Hammamizga ma'lumki har bir narsa qandaydir asoslardan tashkil topgan bo'ladi. Java-Arxivlar ham huddi shunday asoslardan tashkil topadi, ya'ni uch asosdan tashkil topadi. Ular: matn, grafika va tovushdan. Matn fayllar (jad, class, txt, lang, lng, ini va h.k) ni  ichida turli operatorlar, buyruqlar va ma'no so'zlar kiritilgan bo'ladi. Grafik fayllar (jpg, png, bmp) da o'yin yoki dastur uchun kerakli tasvirli fayllar saqlanadi. Tovush fayllar (mid, amr, wav, mp3) da esa ovoz effektlari saqlanadi. Hullas bu uchala asos Javada asosiy ro'lni o'ynaydi. Ular Javada barobar ishtirok etishi mumkin, ya'ni mobilimiz ekranida rasm chiqib turishi, ovozni ham aktivligi, shu bilan birga matnning ham borligi. Shunday ekan biz Javani bu uch asossiz tasavvur qila olmaymiz. Avval bu asoslarni holatini bilib olib, tushunib keyin Modifikatsiya bilan shug'ullangan ma'qulroqdir.

Muallif: GiGaPRO