Mobile Basic
_____________________
Kompyuterdagi "Visual Basic" dasturini mobil ko'rinishi. Bu dastur bilan oddiy mobil telefonlarda o'yin va dasturlarni tuzish mumkin. Bu dastur Basic tilida dasturlash imkonini beradi. Bu esa nomidan ham ma'lum. Mobile Basic dasturida dasturlangan fayl autorun.* faylida saqlanadi. Asosan ikki format (.bas .lis) bilan belgilaydi (sohalaydi). Bu dasturda tuzilgan fayllarni ovora bo'lib kompyuterda test qilishni hojati yo'q. Chunki dasturni o'zi har bir bandni tekshirib o'tadi. Agar qaysidir bandda xatolik bo'lsa shu bandni dasturni o'zi topadi va sizga ma'lum qiladi. Hozirgi kunda dasturlash tillari ko'pligidan ularni qaysi birini o'rganishni ham bilmaysiz. Siz dasturlash olamiga hali qadam qo'ymagan bo'lsangiz dastlabki qadamni albatta Basic dasturlash tilini o'rganishdan boshlang! Chunki bu dasturlash tili boshqa dasturlash tillaridan ancha osonligi bilan ajralib turadi. Angliya va AQSH davlatlarida yosh dasturchilar va endigina dasturlash olamiga qadam qo'ygan insonlar o'z ishlarini ushbu ajoyib tilni o'rganishdan boshlashmoqda ekan. Nima ham derdik? Bizning yurtimiz rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shilayotgan bir paytda biz ham bu dasturlash tilini mukammal bilib olishimiz kerak! Qaysidir saytda o'qigan edim, ko'p o'yin va dasturlarni menyu tuzilishi aynan shu dasturlash tili orqali tuzilar ekan. Keyin menyuni asosiy dastur tili (Si) ga o'girilib, class fayliga biriktirilar ekan! Menimcha bu menyuni Java-Arxiv o'qilishi boshlanadigan Main.class fayliga biriktirishsa kerak. Bu haqida to'liq ma'lumotni o'rganib, jurnalimni boshqa sonlarida ma'lumot beraman. Menyushkalarni ushbu tilda yaratilinishiga sabab bu tilda grafikani chiroyli va oson tayyorlanishi bo'lsa kerak.