Grafikani o'zgartirish.
[SE W810i]

Bu maqolada Real Football 3D o'yinini grafikasini SE W810i modelida o'zgartirish yozilgan.
Buning uchun menga 2 ta dastur kerak bo'ladi. O'yin bilan uchta bo'lar ekan :)
Ular:
Mini Commander
Pro Paint Mobile
Real Football 3D :)
Demak operatsiyani boshladik!
Mini Commander dasturiga kiraman va "Prochee" bo'limiga boraman. Chunki "Musiqani o'zgartirish" operatsiyasida men "Real Football 3D" o'yinini "Prochee" bo'limiga olib kirgandim. Bu bo'limning papkasiga esa e:/MSSEMC/Media files/other/ yo'li orqali boraman.
Mana bu papkada u xali ham bor ekan. Endi uni ichiga kiraman va *.png, *.bmp yoki *.jpg formatli grafik fayllarni izlayman.
Ha bu o'yinda "Kristiano Ronaldo"ni ham rasmi bor. Uni topib o'rniga o'zimni rasmimni qo'yaman. Uni topdim, endi uni shu joyni o'zidayoq o'chirib tashlayman (8 tugmasini bosib).
Tayyorlab qo'ygan o'zimni rasmimni... Ha, topdingiz huddi shu nomda shu yerga joylayman.
Agar e'tibor bergan bo'lsangiz Pro Paint Mobile dasturi haqida so'z ketmadi.
U dasturda o'zimni telefonim (W810i) da rasmga tushgan 128x160 o'lchamli rasmimni 30x40 o'lchamga o'zgartirdim.
Endi o'sha rasmimni "Kristiano Ronaldo" rasmiga o'zgartirib qo'ydim, uni esa hozir joylashtiryapman. Yaxshilab qarasam bu o'yinni ichida reklama rasmlar ham bor ekan. Men ularni hammasini "AsaNET" rasmiga o'zgartirib chiqdim. Siz ham reklama rasmlarni o'rniga o'zingizni logotip rasmlaringizni qo'yib chiqing!
Futbolchilarni rasmiga esa o'zingizni o'rtoqlaringizni rasmlarini o'lchamlarini qo'yib chiqing!
Hozir meni "Uz Real Football 3D" o'yinimda men "Kristiano Ranaldo"ni o'rnidaman. Boshqa futbolchilarni o'rniga esa kursdoshlarim va do'stlarimni rasmini qo'yib chiqdim.

Muallif: GiGaPro