Musiqani o'zgartirish.
[SE W810i]

Bu modelda Java Arxiv musiqasini o'zgartirish juda ham oson. Buning uchun bir qancha dasturlar kerak bo'ladi. Ular:
Mini Commander,
Mid Edit,
AMR Editor.
Mini Commander dasturi bizga ko'chirish, o'chirish va Java Arxivdan manbalarni chiqarishga hizmat qiladi. Java Arxivga manbalarni kiritish ham aynan shu dastur orqali amalga oshiriladi.
Mid Edit dasturi esa *.mid formatli musiqa fayllarini tahrir qilish uchun hizmat qiladi. Siz Java Arxivdan chiqargan *.mid formatli musiqalarni shu dasturda tahrir qila olasiz.
AMR Editor dasturi esa bizga *.amr formatli musiqalarni tahrir qilish uchun hzmat qiladi.
Endi tovushni o'zgartirish operatsiyasini boshlasak. Buning uchun siz musiqasini o'zgartirmoqchi bo'lgan Java Arxivni karta xotirasiga o'tkazib olishingiz kerak. Keling shu ishni o'zim, biror bir o'yinda amalga oshirib bersam. Masalan, Real Football 3D o'yinida shu ishni tekshiraman.
U o'yinni dastlab karta xotiraga o'tkizib olaman (Funksii->Peremestit na M.S.).
Endi Mini Commander dasturiga kiraman va ushbu e:/MSSEMC/System/ams/ yo'l bo'ylab Real Football 3D o'yinii joylashgan aktiv papkaga boraman. U yerda nimalar mavjudligi sizga ma'lum. Endi ularni ichidan Real Football 3D o'yinini topaman. Uni endi telefonimni "" bo'limiga nusxa olib () o'tkizaman.
Bu bo'limni manzili: e:/MSSEMC/Media files/other/
Endi Real Football 3D o'yinini ichiga kiraman va musiqalarni izlayman. Bu o'yinni ichida bir qancha *.mid va *.amr musiqalar mavjud. Meni ko'zim esa birinchi menu.mid degan musiqasiga tushdi. Uni hohlasam shu pastni o'zidayoq o'chirib yuboraman (8 tugmasini bosib) yoki Mid Edit dasturi orqali uni qayta tahrirlashim ham mumkin.
Men esa uni o'chirib yubordim. Uni o'rniga esa o'zimni eski Uz-Java uchun yaratgan "Uz-Java Tune.mid" musiqasini qo'ygim keldi.
Ha, buning uchun "Uz-Java Tune.mid" nomini "menu.mid" nomiga o'zgartirish va eski "menu.mid" musiqasi arxivlangan joyga qo'yish kerak. Shunday qildim. Ammo u yerda *.amr musiqalar ham bor. Ularni esa hohlagan *.amr fayllar bilan almashtirish mumkin yoki ularni Java Arxiv ichidan chiqarib olib (), AMR Editor dasturi orqali tahrir qilish ham mumkin. Men ularga hozircha tegmay qo'ya qolay. Endi Mini Commander dasturidan chiqsam ham bo'ladi. "" bo'limiga kirdim va uni "" qildim.
Ha aytgancha "" qilishdan oldin uni nomini arxiv ichidagi "META-INF" papkasidagi "MANIFEST.MF"dan o'zgartirishim kerak.
"Midlet Name:" qatoriga yozilgan "Real Football 3D SEfan.Ru" yozuvini o'chirib, o'rniga "Uz Real Football 3D" deb yozdim va uni "" qildim. Endi o'yinni nomi "Uz Real Football 3D" bo'ldi.
Demak shunday qilib bu operatsiya uddalandi. Endi uni rasmlarini o'zgartirishim kerak!
Men bu ishni qanday qilganimni keyingi maqola "Grafikani o'zgartirish [W810i]" maqolasida yozganman.

Muallif: GiGaPro