Axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalari
rivojlanmoqda
______________________________
Toshkentda mahalliy
dasturiy mahsulotlar
bozorini rivojlantirish va
sohaga oid qonunchilikni
takomillashtirishning
dolzarb masalalariga
bag ishlangan davra
suhbati bo lib o tdi. Tadbir
Oliy Majlis Qonunchilik
palatasining Axborot va
kommunikatsiya
texnologiyalari masalalari
qo
 mitasi hamda
O zbekiston aloqa va
axborotlashtirish agentligi
hamkorligida tashkil etildi.
Unda vazirlik va idoralar
xodimlari, axborot sohasi,
fuqarolik jamiyati
institutlari mutaxassislari,
deputatlar ishtirok etdi.
Tadbirda ta
 kidlanganidek,
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bozori,
jumladan, softver
sanoatini izchil
rivojlantirish milliy dasturiy
mahsulotlar sifatini
oshirishda muhim o rin
tutadi, raqobatda
afzalliklarga ega bo
 lish va
import o rnini bosuvchi
mahsulotlar ishlab
chiqarish siyosatini amalga
oshirishda mustahkam
asos bo
 lib xizmat qiladi.
Ushbu jarayonda
davlatning texnologiyalar
sohasi qonunchilik
bazasini takomillashtirish
va ularni hayotga tatbiq
etishda amaliy chora-
tadbirlar ko rish kafolatini
o z zimmasiga olishi katta
ahamiyatga ega.
Davra suhbatida
mamlakatimizda
Prezidentimiz Islom
Karimov rahnamoligida
axborotlashtirish va
softver sanoati sohasini
rivojlantirish uchun qulay
sharoit yaratilgani
ta
 kidlandi. Bu borada
Prezidentimizning qator
qarorlari hamda o
 ndan
ortiq qonun hujjatlari
qabul qilindi.
 
Axborotlashtirish
to g risida ,
 Telekommunikatsiyalar
to g risida ,  Elektron
hisoblash mashinalari
uchun yaratilgan dasturlar
va ma
 lumotlar
bazalarining huquqiy
himoyasi to
 g risida ,
 Elektron hujjat aylanishi
to g risida gi qonunlar
shular jumlasidandir.
Ta kidlash kerakki, dasturiy
ta minot ishlab
chiqaruvchilar davlat
tomonidan har
tomonlama qo
 llab-
quvvatlanmoqda. Xususan,
bir necha yil mobaynida
kompyuter va axborot
texnologiyalari bo
 yicha
o qitadigan, dasturiy
mahsulotlarni sotish bilan
shug
 ullanadigan
kompaniyalar qo shimcha
qiymat solig idan ozod
etildi. So nggi besh yil
mobaynida dasturiy
mahsulotlar ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan
korxonalar uchun yagona
soliq to
 lovi sezilarli
darajada kamaytirildi.
  2005 yilda yuzga yaqin
mahalliy kompaniyalar
dasturiy mahsulotlar
ishlab chiqarish bilan
shug
 ullangan bo lsa, joriy
yilning boshida bu
ko
 rsatkich 241 taga
yetgani sohada ko rilgan
chora-tadbirlar yaxshi
samara berganidan
dalolatdir,
  deydi
O zbekiston aloqa va
axborotlashtirish
agentligining dasturiy
mahsulotlar ishlab
chiqarish bozorini
rivojlantirish bo
 limi
boshlig i Zafar
Rahmatullayev.   Hozirgi
kunda agentligimiz
tomonidan ushbu
mahsulotlarni ixtiyoriy
ravishda sertifikatlash
tizimini joriy etish ishlari
olib borilmoqda. Bu
mahsulotlar sifatini
aniqlash va
buyurtmachilar ishonchini
oshirish imkonini beradi.
Tadbir qatnashchilari
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari salohiyatini
oshirish uchun dasturiy
ta
 minot sanoatini
rivojlantirishni qo llab-
quvvatlash, sohaga xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish
orqali qulay muhit
yaratish maqsadga
muvofiqligini ta
 kidladilar.
Shuningdek, dasturiy
mahsulotlar ishlab chiqish,
ularni tarqatish va
amaliyotga joriy etish,
qulay iqtisodiy muhitni
shakllantirishga doir
qonunchilikni
takomillashtirishga
qaratilgan qator chora-
tadbirlar belgilandi.