PIFAGOR
 
  Bulut va uning soyasidan yuqorida yulduz va uning nuri bor. Avvalo, o'zingni hurmat qilishni hammasidan yuqoriga qo'y.
 
  Achchiq ko'z yoshi tomgani bois ham hayot shirin tuyiladi.
 
  Kun bo'yi qilgan ishlaringa bir qur nazar tashlamasdan turib uyquga ketma.
 
  Ishingni puxta qil va qolganlarga ular sen haqingda o'zlari xohlagancha gapirishlariga qo'yib ber.
 
  Ko'p mavzu xususida qisqa gapirma. Aksincha, kam mavzu haqida ko'p gapir.
 
  Bema'ni so'zdan ko'ra sukut afzal.
 
  Hamma narsadan oldin o'zingni hurmat qilishni o'rgan.
 
  Oson ishning o'zi yo'q. Sen istamasang hamma narsa mashaqqatli bo'ladi.
 
  Ezgulik - bu uyg'unlik degani.
 
  Eng qadimiy va qisqa "ha" va "yo'q" so'zlari asosiy fikirga muhtoj kambag'al gaplardir.
 
  Do'stlar sayohatga chiqqan hamrohlarga o'xshashadi: baxtli hayot sari chiqilgan yo'ldan ular matonat bilan borib, bir-birlari haqida qayg'urishlari shart.
 
  Odamlarga zarur qonunlar ularning erkinliklariga muvofiq kelmaydi.
 
  O'zidan ojizlarga shavqatsizlik qilgan kishi hayotda hech qachon sog'lik hamda xotirjamlik nimaligini bilmaydi.
 
  Inson hayotini teatir kabi tomosha qilish Yaratgan va farishtalargagina nasib qilgan.
 
  Baquvvat mushakdan ko'ra, zehinli idrok ustun.
 
  Tashvish bizni tushkunlikka emas, harakatga boshlashi kerak. O'zini nazorat qila olmagan kishi esa hech qachon erkin bo'la olmaydi.
 
  Qalbning ezgulik ustidan g'alaba qozonishi yoki yovuzlikka mag'lub bo'lishi inson hayotining eng muhim pallasidir.
 
  Ko'p vaysab, kam so'z dema. Aksincha, kam gapirib ko'proq so'zlashni o'rgan.
 
  Idrok hushyorlikdan quvvat oladi.
  
  Sababdan tashqari barcha narsalar o'tkinchi.
 
  Quloqqa yoqmaydigan so'zlardan ko'ra, sukut saqlagan yoxud sukutdan ma'niliroq so'zlarni gapirgan afzal.