FreeLance yoki qobiliyatga yarasha baxo
______________________________
 Internet olamida ko'pchilik pul ishlash niyyatida ba'zilar esa qandaydir ma'lumotga ega bo'lish uchun kiradilar. To'g'ri internetga faqat bu uchun emas balki sayt ochish uchun ham odamlar kiradi degan fikr bor. Lekin bularni hammasi baribir pulga taqaladi. Misol uchun sizning tekin xosting/konstruktorda saytingiz bor. Endi esa siz saytingizni stabil va tezligi yaxshi xostingga o'tkazmoqchisiz. Buning uchun esa sizga moddiy kuch kerak bo'ladi. Ana undan keyin aylanib kelib pul ishlash degan maqolalarni o'qishni boshlaysiz va xosting xarajatini qoplash uchun mehnat qilishni boshlaysiz.
 Umuman olganda xuddi xayotdagidek internetda xam 2 xil pul topish yo'li bor.

 1) Yolg'on va qing'ir yo'l orqali

 2) Xalol mehnat qilib.

 Endi bular haqida aniqroq: Oldingi mavzuda aytib o'tdikki saytni pr uni bahosini hal etadi. Pr ni esa nakrutka(hisoblagichlarni aylantirish) orqali ham kp'tarsa bo'ladi lekin tez topilgan narsa baribir tez yo'qotiladi. Bir xil shaxslar xar - xil top reyting oq kataloglarda sayti birinchi 3 o'rindan birida turishi uchun 80 xil nakrutka dasturlarini ishlatishadi. Bu boshida doim oson tuyiladi chunki bular oson pullar lekin xarom ekanligini tushunishganida kech bo'ladi. Yana bir turdagi shaxslar traffik sotish orqali pul olishadi. Lekin traffikni nakrutka orqali sotishadi. Ya'ni do'stiga yoki bo'lmasa 10 xil Opera Mini yana 5 xil anonim proksi servizlari orqali usha traffik sotuvchi ssilkaga bosib chiqadilar.
 2 - yo'li esa rivojlanishi uzoq muddat bo'lsaham lekin xalol va betondek mustahkam kelajak orqali bo'ladi. Ular o'z kuchlari bilan pr ni ko'tarib yetarlicha foydalanuvchiga ega bo'lishadi. 

 Ana endi mavzu maqsadi: Boshlovchi masterlar doimo oson pul topish uchun nakrutka va qolgan noqonuniy servizlardan foydalanishadi. Lekin uni baribir bir kuni 10 baravar bo'lib surib ketishini bilishmaydi. Bugungu mavzuda sizlarga Freelance haqida tushuncha beraman
 Freelance - uydan chiqmasdan pul topishning bir yo'li ya'ni internet biznes desa ham bo'ladi. Bu sistemada siz o'zingizni qobiliyatingizga qarab ish topasiz va ishingizga yarasha xaq olasiz. Masalan siz maqolalarni hech qanday xatosiz va ma'noli qilib yoza olasiz. Siz freelance sistemasi saytlaridan biriga kirib u yerdagi maqola yozish xizmatlariga kirib klientlar ro'yhatidan birini tanlab o'z xizmatingizni taklif qilishingiz mumkin. Agar ularga siznin qilgan ishingiz ma'qul kelsa ular keyingi gal yana sizga murojaat qilishadi. Freelance da muhimi vijdonan ishlash o'z kelajagingizni o'zingiz qurasiz. Kimdir saytlar uchun stil qila oladi, kimdir skript yozishni biladi, kidmir tengsiz so'z san'ati orqali forumlarni rivojlantira oladi. Xullas o'zingizni qaysi ishda yaxshi xis qilsangiz shu yo'nalish bo'yicha ishlab boshlang'ich kapitalga ega bo'lishingiz mumkin.