PLUTARX
 
  So'zlar o'z so'zlovchisining holati, fazilati, fe'li va uni qiynayotgan narsalar haqida xabar beradilar.
 
  Xudoga nomunosib bo'lgandan ko'ra, uni umuman bilmagan yaxshiroq edi.
 
  Pastkashning xatti-harkati ahmoqonadir. Hatarsiz qilinga ezgulik tasodifdir. Yaxshi odamgina hayotini xavf ostiga qo'yib bo'lsa ham buyuk ishlarni qiladi.
 
  Sendan omadsizroq odamga o'z omading to'g'risida gapirib, maqtanishdan tiyilgin.
 
  Ozgina nuqson ko'p eyguliklarni yo'qqa chiqara oladi.
 
  Biz tirik jonlarga oyoq kiyim yoki uydagi boshqa jihozlarga munosabatda bo'lgandek munosabatda bo'lmasligimiz, foydalanib, so'ngra ularni tashlab yubormasligimiz lozim.
 
  Odamlarga saxiylik, xayr-ehson va muruvvat ko'rsatayotgan kishi aslida ularning erkinliklarini cheklab qo'yaveradi.
  
  Biz erishgan ichki yoki ruhiy yutuq tashqi voqelikni o'zgartiradi.
 
  Dovyuraklik qo'rqoqlik va shoshma-shosharlikning orasidir. Birinchisida bioz kamlik qilsa, ikkinchisida ortiqchalik qiladi.
 
  Seni ayiblamayman. Biroq haqqingga duo ham qilmayman.
 
  Nuqson topish oson. Ehtimol, ishni a'lo bajarish qiyin.
 
  Fe'l-atvor - uzoq davom etadigan odat.
 
  Shon-shavkatga erishgan odamni biror gapga unatish qanchalik qiyin bo'lsa, nochorlikdagi kishini boshqarish ham shunchalik oson.
 
  Idrok - bu to'lishga muhtoj idish emas, yoqilishi lozim mash'aladir.
 
  Qanday tinglash kerakligini o'rgansang, yomon so'zlayotganlarning nutqidan ham bir foyda topasan.
 
  Sog'lik uchun ishlab chiqarilgan dori kasallik bilan, uyg'unlik uchun yaratilgan musiqa esa shovqin bilan imtihon qilinishi lozim.
 
  Xato qilmaslik qobilyati insonga xos emas. Ammo o'z xatolaridan to'g'ri xulosaga kelish ham donolikdir.
 
  Mendagi o'zgarishga qarab o'zgarib turadigan, boshimni irg'asam boshini irg'aydigan do'st menga kerak emas. Buni mening soyam ham yaxshi uddalaydi.
 
  O'zimdagi qudrat va mol-davlatimdan ko'ra, bilimning zo'rligini ustun bilaman.
 
  To'g'rilik va ezgulikning tomiri yaxshi ta'lim va tarbiya bulog'idan suv ichadi.
 
  Boy va kambag'al o'rtasidagi nomutanosiblik barcha davlatlardagi eng ko'hna va bedavo darddir.
 
  An'analarning avloddan-avlodga qolishi - bu kerak, albatta! Ammo chin iftixor tuyg'usi bizning ajdodlarimizga tegishli ekanligini unutmaslik lozim.
 
  O'z o'rnidagi suku donolik va har qanday nutqdan ham afzal.
 
  Yovvoyi, asov otdan eng yaxshi, chopag'on ot chiqadi.
 
  Dovyuraklik - bu qo'rquvsiz tavakkal qilish degani emas, o'z uaqtida, to'g'ri sabab bilan qat'iy qarorga kela olish degani.
 
  Taqdir unga ergashganga yo'l boshlaydi. Unga qarshilik ko'rsatganlarni esa sudraydi.
 
  Kamdan-kam yovuz kishilar ezguliklarga qarshi kurashishdan to'yib ketishadi.