Biz.Uz da reg qilish va sayt ochish
_____________________
Biz.uz hostingidan registratsiya qilish unchalik qiyin emas va mutloq bepul. Avvalo http://biz.uz ga kirasiz. Agar sayt inglizcha ochilsa va siz buni tushunmasangiz saytning yuqori qismidan saytni ruschaga o'tkazib so'ng "Registratsiya" degan joyga kirasiz...
Endi ajratilgan joylarni so'rovlarga qarab to'ldirib chiqasiz. m-n:
E-mail: emailingiz va hokazo. Agar ruscha yoki inglizchani ozgina bo'lsayam bilsayiz qiyin bo'lmaydi. Faqat to'ldirilishi kerak bo'lgan bir narsa bor. Buni "Zip Code" deb yozib qo'yilgan, bu yerga aslida yashab turgan joyingizni pochta indeksi yoziladi. Ammo siz 5-7 ta ixtiyoriy har xil raqam yozsangiz ham bo'laveradi. 
Masalan: 568455
Keyin eng so'ngi rasmdagi kodni yozish kerak va uning pastidagi O'zbekchasiga "Hamma 
qoidalarga roziman" degan yozuvni ham belgilab registratsiyani bosamiz. Agar rasmdagi kod noto'g'ri terilgan desa, tezroq to'ldirishga harakat qiling
_____________________
Biz.uz haqida qisqacha: Bu hosting bepul hostinglar ichida eng ko'p domen taklif qiluvchi hisoblanadi. Bu hosting jami 1505 ta subdomain (pod-domen) ga ega. Jumladan shop.fm , biz.uz va boshqalar. Bu hostingdan reg qilish bilan undan sayt ochish boshqa boshqa narsadir. Siz hostingdan ma'lum bir email orqali reg qilasiz va o'sha pochtangizga hosting avtomatik parol jo'natadi. Keyin siz biz.uz ga kirib "Voyti" (ruschaga o'tkazib olib) ga kirib o'sha email ni va unga borgan parolni yozib hostingdagi panelingizga kirasiz. Keyin u yerdan parolni va o'zingiz haqingizdagi  ma'lumotlarni o'zgartirishingiz mumkin. Shuningdek bu yerdan "No'viy proekt" ga kirib 100 tagacha proekt yaratishingiz mumkin. Proekt bu sayt degani. O'sha "Noviy proekt"ga kirganingizdan keyin 2 xil proektdan birini tanlashingiz kerak. Siz pastida 2-da turgan "Sozdat Webspace" ga kirasiz va yaratmoqchi bo'lgan saytingiz haqida ma'lumotlarni kirgizasiz. O'sha yerda saytingizni usullarini tanlash ham kerak bo'ladi. U yerda sizga "Auto" "Internet" va boshqa yo'nalishlar taqdim etiladi. Siz esa hohlagan 3 tasini tanlab jo'natasiz. Keyin yaratmoqchi bo'lgan saytingizni nomini va domeningizni tanlash oynasi chiqadi. M-N:
bilim.biz.uz .
Endi proekt-saytni ochganingizdan keyin. "Moy Proekti" ga kirib, o'sha proekt ustiga bosasiz. U yerda proektingizga berilgan Ftp dostup yozilgan bo'ladi. M-n:
server: www00.subdomain.com
login: user400400
parol: parolingiz
_____________________
Endi bu ma'lumotlar bilan online ftplar orqali ishlashingiz mumkin.