Nokialarning ekran yorug'ligi (podsvetka) ni o'zgartirish!
_____________________
Bu mavzuda Nokialarning podsvetkasini nastroyka qilishni o'rganamiz. Buning uchun bizga Feniks (Phoenix) dasturi kerak bo'ladi. Demak, telimizni kompga USB kabel orqali ulaymiz va Feniksga kiramiz. File menyusidan Open Product ga kiramiz hamda o'zimizning RM imizni tanlaymiz. Keyin Testing bo'limiga o'tamiz va Display Testing ga kiramiz. So'ng Light oynachasiga o'tamiz va bizda quyidagi yozuvlar paydo bo'ladi:
0 --------------- 100 Display
0 --------------- 100 Keyboard
O'zimizga keraklicha (maslahatim, 50 ni tanlang. Chunki, undan past qilsangiz, quyoshda ekranni ko'ra olmaysiz) podsvetkani tanlaymiz va Write (Primenit) tugmasini bosamiz
Diqqat!!! Bu faqat s40 v3, v5, v6 larida ishlaydi. Qolgan s40 lar uchun bu usul begona!

Ba'zilarda podsvetkani o'zgartirishni nima keragi bor, degan savol tug'ilishi mumkin. Bunga javob shuki, ko'pchilik inetga telidan kiradi. Yoki telida o'yin o'ynaydi. Bu holatlarda telning yorug'ligi ko'zni og'ritib qo'yadi. Maqsad, podsvetkani pasaytirib, ko'zni toliqishdan biroz bo'lsada asrash!