Uchinchi sir 
LAHZA QUVYATI
Bu voqeaga yigirma yilcha bo'ldi. Ishxonada muammolar paydo bo'ldi, uyimda ham
hammasi silliq kechayotgan emas edi. Kunduzgi soat to'rtlarda asosiy
buyurtmachilarimizdan birining huzuriga namunalarni ko'rsatish uchun shahar
markazidagi shohko'chasidan shoshib o'tib borayotuvdim. To'satdan baland gudok
tovushi hamda qandaydir ayolning qichqirig'ini eshitdim. Boshimni o'girib qarasam,
menga tomon bahaybat mashina bostirib kelyapti.
Go'yo hammasi sekinlashgan kinodagiday tuyuldi. Qo'rqqanimdan turgan joyimda
qimirlamay qotib qolgandim, yuk mashinasi uchib kelardi. Mana o'sha, o'lim, deya
o'ylaganimni bilaman, eng so'nggi lahzada birdan kimdir meni ushlagancha orqaga
itarvordi. O'shanda haqiqatda hayotim qil ustida turgandi. Yuk mashinasining bir uchi egnimdagi
paltoga tekkanini ham aniq his qildim.
Bir santimetr yaqinroqda bo'lganimda, hoynahoy, meni bosib ketardi. Hayotimni kim
asrab qolganini ko'rish uchun qayrilib qaradim - u yerda kich- kinagina keksa xitoylik
turardi!
Toni Braun qirq besh yoshda edi. U ancha tajribali, mustaqil suratkash bo'lib, uning
suratlari butun mamlakat bo'ylab gazeta va jurnallarda muntazam chop etilardi. Yigitcha
janob Braun bilan uning shahar markazidagi studiyasida suhbatlashardi.
. - Men bo'lib o'tgan voqeadan karaxt ahbolda yaqindagi o'rindiqqa o'tirdim, - davom
etardi so'- zida janob Braun. - Keksa xitoylik yonimga kelib o'tirdi va ahvolimni so'radi.
Ancha o'zimga kelganimni unga aytdim. "Sizning o'limingizga bir bahya qolgan edi",
dedi u. "Ha, buni bilaman. Rahmat sizga, dedim men. Hayotimni saqlab qoldingiz".
Ko'chaga chiqqanimda unga aqlim butunlay o'zga savollar bilan band bo'lganini aytib
berdim, uning birgina gapi meni jiddiy o'yga chulg'adi. Mening mamlakatimda shunday
deydilar: "Yashash kerak bo'lgan yagona joy - shu yerda; yashash kerak bo'lgan yagona
vaqt - hozir", dedi. Biz bor-yo'g'i bir necha daqiqa suhbatlash- dik, lekin ketishdan awal
u menga bir varaq qog'oz tutdi.
- Va unda o'nta ism va telefon raqamlaridan iborat ro'yxat bormidi? - gapga
qo'shildi yigitcha.
- Ha, - tabassum bilan tasdiqladi janob Braun. - Shunday qilib, Haqiqiy Baxt
sirlari haqida bilib oldim.
- Ular sizga yordam berdimi? - so'radi yigitcha.
- Ular meni o'z baxtimni yaratishga o'rgatdilar. Va ulardan biri menda o'ziga xos
taassurot qoldirdi,
chunki ehtimol ilgari hech qachon bu haqda... shu damdagi hayot kuchi to'g'risida o'ylab
ko'rma- gandim.
- Qanday qilib lahza qandaydir kuch yoki baxt sirini o'ziga sig'dirishi mumkin?
- Sir lahzaning o'zida emas, lahza ichida yashashdadir, - tushuntirdi janob Braun.
- Baxtni yillar, oylar haftalar va hatto kunlardan topib bo'lmaydi, u faqat lahzada
mavjud.
- Nimani nazarda tutyapsiz? - so'radi yigitcha. - Axir inson bir daqiqadan ortiqraq
baxtli bo'lolmaydi, demoqchimisiz?
- Albatta, yo'q. Siz faqat lahzama-lahza baxtli bo'lishingiz to'g'risida gapiryapman.
Mana bu tas- virlarga qarang, - dedi janob Braun. - Nima- larni ko'ryapsiz?
Yigitcha devordagi suratlarni ko'rib chiqdi. Har bir surat qandaydir sezgini tasvirlardi.
Bolasini allalayotgan yosh ona; to'p o'ynayotgan paytda kulayotgan ota va o'g'il;
quchoqlashayotgan ikki keksa odam; aerovokzaldagi olomon orasidagi ikki do'st; maktab
hovlisida o'ynayotgan bolalar guruhi.
- Bu suratlarda kuchli hissiyot va sezgilar ko'p. Juda yaxshi suratlar ekan, - dedi
yigitcha
Rahmat, - dedi janob Braun. - Men aynan hissiyotlarni ilg'ab olishga harakat qilaman.
Fotosuratlarning go'zalligi boshqa hech qachon takrorlanmas qandaydir lahza bo'lagi -
biz hissiyot] arimiz bilan his etayotgan lahzani saqlaydilar. Nima uchun odamlar
televizorlar, kompyuterlar, mashinalar, pullar, kiyim-kechaklar, qimmatbaho narsalarni
shunchalar qadrlashlari to'g'risida qachon bo'lsa ham o'ylab ko'rganmisiz?.. Axir bu
buyuinlarga qayta egalik qilish c.son. Lekin vat; : dunyoda yagona ortga qaytmas
bo'lsa-da, biz u;.
qadriyat deb hisoblamaymiz. Bu bizdagi eng qimmatli qadriyat bo'lsa ham, biz uni
behuda sovurishga moyilmiz. O'tgan zamon xotiralari va kelajakdan xavotirlanish bizni
bugundan judo etadi, bugun esa shu yerda hozir egalik qilayotgan bori- yo'g'imiz.
- Sizni tushunolmayapman shekilli, - dedi yigitcha.
- O'tgan umringizga boqib, baxtiyor dam- laringizni xotirlagan chog'da, - dedi
janob Braun, - kallangizga qanday fikrlar keladi?
- Hozir, o'ylab ko'ray... - dedi yigitcha ko'z- larini bir nuqtaga tikkancha xayolga
cho'mib. U besh yoshga to'lganida tug'ilgan kuni nishonlanganini xotirladi, unda otasi
hali hayot edi, keyin dengiz bo'yidagi oilaviy bayramlar, kollejni tugallashi...
- Bularning barchasini qanday xotirlaysiz? - so'radi janob Braun. - Yillar, oylar,
haftalar, kunlar... yoki lahzalar sifatidami?
- Bilmadim, - tan oldi yigitcha.
- Yaxshi, bo'lmasa ulardan biron-bir o'zga- charog'ini tanlang.
- Aytaylik, besh yoshga to'lgan kunim.
- Aynan qaysi paytda o'zingizni baxtiyor sezgansiz?
- Bayram boshlanishi oldidan. Onam meni bag'riga bosgancha: "Sen o'zimning eng
ajoyib o'g'limsan. Seni yaxshi ko'raman!" - deya shivirlaganini eslayman. Ba'zan
ko'zlarimni yumgancha onamning bu gaplarini go'yo qulog'imga shivirlayotganini hatto
eshitaman ham.
- Juda soz! - dedi janob Braun, o'z fikrini asoslab bera olishidan mamnun bo'lib. -
Hamma bolalar hozirgi lahzada yashaydilar. Agar o'sha lahzada deylik, maktabdagi
darslar to'g'risida o'ylagan bo'lganingizda nima ro'y berishini tasavvur qiling-chi?
Onangiz aytgan so'zlami eshit- may baxtiyorlik tuyg'usidan bahramandlikni boy
berardingiz. Onangiz ham, hech shubhasiz, sizning javobingizdan totgan baxtli onlardan
mahrum bo'lishi mumkin edi.
- Nimalar deyayotganingizni endi tushun- dim, - dedi yigitcha.
- Barcha xotiralarimiz lahzalardan iborat. Biz yillar, oylar va hatto kunlarni yodda
tutmaymiz - faqat lahzalarni. esga olamiz. Shu sababli faqat har bir lahzadan yaxshisini
olgan taqdirdagina maz- munli umrga erishishimiz mumkin. Basharti lahza o'ziga xos
mo'jizaviy hisoblansa, demak, hayot ham shunday o'ziga xos va mo'jizaviy bo'lib
boraveradi. Sir-asror shunday lahzalarni imkon boricha ko'proq yig'islidadir. Hech
qachon xuddi shunday lahza boshqa takrorlanmaydi, shu bois yaxshisi, qo'limizdan
kelgani - hozirgi lahzadan imkon qadar ko'proq olishdir. Bu haqda hech qachon
unutmang va garchi hozir kechirayotgan lahzadagi umringiz siz kutayotganday barcha
narsalarni o'z ichiga olmasa-da, bularning barchasi shu lahzada sizda bor narsalar.
Demak, bir donishmand aytganidek, nima uchun ko'ksimizga gulni qadab, baxtiyor
bo'lmas ekanmiz?
Yigit janob Kesterman har kuni tongda tirik uyg'ongani uchun minnatdor bo'lgan o'lim
to'- shagida yotgan bemor to'g'risida so'zlab bergan voqeani esladi. U hoynahoy lahzadagi
umr quv- vatidan boxabar bo'lgan bo'lsa kerak. Lahza orti- dan lahza, kun ortidan kun
o'tgan sari bemorligiga qaramasdan, u baxtiyor yashay bildi.
- Shunday bir naql bor, - so'zida davom etdi janob Braun. - Qadamba-qadam
yashasang - umr yaxshi". Har qanday ish mayda bo'laklarga ajratilsa, osonlashadi.
Basharti lahzada yashasangiz, afsus-nadomatga ham, behalovatlikka ham vaqtin- giz
qolmaydi - sizda faqat bevosita bajarayotgan ishingiz bo'ladi, xolos.
Lekin yigitcha awalgidek o'ychan edi.
- Lahzadan eng ko'p imkoniyatni qay tarzda olish mumkin? - so'radi u.
- Uni anglash orqali, - javob berdi janob Braun. - Dante aytgandi: "0'ylab ko'r,
axir bu kun endi .yana qayta takrorlanmaydi!".
Agar kimdir sizga olma berayotganini angla- masangiz, uni ololmaysiz. Bu taniqli
tennischining yirik musobaqalar arafasidagi turda ancha nimjon sportchi bilan
bellashayotgan chog'da, finalda kim bilan uchrashish nasib etishini o'ylashi oqibatida
ahmoqona xatoga yo'l qo'yishi va ochko yo'qotishiga o'xshaydi. U yutqazgan harakatini
o'ylagan sari, keyingisiga diqqatini jamlay olmaydi. Shu tariqa xato ketidan xatoga yo'l
qo'ya boshlaydi. Keyin o'zini behuda yo'qotilgan ochkolari uchun ayblaydi va xavotirga
tushadi: "Bu o'yinni boy berib qo'ysam, nima bo'ladi?" Hali ro'y bermagan voqeadan
xavotirlanish keyingi harakat jarayoniga diqqatni jamlash uchun xalaqit bergani
to'g'risida gapirishning ham ma'nisi yo'q, u yana navbatdagi ochkoni boy beradi. Hali
nima sodir bo'lganini anglay olmay turib, o'yinda yutqazgani ma'lum bo'ladi.
Xuddi ana shu hoi hayotimizda ham sodir bo'ladi. Biz o'tmish haqida qayta-qayta
o'ylaymiz, kelajak to'g'risida tashvishlanamiz va turgan gapki, hozirda bo'layotganlarga
yetarlicha e'tibor ajrat- maymiz. Bu esa bo'lib o'tganlarga achinish va hali sodir bo'lmagan
voqealardan tashvishlanish hissini keltirib chiqaradi. Agar inson kechayotgan lahzada
hayotdan bahra olmasa, u Umr o'yinida g'alaba qozonishga layoqatsizdir.
Yigitcha qoshlarini kerdi. Bu gaplar shunchalik ro'y-rost tuyulardi, lekin shunday
bo'lsa-da, bunday ma'nodagi vaqtning ahamiyati to'g'risida hech qachon tuzukroq o'ylab
ko'rmagandi.
- Basharti baxtli bo'lishni istasak, - davom etdi janob Braun, - "Shu yerda va
hozir" bo'lgan bor narsamizni qadrlashni o'rganishimiz zarur. Bugun qabul qilingan
qarorlar ertaga ro'yobga chiqadi. Muammolar vujudga kelishi maromida ularni yechish
va bartaraf etilgandan so'ng ulami unutishga o'rganishimiz darkor. Tomas Karleyl
yozganidek, "eng asosiy vazifamiz - yiroq masofada yashiringanlarga tikilavermay,
aniq ko'rinib turgani bilan ishni bitirishdir". Agar inson yiroqdagi kelajakka e'tiborini
jamlasa, u o'zini ma'yus sezadi va ruhiy tushkunlikka tushadi. Ko'pchilik hali ro'y
bermagan va ehtimol hech qachon bo'lishi ham mumkin bo'lmagan voqealar to'g'risida
tashvishlanishga vaqt sarflaydilar. Farang faylasufi Monten yozgan: "Umrimning
kattagina qismi hech qachon ro'yobga oshmagan dahshatli baxtsizliklar bilan
limmo-limdir". Aynan shu sababdan ham ko'pchilik behalovatlik va stresslar
girdobidadir - ularning "buguni"> kecha tashvishlantirgan ertasi namoyon bo'ladi!
Ulaming kechayotgan lahzasida o'tmishdan afsuslanish hamda kelajakdan
xavotirlanishga o'rin yo'q. Ortda qolgan va oldinda kutayotganlarga murojaat etishning
o'miga qarshimizdagiga e'tibomi jamlash zarur.
Mana shuning uchun ham lahzada yashash - faqat kechayotgan lahza bilan
hisoblashmoq - xavotir va qo'rquvni yengishning eng yaxshi usulini egallamoqni
anglatadi.
Bu falsafadan ko'pgina dinlar foydalanadi. Iso payg'ambardan inson qanday ibodat
qilishi zarurligini so'rashganda, u Xudoga ibodat qilayotib quyidagi so'zlarni aytgan:
"Rizq-ro'zimiz bo'lgan nonni bugungi kun uchun ber". Erta uchun emas, keyingi haftaga
yoki keyingi yil uchun emas - faqat bugunga. Odamlar shaxsiy kulfatlarni yengib
o'tishga yordamlashuvchi vositalardan biri ham ularning faqat bir kun tashvishi bilan
yashashida mujassam. Agar bunday falsafa qiyinchiliklarni yengib o'tishga ko'maklashar
ekan, ko'ngildagidek davrlarni o'tkazishda u naqadar yaxshiligini ta- sawur eting! Shu
bois donishmand inson uchun har bir kun yangi muqaddima bo'lib hisoblanadi, deyishadi.
Men mana bularni ko'chirib olgan- dim, - dedi u va yigitchaga devordagi yozuvni
ko'rsatdi, - va bu donishmandlik to'g'risida o'zim- ga eslatish, shu kechayotgan lahzada
yashayot- ganligimga ishonishim uchun har kuni buni takror o'qiyman. Bu so'zlar har bir
kundan kelib chiqib, butun umrimdan yaxshisini sug'urib olishimga yordam beradi. Unda
hind shoiri qalamiga mansub "Tongga salom" degan mansur she'r yozilgandi:
Ushbu kunga nazar sol! Axir bu umr, umming o'z umri. Uning qisqa oqimida
Mavjudlikning barcha haqiqatlari va borliklari unda yashiringan: Farog'atlikning
o'sishi, faoliyatning shuhrati, go'zallikning sozligi. Axir kecha - faqat tush, Erta esa -
bor-yo'g'i xayol, Lekin eng ajoyib umr bugun
LAHZA QUVVATI
Har qanday kechagini baxt tushiga aylantiradi
Va har bir ertangi kun - umid tasawuri. Bugungi kunga yaxshilab nazar tashla! Bu
tongga salomdir.
- O'zingiz sinab ko'ring, - dedi janob Braun. - Kun davomida fikrlaringizni awal
bajargan va kelgusidagi bajarmoqchi ishlarga emas, hozirgi faoliyatingizga jamlang.
- Nazarimda anglagandek bo'lyapman, - dedi yigitcha. - Lekin nahotki
kelajagimiz to'g'risida umuman qayg'urmasligimiz kerak?
- Kelgusida biz istagan kelajakni yaratishga faqat hozirgi lahzadagi hayotimiz
imkon beradi. Har bir lahza taqdirimizni belgilovchi tanlov ekanligini bildiradi. Fikr
harakatning negizi hisoblanadi, harakat esa odatni vujudga keltiradi, odatlar fe'l- atvorni
mujassamlantiradi, fe'l-atvor esa taqdirimizni shakllantiradi.
Har bir lahzada tanlaydigan fikrimiz, keyingi daqiqada qayerda bo'lishimizni
belgilaydi. Shu bois har qanday lahzadagi ahdlarimiz va harakatlarimiz kelajagimizni
yaratadi. Kishilar bilan gaplashganda ularning ko'pchiligi shu yerda va hozirgi kunda
boridan yaxshisini sug'urib olish o'rniga ko'pincha o'tmishda va kelajakda boshqa zamon
va makonda yashayotganlari juda tez oshkor bo'ladi. Men bilan aynan shu hoi sodir
bo'ldi, kechayotgan voqealarga hech qanday taalluqli bo'lmagan narsalar haqida
o'ylashim halok bo'lishimga bir bahya qoldirdi. Modomiki, hozirgi lahzada
yashamasangiz, yuk mashinasi tagiga tushmasangiz ham, yuzma-yuz kelishingiz mumkin
bo'lgan aziyatlar va imko- niyatlaming kattagina qismini yo'qotasiz.
- Nahotki odamlar kelajakda hech bir reja tuzmasliklari kerak deb hisoblasangiz?
- Yo'g'-e, nimalar deyapsiz? Har qanday harakatlarimizni rejalashtirish juda muhim.
Lekin siz biror nima bilan mashg'ulligingizda boshqa narsalarni rejalashtirish yaramaydi
va kelajakka rejalar tuzish chog'ida boshqa bir faoliyat bilan shug'ullanish shart emas.
Nima haqda o'ylashingiz, qanday harakatni bajarishingizdan qat'i nazar, bir lahzada bir
ishga fikringizni jamlang. Biror kishi bilan so'zlashayotgan chog'ingizda butun e'tioringizni
o'sha insonga qarating; ishlayotganingizda diqqatingizni bajarayotgan
yumushingizga qaratib, men yo'l qo'ygan xatolarimni takrorlamang.
- Qanday xatoni? - takror so'radi yigitcha.
- Ko'chani kesib o'tayotganda mashinalar harakatini kuzating! Kechayotgan
lahzadagi umr xavotir va ma'yuslik hislarini yumshatadi, mehnat sifatini oshiradi, o'zaro
munosabatlarni yaxshilaydi hamda umuman, butun umringizni boyitadi. Lahzadagi
umrning quwati ana shunday.
Running qolgan qismida yigitcha o'sha fursatda bajarayotgan ishiga diqqat-e'tibor
bilan qarashga urindi. Ba'zan tarqalib va chalg'ib ketayotgan fikrlarini to'xtatib qolish
qiyin kechsa-da, lekin bajarayotgan ishiga uni yana jamlashga to'la erishdi. Endi bu
hayotini rostdan ham ancha yengillatishiga uning zarracha shubhasi qolmagandi.
U stoldagi qog'ozlar uyumining hajmi borasida tashvishlanish o'rniga ular orasidan
birgina xatni chiqardi va kompaniyadagi uch yillik faoliyati inobaynida uning ilk bor
bajarilmagan ishi qolmadi. 'shxonadaqi hamkasblari bilan so'zlashayotgan chog'ida to'sa
e'tibor bilan qaragani bois ulardan biri: "Gaplarimni diqqat bilan tinglaganing uchun
senga rahmat. Menga juda yaxshi yordam berding" deganida hayron qoldi. Bu so'zlar
yigitning qalbida yaxshi iz qoldirdi.
Yigitcha kechqurun, ovqatlanganidan keyin o'tirib, bugun yozganlarini ko'rib chiqdi.
Asl Baxtiyorlikning uchinchi siri - lahzada yashash quvvati.
| Baxt yillar, oylar, haftalar va hattoki kunlar ichida yashiringan emas, lekin uni har
bir lahzada topish mumkin.
| Har bir lahzadan yaxshisini sug'urib olsakkina, umrimizni mazmunli qilishga erisha
olamiz.
| Xotiralar o'ziga xos fursatlardan iborat, unday lahzalarni imkon qadar ko'proq
yig'avering.
| Kechayotgan lahzadagi hayot afsus-nadomatni yo'qotadi, xavotirni yengib o'tadi va
stressni pasay- tiradi.Esingizda bo'lsin, har bir yangi kun yangi muqaddima, yangi umrdir.