SOFOKL
 
  Taqdir yaxshining ham, yomonning ham oyog'idan xohlagan payitida chalishi mumkin. Hech kim ojiz bandaning kelajagini oldindan aytib bera olmaydi.
 
  Keksalik hamda vaqt barcha narsani o'rgatadi.
 
  Ko'rish orqali ham inson ko'p narsani bilib olishi mumkin. Lekin hech bir avliyo na oldinni va na keyinni ko'ra olmaydi.
 
  Xohlamay xato qilganlarning hech biri iblis emas.
 
  Hamma narsa ham kashf qilinmaydi. Ko'p narsa o'z-o'zini ayon qiladi.
 
  Hatto keksalar ham ajalni qanday sevish mumkinligini bilishmaydi.
 
  Mehr ko'rib, mehr ko'satishni bilgan odam boshqalarga qaraganda yaxshiroq do'st bo'la oladi.
 
  Adolat ham jarohat keltiradi, degan qarash ham bor hatto.
 
  To'kilib ketgan sutga qarab yig'lashdan ma'ni yo'q. O'tgan ishga nega achinmoq kerak?
 
  Xavf ortda qolganda xavfning o'zi ham mamnun bo'ladi.
 
  Dardni dard bilan davolab, yarani yana ham kattartirma.
 
  Nohaqlik bilan erishilgan narsa hech qachon xotirjamlik keltirmagan.
 
  Qo'rqoqqa hamma narsa shitirlagandek tuyuladi.
 
  Donolik baxtiyorlikning eng muhim qismidir.
 
  Oqil kishi ahmoq bilan gap talashmaydi.
 
  Doimo foydali biror nimani o'rganishga ehtiyojmand bo'l.
 
  Ahamiyat bermay, hech nimani o'ylamasdan yashagan afzal.
 
  Boshini yaxshi boshlagan oxirini ham yaxshilik bilan yakunlaydi.
 
  Qiyinchilik boshiga tushgan odamlarga yordam berish yaxshi odamning vazifasi.
  
  Yaxshi nutq so'zlab, xato gapirish judayam xavfli.
  
  Ko'p gapirish bir masala, me'yorida gapirish esa boshqa bir masala.
 
  Donishmandlik odatda qisqa nutq bilan yonma-yon yuradi.
 
  Hech kim keksa yoshdagi kishidan uzoqroq umir ko'rishni orzu qilmaydi.
 
  Biror bir yozma kelishuv aldamaslik uchun to'siq bo'la olmaydi.
 
  Hech nimadan xabarsiz hayot - eng xotirjam hayot.
 
  Biz doimo kimnidir darddan forig' bo'lishini istab duo qilamiz. Ammo nazarimda, darddan tamomila forig' bo'lish eng og'ir darddir.
 
  Yaxshi ishlarni qilish kishi oldidagi eng sharafli vazifa.
 
  Axloqsizlar hech qachon urushga tasodif tufayli borishmaydi. Yaxshi odamlar esa doimo tasodif sabab urushga boradi.
 
  Kimningdir yonishi emas, xatti-harakatini hisobga olish kerak.
 
  Bir kishiga qarashli hukumat odil huktmat emas.
 
  O'z do'stidan voz kechish - o'z hayotidan voz kechishdek xunuk.
 
  Boshiga tushgan musibatlarni qisqa vaqt ichida unutganlar naqadar baxtli.
 
  Agar iblisni hasrat bilan davolab yoki o'likni yig'i bilan tiriltirib bo'lganda, oltin ko'z yoshidan ham qadirsizroq bo'lar edi.
 
  Yaxshilab nazar sol va shuning guvohi bo'lasanki, o'ylanmay, ko'r-ko'rona harakat qilgan kishi hech qachon ko'zlagan maqsadiga erisha olmagan.
 
  Ezgulikning mukofotiga sabir qilish orqali erishiladi.
 
  Xalq orasida qadimiy bir naql bor: kimdir vafot etmagunicha uning hayotining mohiyatini fahmlamaysan. Shumdagina uning hayotiga "yaxshi" yoki "yomon" deb baho berasan.
 
  Tartibsizlikdan ham ko'ra battol iblisni ko'rmadim.
 
  Yomon maslahatdan ko'ra nafratliroq hech nima yo'q.
 
  Yoshligidayoq san'atni nazarga ilmagan kishi o'tmishni qo'ldan boy beradi va kelajak uchun o'lgan bo'ladi.
 
  Iblis vasvasasidan holi yashash faqat parvardigorga xos.
 
  Odam doim ham bir marotaba rohatlangan narsasidan ikkinchi marotaba ham o'shanday rohatlana olmaydi.
 
  Birgina so'z bizni hayot yuki va og'riqlaridan halos qiladi. Bu so'z - muhabbatdir.
 
  Aldov orqali g'alaba qilishdan ko'ra, sharaf bilan mag'lub bo'lishni afzal ko'raman.
 
  Yaxshi so'zlab, xato gapirish falokatdir.
 
  Odam uchun taqdir majburiyatidan-da xavfliroq iblis yo'q.
 
  Chin do'stiga quloq tutgan odam g'alabaga erishadi.
 
  Hech narsani hamma narsani ko'rib, eshitib turuvchi va oxir-oqibat fosh qiluvchi vaqtdan yashirma.
 
  Sukut ayolning eng munosib ziynatidir.
 
 Iblisni iblis bilan davolamoqchi bo'lganlarning urinishi ularga xatar olib keladi.
 
  Aqlli shifokor jarrohlikka muhtoj bemor tepasida turib ming'irlamaydi.
 
  G'animning sovg'asi sovg'a emas va yxshilik keltirmaydi - bu odamlar orasidagi gap.
 
  Dushmanni masxara qilish masxarabozlik emasmi?
 
  Lo'nda gapga chuqur donishmantlik zohir bo'ladi.
 
 Tanam asir olingan bo'lsa-da, idrokim hali-hamon erkin.
 
  Ishonch o'ladi, biroq ishonchsizlik gurkiraydi.
 
  Donolik har qanday boylikdan ham ziyoda.
 
  Foydasiz farzandlarni dunyoga keltirganlar haqida nima deyish mumkin, ular o'zlariga tashvish orttirib, dushmanlariga xursandchilik tuhfa qilishadi.
 
  Hurmat va sharaf kambag'alga ham, boyga ham birdek nasib qiladi.
 
  Pul - bu odamlar orasidagi eng vahshiy muomila vositasi. U shaharlarni vayron qiladi. Erkaklarni uydan ketishiga majbur qiladi. U eng aqlli ongni ham bir zumda iblisga sherik qila oladi.
 
  Yomon maslahat yomon dushmandan ham xavfliroq.
 
  Donishmandlik baxtiyorlikning oliy nuqtasidir.
 
  Dono fikirlovchilar har yerda g'olib bo'ladilar.
 
  Behayolikning ustozi behayolikdir.
 
  Biz, yani yashayotganlarning holati sharpa yoki vazinsiz soyadan ortiq emas.
 
  Sababning borligi - erkakka qobiliyatning Xudo tomonidan yuqtirilishidir.
 
  Muvaffaqiyatning asosi - sa'y-harakatdir.
 
  Mavjud faqirlikni yashirgan so'z ham huzur-halovat keltiradi.
 
  Yaxshi odamni vaqt kashf qiladi. Ammo yomon odamni bir kunda ham bilish mumkin.
 
  Tabiatdan voz kechib, o'ziga yarashmagan ish qilgan kishining harakati nafratga loyiqdir.
 
  Harakatsiz kishiga taqdir ham yordam bera olmaydi.
 
  Kishining hurmati u bilan birga o'lmaydi. Hurmat mangu qoladi.
 
  Vijdondan ham xolisroq guvoh, adolatli jazolovchi yo'q.
 
  Shodligini yo'qotgan odam hayotini yo'qotadi. Bunday kishini nafas olayotgan tana deyish mumkin, xolos.
 
  Sevgi qarshisiga mushtimzo'rga o'xshab qahr bilan kelgan odam ahmoqdir.
 
  Tashvishlar qurshovida g'amgin qolgan odam darddan ko'ra og'uni ma'qul ko'radi. U hayot omadsizliklari qarshisida  ilojsiz qolgan shifokordir.
 
  Iblislar orasida yashab ham dono bo'lish mumkin. Men bilganlarimni ularning harakatlaridan xulosa qilib o'rganganman.
 
  So'z qo'rqmay harakatlanayotgan kishini to'xtata olmaydi.
 
  Mulohazasi no'noq odam yonida turgan yaxshi narsani yo'qotmagunicha uning borligini sezmaydi.
 
  Hiyla bilan erishilsa ham foydaning mazasi shirin bo'ladi.
 
  Har bir odam uzoqni ko'radi-yu, ammo yaqinida turgan narsani ko'rishga so'qirlik qiladi.
 
  Yomonning yutug'i uning jazosiga xizmat qiladi.
 
  Hayotimni quruq so'zlar bilan emas, harakatlarim bilan bezab tanilish mening bosh maqsadim bo'lgan.
 
  Yolg'on hech qachon keksaymaydi.
 
  Dunyoga keltirish sharafli ish. Garchi, ayol bundan azoblansa ham bolasini mehr bilan qo'lga oladi.
 
  Shunday vaqtlar bo'ladiki, xatto adolat ham yaxshilik keltirmaydi.
 
  Minnatdorchilikdan minnatdor bo'lish hurmat keltiradi.
 
  Donishmandlik kamgaplikni o'zi bilan yetaklab yuradi.
 
  Mehrli hamda adolatni ko'zlagan qalb har qanday komillikdan ham ustun ko'proq narsani kashf qiladi.
 
  Sukut gunohkorning aybidan darak ekanligini bilmaysanmi?
 
  Odamzodga maqsad berilgani Yaratganning insonga berilgan tuhfalari orasida eng buyugidir.
 
  Hashamatli, ammo ayolning o'rni bo'lmagan xonadon qashshoqdir.
 
  Birgina sabab kuchsizning kuchlidan ustun  chiqishiga sabab bo'ladi.
 
  Bizning baxtiyorligimiz donoligimizdandir.
 
  O'z fikridan boshqasini tan olmaydigan, boshqalarning fikri ustidan egalik qiluvchi odamning idroki aslida bo'm-bo'shligi baribir ayon bo'ladi.
 
  O'z do'stini vatanidan ham ko'ra muhimroq deb bilgan odamni qadirlamayman.
 
  Olijanoblik qilmaslik to'g'risida gapirish mumkin emas.
 
  Keksaygani sayin odam yana go'dakka aylanib boradi.
 
  O'zing nafratlanadigan narsalar tufayli g'ussaga botma. Shu bilan birga, ularni butkul unitib ham yuborma.
 
  Chanqagan odam uchun sen taklif qilayotgan donishmandlikdan ko'ra,  bir qultim suv rohatli.
 
  Qo'rqoq odamlarning quloqlari doimo gap poylaydi.
 
  Shoshqaloqning shergi ham, maslahatchisi ham iblis bo'ladi.
 
  Tez chiqarilgan qaror - xavfli qaror.
 
  Muvaffaqiyat qiyinchiliksiz bo'lmaydi.
 
  Erkak hech narsaga va'da bermasligi kerak. Mulohaza ularning qat'iy qarorini bekor qilishi mumkin.
 
  Bardam bo'l, bolajonim bardam bo'l. Hammasini ko'rib turgan Zevs jannat ishlaridan bo'shay olmayapti, shekilli.
 
  Qayg'u boshimizga tushgan barcha muammolarning birdan-bir sababchisi o'zimiz ekanligimizdan bizni boxabar qiladi.
 
  Yomon xabar tashuvchini hech kim xushlamaydi.
 
  Ayolning qasamini men suvga yozib qo'yaman.
 
  Bemulohazakorlik shubhasizki, axloqsizlikning qondoshi.