NIKOS KAZANTZAKIS
 
  Bu dunyoda har narsaning biror bir yashirin ma'nosi bo'ladi. Buni ham hisobga olishni unutma.
 
  Hech kimdan umid qilmayman. Hech kimdan qo'rqmayman. Men ozodman.
 
  Dunyoda birgina ayol bor. Uning qiyofasi turli xil.
 
  Bodom daraxtidan "Do'stim, menga Xudo to'g'risida so'zlab ber" degan edim, bodom daraxti qiyg'os gulladi.
 
  Har bir komil sayyoh o'zi sayohat qilgan joyda doimo el orttiradi.
 
  Insonda biroz telbalik bo'lishi kerak. Bo'lmasa hech qachon arqonni kesmay, ozodlikka intilmay yashaydi.
 
  Go'zallikda rahm-shavqat bo'lmaydi. Sen uni emas, aslida u seni sinovdan o'tkazadi va kechirmaydi.
 
  Modomiki voqelikni o'zgartira olmas ekamiz, uni ko'rib turgan ko'zlarni o'zgartirishga izn bering.
 
  Muvffaqiyat qozonishdan oldin, bunga ishonish kerak.