Bill Geyts: Microsoft
kompaniyasining
asoschisi
______________________________
Microsoft kompaniyasining
asochisi va dunyodagi eng
boy odam
Uilyam Genri
Geyts III 1955 yilning 28
oktyabrida, advokat
Uilyama Genri Geyts II
(William Henry Gates II) va
maktab o'qituvchisi Meri
Geyts (Mary Gates)
oilasida dunyoga keldi.
Boshlang'ich maktabni
tugatgandan so'ng, Bill
Geyts tahsilni davom
ettirish uchun Leyksayd
(Lakeside School) xususiy
maktabiga o'tkazildi. Bu
yerda u o'qishda o'z
qobiliyatini ko'rsatadi va
kompyuter va dasturlarga
o'ta qiziqishni namoyon
qiladi. Geyts 13 yoshida
birinchi marta dasturlash
bilan shug'ullana
boshlaydi.
BASIC dasturlash tilini Bill
Geyts mustaqil ravishda -
o'quv qo'llanmasi orqali
o'rganadi. Billning
qiziqishlarini uning eng
yaqin do'sti Pol Allen
(Paul Allen) to'la qo'llab-
quvvatlaydi.
To'qqizinchi sinfda u
matematik test natijalariga
ko'ra mamlkatning eng
yaxshi o'quvchilaridan biri
bo'ladi. Bir yildan so'ng
esa Bill Geyts komyuter
ko'nikmalaridan dars
berib, o'zining kompyuter
va dasturlash bo'yicha
keng bilimlarini baham
ko'ra boshlaydi. O'zining 4
200 dollar hajmidagi
birinchi ish haqini Bill
maktabda mashg'ulotlar
jadvalini tuzish bo'yicha
yaratilgan dastur uchun
oladi.
1973 yili Bill Geyts o'qishni
davom ettirish uchun
Garvardga topshiradi.
O'qish bilan bir qatorda u
Allen bilan birgalikda
kompyuter dasturlash
tilini o'rganadi va birinchi
PKlar uchun BASIC tili
versiyalarini yaratish bilan
shug'ullanadi. Darvoqe,
aynan Garvardda Bill
Microsoft bosh direktori
lavozimida o'zining o'rnini
bosgan Stiven Balmer
bilan tanishadi.
1975 yilning 4 aprel kuni
Albukerkda (Nyu-Meksiko
shtat) do'stlar tomondan
Micro-Soft kompaniyasiga
asos solindi, keyinchalik
uchun o'z nomini
Microsoft ga almashtiradi.
1975 yil Geyts ishga o'zini
to'liq baxsh etish uchun
Garvarddagi
mashg'ulotlarini to'xtatadi
va kompaniyaning ijrochi
direktori lavozimini
egallaydi. 1986 yili Uilyam
Genri Geyts milliarderga,
Microsoft kompaniyasi esa
- ochiq turdagi
aktstyadorlik jamiyatiga
aylanadi.
1998 yili Geyts
korporatsiya prezidentligi
lavozimini  Garvarddagi
do'sti Stiv Balmerga (Steve
Ballmer) topshiradi.
Balmer kompaniyaga 1980
yil foydaning ma'lum
ulushini olib, hamkor
sifatida kelgan edi.
2000 yilda Geyts
kompaniya boshqaruvini
to'la-to'kis Balmerga
topshiradi va direktorlar
kengashining raisi bo'lib
qolib, o'zidan barcha
vakolatlarni soqit qiladi.
2005 yil martida Bill Geyts
Britaniya imperiyasining
ritsari unvoniga sazovor
bo'ldi, Time jurnali esa er-
xoting Geytslarni yil
kishilari deb atadi. 2006
yilda Geyts sayyoraning
eng boy kishisi bo'ladi,
2007 yilda esa Garvard
universiteti faxriy darajasini
oladi. 2008 yil iyun oyida
Bill Geyts direktorlar
kengashi raisi lavozimini
tark etadi va o'zini to'la-
to'kis xayriya ishlari va
sevimli mashg'uloti -
dasturlashga bag'ishlashga
qaror qiladi.
Milliarder shuningdek
Berkshire Hathaway Inc.
Kompaniyasi direktorlar
kengashi tarkibiga ham
kiradi, Darwin Molecular
kompaniyasi aktsiyalari
paketiga ega, shuningdek
Icos Corporation
boshqaruvi hay'ati a'zosi.
Bill Geyts uchta bolani
tarbiyalamoqda: Jennifer Ketrin, Rori Jon va Fibi
Adel. Xotinidan farqli
ravishda Geyts dindor
emas, va bu ba'zida er-
xotinlar o'rtasida, ayniqsa
tarbiya borasida, qarama-
qarshiliklarni keltirib
chiqaradi.
Dunyodagi eng boy odam
ikkita ajoyib "Oldinga
yo'l" (1995) va "Fikr
tezligidagi biznes" (1999)
kitoblarining muallifi
hamdir. Ikkala kitob ham
bestsellerga aylanishgan,
ularni sotishdan laromad
esa texnologiya va ta'lim
taraqqiyoti bilan
shug'ullanadigan
tashkilotlarga
yo'naltirilgan.