Emulyatorni ishga tushirish
_____________________
Uni biror bir saytdan telefoningizga yuklaysiz. Uni ichida bitta o'yin saqlangan yoki umuman o'yin yo'q bo'lishi mumkin. So'ng "O proge"ni o'qiysiz va mazkur dastur o'qiy oladigan 8 va 16 bitli o'yinlarni formatini eslab qolasiz va o'sha formatdagi o'yinlar jamlanmasini internetda izlaysiz. Topsangiz uni yuklab telefon yoki karta fayl tizimini tayinli joyiga saqlab qolasiz.
Endi emulyator dasturga kirib saqlab qo'ygan o'yiningiz oldiga borasiz va kerakli o'yinga kursorni olib o'tib, "Zapusk" qilasiz.
Endi men ham bir emulyatordan maza qilib o'yin o'ynaychi degan paytingizda bir kichik muammo tug'iladi. "Iya, hah hech nima ishlamayaptiku soft tugmalardan tashqari. Mana umuman raqam tugmalar ishlamayapti!"
Shunday bo'lishi tayin edi. Chunki boshqaruv sizning apparatingizga moslab sozlanmagan bo'ladi. Siz uni Menyu -> Nastroyki -> Dvijeniya qilib sozlab olishingiz mumkin. Endi maza qilib "Dendi" va "Sega" o'yinlarini o'ynayvering! 