Bu divijokni ham foydalanish uchun maxsus teglari mavjud.
Masalan maqolangizdagi biror so'z yoki jumlaga  e'tiborni tortish  kerak, albatta, buning uchun o'sha so'z yoki jumlani boshqa rangda ifodalashingiz kerak. Masalan maqolangizdagi "Mini Commander" so'zini ajratib turuvchi, "skin.ini"dagi standart matn rangidan ajratib turuvchi (#XXXXXX) tegni olaylik.
Bu tegni .txt formatiga yoziladi.
Tegni qo'llash:
Biror so'zni rangini o'zgartirish uchun u so'zdan oldin teg kiritiladi va joy tashlab u so'z yoziladi.
"Eng foydali dastur '#white' Mini Commander '#def' ekan!"
Bu matnda "Mini Commander" so'zi oq bo'lib ko'rinadi, chunki, undan oldin teg (#white) yozilgan. Agar tegni "#red" qilib yozsak, unda u so'z qizil bo'lib ko'rinadi.
Shu bilan birga bu tegni "RGB" ko'rinishida ifodalasa ham bo'ladi. Buning uchun tegni "#ffffff" qilib yozish kerak.
"Eng yaxshi dastur '#ffffff' Mini Commander '#def' ekan! Shunday yozilsa ham "Mini Commander" so'zi bizga oq bo'lib ko'rinadi.
Ushbu jumla (Eng yaxshi dasturn '#white' Mini Commander '#def' ekan!) dagi '#def' tegi esa "skin.ini"da ko'satilgan matn rangiga qaytishni bildiradi. Agar bu teg "Mini Commander" so'zidan so'ng yozilmasa, '#white' tegi kiritilgan joydan boshlab to matn oxirigacha oq rangda ko'rinadi, shuning uchun '#def' tegini ajratish uchun kiritilgan tegning so'zidan keyin yozish kerak!

GiGaPRO