FTP haqida
_____________________
FTP (ing: File Transfer Protocol) nomli xizmat, tarmoqda bitta kompyuterdan ikkinchisiga fayllarni uzatish uchun qo`llaniladi. Uzatiladigan fayllar formati ixtiyoriy bo`lishi mumkin. Tarmoqdan kerakli fayllarni olish uchun masofadagi FTP serverga ulanish zarur. Serverga kirish ikki xil bo`ladi: nom va maxfiy so`z yordamida yoki nomsiz (anonymous). Agar sizga foydalanuvchining nomi va maxfiy so`zi ma`lum bo`lmasa, unda nomsiz ulananish mumkin, lekin bu holda, server xizmatlaridan to`la foydalana olmasligingiz ehtimoli mavjud.
FTP xizmati bilan foydalanishni xodimlarsiz kutubxonaga o`xshatish mumkin, chunki serverdagi fayllarni ko`rish huddi kutubxonaning tokchadalardagi kitoblardan keraklisini qidirishga o`xshaydi: kerakligisini topish uchun navbatma-navbat, bittadan ko`rib chiqish kerak.