Blutus (Bluetooth) haqida
______________________
Blutus (Bluetooth) mobil
qurilmalarni bir-biriga simsiz
ulash vositasi. Bu texnologiya
10-100 m. masofadan radio
to`lqinlari yordamida ma`lumot
almashish imkoniyatini yaratadi. Bluetooth inglizchadan ko`k
tish ma`nosini anglatib, qadimgi
Daniya qiroli Harold I ko`k
tish laqabi nomiga qo`yilgan.
Texnologiyaga blutus nomining
berilishi bejiz emas. Aslida u qadimgi tarix bilan bog`liq. 900-
yillarda Daniyada Harold I
Gormsson podsholik qilgan. U
qorachadan kelgan, juda
baquvvat, kelishgan, iymonli
(Daniyadagi butparast xalqqa xristianlikni joriy qilgan) podsho
bo`lgan. Qabiladoshlari o`z
tillarida uni Blatand 
qorachagina deb chaqirishgan.
Harold I o`zining afsonaviy
yurishlari, skandinav xalqlarini birlashtirishi bilan jahon tarixiga
kirgan. Ingliz tarixchilari
skandinav qirolining nomini
Bluetooth (ingl. blue - ko`k,
tooth - tish) deb qadimgi
yozuvlarda qayd qilishgan. Shunday qilib, qorachagina
ko`k tishga aylanib qolgan.
1994 yilda shvedlar kompaniyasi
Ericsson skandinav
xalqlarining o`tmishini eslagan
holda, afsonaviy qirol Harold I Blutus nomini tiklash maqsadida
yangi ixtiro qilinayotgan
loyihaga Bluetooth nomini
bergan.
1998 yilda Ericsson, Nokia,
IBM, Toshiba va Intel kompaniyalari birlashib, mobil
qurilmalarni simsiz bog`lash
texnologiyasini yaratishga qaror
qilishadi, 1999 yilda esa
Bluetooth 1.0 texnologiyasi
ro`yobga chiqadi. Hozirda qo`l telefonidan boshqa
apparatlarga ma`lumot yuborish
muammo emas. Quloqqa taqib
yuradigan qo`ng`iz-eshitgich,
simsiz sichqonchalar, maishiy
jihozlarni boshqarish blutus qurilmalari yordamida insonlar
faoliyatini yanada qulaylashtirib
boryapti. Masalan, mobil
qurilmalari yordamida aqlli
uylarning darvozasini ochib-
yopish, konditsioner, kir yuvish mashinalarini boshqarish.
Harold Blutus Skandinaviyani
birlashtirgandek, Bluetooth
texnologiyasi dunyoning 4 000
yaqin kompaniyalarini
birlashtirib, umumjahon tarakkiyotiga katta xissa qo`shib
kelmoqda.
