SUQROT
 
 
  Kuchli ehtiyoj ko'p hollarda cheksiz nafratga sabab bo'ladi.
 
  Salomatligiga ko'z-quloq kishi o'zi uchun zarur muolajani shifokordan ko'ra yaxshiroq biladi.
 
  Oqko'ngil odam bolaga o'xshaydi.
 
  Avvalo ruh, keyin tana davolanadi.
 
  Do'st bo'lishga shoshilma. Do'st bo'lgach esa buni to'g'ri va muntazam davom ettir.
 
  Tig'iz hayotning behuda ekanligidan xabardor bo'l.
 
  Nima bo'lganda ham uylan. Agar yaxshi xotin uchrasa, baxtiyor bo'lasan. Yomon xotinga yo'liqsang faylasuf bo'lasan. Bu esa har bir erkak uchun zarur fazilatdir.
 
  Men o'zimning zukko ekanligimdan boxabarman. Boisi, men hech narsani bilmasligimni bilaman.
 
  Falsafa yo'lidan to'g'ri borayotgan odamlar o'zlarini o'lish va ajal uchun munosib tayyorlab borayotganliklarini oddiy odamlar fahmlashmaydi chog'i.
 
  Go'zallik - bu shu'la bilan odamning mehrini oshirib, uni o'ziga bog'lab qo'yguvchi qarmoqdir.
 
  Sinalmagan hayot yashashga arzimaydi.
 
  Yaxshi obro'-e'tiborga ega bo'lishning yo'li qanday bo'lishga muhtoj ekanligingdan boxabar bo'lishdir.
 
  Hayot emas, yaxshi hayot qadirli bo'ladi.
 
  Duolarimiz umumiy bo'lsin. Boisi, biz uchun nima yaxshiligini Xudoning o'zigagina ma'lum.
 
  Bir narsani, y'ani hech narsani bilmasligimni bilganim uchun men eng dono odamman.
 
  Doimo oddiy odamlar nihoyasiz yovuz qobilyatlarga ega bo'lishlarini istayman. Shundagina ular yaxshilik qilish uchun cheksiz kuch-qudratga ega bo'lardilar.
 
  Yashash emas, to'g'ri yashash ahamyatli.
 
  Chin donishmandlik hayot, o'zimiz, dunyo va atrofimizdagilar haqida biz qanchalar kam bilishimizni anglaganimizdagina yuzaga chiqadi.
 
  Go'zallik qisqa umirli zolimdir.
 
  Boyligi bilan g'ururlanadigan kishi toki bu davlatni qanday sarflashni bilmas ekan, maqtovga sazovor bo'la olmaydi.
 
  Kimki dunyoni o'zgartirmoqchi ekan, avvalo o'zi o'zgarsin.
 
  Haqiqiy bilm sen hech narsani bilmasligingda namoyon bo'ladi.
 
  Ehtimol, o'lim isoniyatga berilgan boyliklar orasida eng buyugidir.
( Men bunga qo'shilaman,chunki biz shundagina chinakam va boqiy ikkinchi hayotga yo'l olamiz. Ammo unga yarasha ezgu ishlar qilish lozim, akis holda keyingi hayotingda mangu azobda qolasan. Maslahatim do'stim, bu dunyoni rohatini deb jannatning havosini alishma!). 
YANA BIROZ QOLDI. Agar tirik bo'lsam albatta qolganlariniyam sizlarga yetkazaman. Hozircha hayir. Endi uxlab dam olishim kerak.
ANTILankA (Mansurjon)..?