PERIKL
 
  Siyosatga qiziqmasliging siyosat senga qiziqmasligiga kafolat bo'la olmaydi.
 
  Biz taqlid qilmaymiz, ammo boshqalar uchun namunamiz.
 
  Vaqt - bu barchaning hukumdori. U barchaning otasi va onasi. U barchaning qabri ham. Vaqt o'zini ravo ko'rganini beradi, odamlar xohlaganini emas.
 
  Erkinlikka uni himoya qilishga yuragi dov berganlargina egalik qila olishadi.
 
  Daraxt, garchi kesib tashlansa ham tezda qayta unadi, ammo xonavayron bo'lgan erkak uchun qayta oyoqqa turish qiyin ish.
 
  Bilimli bo'lib, bu bilimni ifodalay olmagandan ko'ra, bu bilimning umuman bo'lmagani ma'qul.
 
  Butun yer yuzi qahramon kishilarning qabristonidir. Ularning jasoratlari faqatgina qabir toshida saqlanib qolmagan, balki ko'rinmas ramzlarga aylanib odamlar hayotida aks etgan.
 
  Vaqt - eng dono maslahatchi.
 
  Eng dono maslahatchi, yani vaqtni kut.
 
  Orqangda qolgan narsaning toshga o'yilgani emas, odamlar hayotiga qorishib, ularning koriga yaragani hisob.