Arkadiy Voloj: Yandeks
kompaniyasining
asoschilaridan biri 
______________________________
Runetdagi eng yirik
qidiruv tizimi "Yandeks
"ning hammuassisi va bosh
direktori
Arkadiy
Yurevich Voloj
Qozog'iston SSRning
Gurev (hozirgi Otirou)
shahrida 1964 yilning 11
fevralida dunyoga keldi.
1981 yilda u Olma-Ota
shahridagi respublika
fizika-matematika
maktabini bitirdi. O'qish
paytida u "Yandeks"ning
hozirgi hammuassisi va
texnik direktori Ilya
Segalovich bilan bir
partada o'tirgan. Maktabni
tugatishgandan so'ng
do'stlar MDU ga kirishga
harkat qilib ko'rishdi,
ammo omadlari kelmadi.
Shundan so'ng bir
muncha vaqt ularning
yo'llari ayri tushdi. Arkadiy
Voloj Gubkin nomidagi
Moskva neft va gaz
institutiga o'qishga kirdi va
uni 1986 yilda
muvaffaqiyatli bitirdi.
1988 yili, "Kooperatsiya
to'g'risida Qonun" qabul
qilingandan so'ng tezda
orada Voloj kompyuterlar
sotish bilan
shug'ullanadigan
kooperativ direktori
bo'ladi. 1989 yili esa u
olingan bilim va tajribasi
bilan qurollanib, CompTek
kompaniyasini asos
solishga qatnashadi.
Ammo Arkadiyni
axborotni ishlash
muammosi avvalgidek
qiziqtirar edi. O'sha yili u
Fanlar Akademiyasining
kompyuter lingvistikasi
bo'yicha mutaxassisi
Arkadiy Borkovskiy bilan
"Arkadiya" kompaniyasini
ochadi. 1990 yilda
kompaniyaga Arkadiyning
maktabdosh do'sti Ilya
Segalovich ishlashga
keladi.
Bozor islohotlaridan so'ng
"Arkadiya" tomonidan
taqdim etilayotgan
mahsulotlarga talab
kamaydi, Borkovskiy esa
Amerikaga jo'nab ketdi.
O'sha paytga kelib qidiruv
texnologiyasini ishlab
chiqishda dasturchilar
ma'lum muvaffaqiyatlarga erisha boshlashdi va Voloj
"Arkadiya" ni tashlab
qo'yishni istamadi, balki
uni CompTek
kompaniyasining
tuzilmaviy bo'linmasiga
aylantirdi.
1993 yili CompTek
sarhadlarida "Yandeks"
deb atalgan qidirish
ilovasining birinchi ishchi
versiyasi paydo bo'ladi.
1995 yili kompaniya
kompyuterlari internetga
ulanadi va IT-bozorning
aynan shu segmenti uchun
texnologiyalar ishlab
chiqish Volojga mutlaqo
istiqbolli bo'lib ko'rinadi.
1996 yili Voloj va uning
jamoasi kuch-g'ayrati bilan
Softool ko'rgazmasida
Yandex.Ru portalida
joylashgan "Yandeks"
qidiruv tizimi taqdim
etiladi. O'sha yilning o'zida
qidiruvchi Internetning
butun ruscha segmentini
qamrab oldi. Keyinchalik
Arkadiy Voloj eslaganidek,
o'sha paytda uning butun
hajmi 4 gigabaytdan
salgina oshar edi.
1998 yili Arkadiy Voloj
RANS (Rossiya hujjatli
elektr aloqasi uyushmasi)
foydalanishning simsiz
tarmoqlari qo'mitasiga
rahbarlik qildi, tarmoqdan
simsiz foydalanishni
taqdim etadigan
operatorlar uchun
chastotalarni
muvofiqlashtirish
jarayonida faol ishtirok
etdi. 1999 yili Voloj
Rossiyada IP-telefoniyani
legallashtirishda faol
ko'maklashdi.
2000 yilga qadar
"Yandeks" CompTek
qanoti ostida rivojlandi,
shu yilning o'zida esa
alohida kompaniya bo'lib
shakllandi. O'sha yili
qidiruv tizimining rahbari
sarmoyadorlar topib,
kompaniyaning bir qismini
sotadi, ammo bunda
kompaniya ustidan to'la
nazoratni saqlab qoladi.
Bugungi kunda Arkadiy
Voloj Rossiyaning Infinet
Wireless kompaniyasi
direktorlar kengashi a'zosi
va hamkorlikdagi egasi.
Bundan tashqari u
oldingidek Runetning eng
ommaviy va yirik zahirasiga
rahbarlik qiladi.