SOLON
 
  Men har kuni nimanidir o'rganib ulg'aymoqdaman.
 
  Hayotdan ko'z yummaguncha hech kimni baxtli deyish kerak emas. U shunchaki omadli xolos.
 
  Hech kim baxtli emas. Barchamiz omadlimiz, xolos.
 
  Do'stinga maslahat berganda  yordam berish yo'lini qidir. Lekin unga yoqish uchun emas.
 
  Buyruq berishdan avval bo'ysunishni o'rgan.
 
  Qasamlardan ko'ra olijanob fazilatlarga ko'proq ishonch bildir.
 
  Na donoligu, na o'rganishdan xabari bo'lmagan boylarning tilla mo'ynali qo'ydan farqlari yo'q.
 
  Nutq - harakatning ko'zgusi.
 
  Qachonki xalq sudiyalarga, sudiyalar qonunlarga itoat etsalar, jamiyat ham risoladagiday idora qilinadi.