Facebook ijtimoiy tarmog'i
_____________________
Facebook dunyoda eng kuchli va katta auditoriyaga ega tarmoq, xozirda foydalanuvchilari soni MILLIARD ga yaqinlashib qolgan, aniqrog'i 800milliondan oshgan, 2004-yil 4-fevralda ish boshlagan, avvaliga sayt faqat HARWARD collegining talabalari uchun xizmat qilgan, keyin tezda kuchayib ketgan, mana xozirgi kunda eng kuchli va keng tarqalgan tarmoq darajasiga yetdi. Facebook asoschisi Mark Zuckerberg esa xozirda milliarder! 20milliard $ dan oshgan uning puli. Faceebook tarmog'i yiliga milliard 4 foyda topmoqda, uning aksiyalari 2012-yilda aksiya bozoriga chiqadi va uning narxi 100milliard4 ga yaqin baholanishi kutilmoqda... 

So'ngi yangiliklar
-> Facebook Shvetsiyada data-markaz quradi
Facebook o`zining AQSh hududidan tashqarida joylashgan birinchi ma'lumotlar markazi (data-sentr)ni Shvetsiyaning Lulea shaharchasida qurmoqchi. Bu shaharcha shimoliy qutbda joylashgan. Ma'lumotlar markazida 11ta futbol maydoniga teng keladigan hududda uchta server zali joylashtiriladi. Mazkur markaz to`la kuch bilan ishlab turishi uchun 50 000 kishilik shaharcha sarflaydigan elektr energiyasidan foydalaniladi.

Bunday yirik ma'lumotlar markazini aynan Shvetsiyada qurishdan maqsad serverlarni sovutuvchi tizimlardan foydalanishga hojat yo`qligi. Lulea shaharchasida ob-havoning o`rtacha ko`rsatkichi +2 darajani tashkil etadi.