SENEKA
 
  Yoshlikning o'tayotganini ko'pchilik sezmaydi. Ammo uning o'tib ketganini barcha his qiladi.
 
  Qalovini topsang keksalik ham sen uchun halovatga aylanadi.
 
  O'z yoshiga qarab uzoq umir ko'rdim degan xulosaga kelgan kishidan ham ayanchliroq odam yo'q.
 
  Ba'zi bir dori-darmonlar darddan ham ko'ra xafliroqdir.
 
  O'z dardiga bo'ysunish - bu eng og'ir dard.
 
  Oyoqqa turib ketishda eng muhimi bu sog'ayish xohishidir.
 
  Davlating kam bo'lsa, tashvishing ham kam bo'ladi. Omadsiz bo'lsang, sening dushmaning ham kamroq bo'ladi.
 
  Azoblanmay yashash insonga xos emas. Azobga dosh bera okmaslik esa er kishiga yarashmaydi.
 
  Musibat mardlikka sabab bo'ladi.
 
  O'z-o'zini boshqara olgan kishining hukmi ham buyuk bo'ladi.
 
  Faqatgina nasihat berish orqali o'qtirish qiyin. Yaxshisi, o'rnak bo'lish kerak.
 
  Nimagaki o'zgartirish kirita olmasang, o'zingni sharmisor qilmay unga bardosh qil.
 
  Tilda mayda xafaliklar zohir bo'ladi. Chuqur iztirob esa sukutda yashaydi.
 
  Dunyodagi eng buyuk hurmat dardga mardlarcha bardosh bergan kishiga tegishlidir.
 
  Qaysi bandargohga suzishni bilmagan kema uchun shamolning yo'nalishi qiziq emas.
 
  Muhabbat haqidagi suhbatlarda shu qadar dilbarlik va makkorlik bo'ladiki, oqibatda sevgi o'z sohiblarini osonlik ailan fosh qiladi.
 
  Sevikli bo'lish uchun sevishni bilish kerak.