Informatik lug`at
_____________________
Informatika -  lotincha "informatsiya" (informatio) so'zidan olingan bo'lib, "xabar", "darak" ma'nolarni anglatadiInformatika fanining vazifasi:
1. Axborotlarni qabul qilish.
2.  Axborotlarni jamlash.
3. Axborotlarni qayta ishlash.
4. Axborotlarni uzatish.
Informatika fanini texnik jihozi bu kompyuterlardir.
Kompyuter so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib. o'zbekchada "hisoblovchi" degan ma'noni anglatadi.

Kompyuterning asosiy qurilmalari:
1) Tizim, bloker
2) Monitor
3) Klaviatura
4) Sichqoncha

Sistemali blok.
Sistemali blokda Markaziy Protsessor, Operativ va Tezkor xotira, qattiq disk va disketalar, shuningdek, lazerli kompakt disk (Compact Disc) lar uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi. Ko'p hollarda uni "Protsessor" deb ataymiz. Aslida bu noto'g'ri! Uni Sistemali (Tizimli) blok deb atash maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Markaziy Protsessor.
Markaziy Protsessor kompyuterning eng asosiy qismini tashkil etadi.
Dastur yordamida berilgan  ma'lumotlarni o'zgartiratiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o'zaro aloqasini o'rnatadigan qurilma "Protsessor" deb ataladi.
Arifmetika va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko'rsatmalarni berilgan ketma-ketlikda bajarilishi va boshqa amallar Protsessor zimmasidadir.

Operativ xotira.
Operativ xotira o'zida kompyuterda ishlatilinayotgan dasturlar va ma'lumotlarni saqlaydi.