MENANDER
 
  Boshdagi oq soch tolasi donolik belgisi emas.
 
  Qariyalarning ustidan kulma. Kun kelib o'zing ham qariysan.
 
  Madaniyat barchani tarbiyali bo'lishga o'rgatadi.
 
  Er-xotin o'rtasidagi o'zaro muhabbat farzandlari bois mustahkamlanadi.
 
  Harakat qilgan kishi qayta-qayta kurashadi.
 
  Hamma ishni a'loga bajarishni maqsad qilgan odam hech biriga erisha olmaydi.
 
  Biz xohlaganday emas, qo'limizdan kelgancha yashaymiz.
 
  "O'zingni bil" deyish yaxshi. Lekin doim ham emas. Aksar payitda "boshqalarni bil" degan yaxshiroq.
 
  Mardlikka yo'l ber, quruq maqtanchoqlikka emas.
 
  Xudoga yoqqan hayotdan erta ko'z yumadi.
 
  Qilich tanani, o'tkir so'z aqilni jarohatlaydi.
 
  To'g'ri so'z va dovyurak kishiga Xudo ham qo'l cho'zadi.
 
  Kishining hulq-atvori uning suhbatida ayon bo'ladi.
 
  Boylik ancha-muncha g'am-tashvishni xaspo'shlaydi.