o'zini nima uchun shunchalik uzoq vaqtdan beri baxtsiz deb hisoblaganini
tushundi.
O'sha kuni kechqurun yigitcha janob Kesterman bilan uchrashgan chog'ida yozgan
qisqagina yozuvlarini qaytalab o'qidi.
Asl Baxtiyorlikning birinchi siri  munosabatlar quwalidir.
 Mening baxtim hayotga bo'lgan munosa- batimga asoslangan.
 Mening aqlim qay darajadagi baxtga chog'lansa, o'shancha baxtiyorman. Shu
lahzadan boshlab o'z aqlimni baxtni tuyish uchun yo'naltiraman.
 Agar yaxshi natijaga umid qilsam, unga yetishishga albatta harakat qilaman!
 Baxt  bu har qanday lahzada, har qanday joyda, hamma yoqda o'zim tanlashim
mumkin bo'lgan imkoniyat.
 Har bir anduhning ijobiy ahamiyati mavjud nuqtai nazarni topish mumkin.
 Shu lahzadan e'tiboran har bir narsa va hodisaning ijobiy jihatlarini izlay
boshlayman.
 Har qanday og'ir va murakkab vaziyatda o'zingizga uchta savol berishingiz zarur:
Bu vaziyatning nimasi ajoyib?
Unda ajoyib nima bo'lishi mumkin edi?
Hali mukammal bo'lmagan tomoni qaysi?
 Vaziyatni tuzatish va bu jarayondan qoniqishim uchun nima qila olaman?
 Asl Baxtiyorlikning negizi shukronalikdu. Shu lahzadan boshlab shukronalik
bildirishga arzigulik narsalarni izlayman.
 Zinhor tashqi shart-sharoitlar emas, faqat fikru o'ylarim meni baxtli yoki baxtsiz
qiladi.
 O'z fikrlarimni boshqararkanman, baxtimni ham boshqaraman.