Demak, siz "Jurnal nomi" degan joydagi maqolalar safiga o'zingizni maqolangizni joylamoqchisiz (termoqchisiz). Buning uchun maqola yozing (txt formatida)! Masalan, sport haqida yozib uni "sport.txt" deb nomlang va dvijkadagi "txt" papkasiga kiriting. Endi "xml" papkasidagi "main.al" koren fayliga kiring! U yerda quyidagi yozuvlarni ko'rasiz:
"FAQ - /txt/FAQ.txt" va "Matn rangini o'zgartirish - /txt/text.txt". Siz shu yozuvlarni pastiga shunday yozing:
"Sport haqida - /txt/sport.txt".
Bu yerda "Sport haqida" so'zi maqolangiz mavzusi, u "Jurnal nomi" degan joyga kirganingizda chiqib turadigan "Sport haqida" mavzusidir. Unga kirsangiz "sport.txt" da yozgan maqolangiz chiqadi.
"/txt/sport.txt" yozuvi esa manbani manzili ko'rsatilgan yo'ldir.
Yodda tuting avval maqola mavzusi keyin probel (hadlab o'tish, joy tashlash), tire (chiziqcha)  keyin yana probel undan so'ng esa manba manzili ko'rsatilgan yo'lni yozasiz.
Bo'limlarni ham huddi shunday qilib yaratasiz, faqat formatini ".al" qilib sohalaysiz (belgilaysiz). Aytgancha bo'limni esa "txt" papkasiga emas, balki, "xml" papkasiga joylaysiz va bo'lim manzili ko'rsatilgan yo'lni "main.al" fayliga oddiy qilib yozasiz. Keling uni ham qanday qilinishini o'rganib olaylik ("Bo'lim yaratish" maqolasida yozilgan)! Bundan keyin men ushbu yozuvlar ("FAQ - /txt/FAQ.txt" va hokazolar) ni "teg" deb yozaman.

GiGaPRO