Gmail qo`ng`iroq
______________________________
GMAIL STATSIONAR VA
MOBIL TELEFONLARGA
QO
 NGIROQ QILISHNI
O RGANDI 
Gmail da telefon
raqamlarini terish
paneli (Google tasviri).
Google kompaniyasi
internet-telefoniya
funktsionalini amalga
oshirgan holda
Gmail
pochta xizmatining
imkoniyatlarini
kengaytirdi. Shu o'rinda
bir narsani qayd etish joiz,
bundan oldin Gmail
foydalanuvchilari brauzer
darchasini tark etmasdan
ovozli yoki videochat
orqali o'zaro muloqot qila
olmas edilar. Aloqa faqat
ikkala abonent ham
personal
kompyuterlaridan
foydalanganda va o'z
Gmail-akkauntlarida
bo'lishganidagina ishlardi.
Endi esa pochta servisi
nafaqat boshqa shaxsiy
kompyuterlarga, balki
statsionar va mobil
telefonlarga ham
qo'ng'iroq qilishni
"o'rganib oldi".
Yangi optsiyadan
foydalanish uchun chat
bo'limida "Call
phone  (telefonda
qo'ng'iroq qilish)
tugmachasini bosish va
paydo bo'lgan raqamli
paneldagi kerakli
raqamlarni terish kerak.
Ushbu xizmatni sinovdan
o'tkazib ko'rgan guvohlar,
ba'zida ovoz buzilishlari
kuzatilsa-da, aloqa sifati
ancha yuqori ekanini qayd
etishmoqda. Hech
bo'lmaganda, yil
oxirigacha Qo'shma
Shtatlar va Kanada
hududidagi qo'ng'iroqlar
bepul bo'lib qoladi.
Xalqaro telefon
qo'ng'iroqlariga maxsus
tarif setkasiga o'rnatilgan.
Gmail pochta xizmatiga
oddiy telefonlarga
qo'ng'iroqlarni amalga
oshirish xususiyatini
bergan Google
kompaniyasi bu bilan
Skype ning ommabop
VoIP-servisi bilan deyarli
raqobat jangiga kirishdi,
desak yanglishmaymiz.
Eslatib o'tamiz, VoIP-servisi
560 milliondan ziyod
ro'yxatdan o'tgan
foydalanuvchilarga ega.
Gmail orqali va "etakchi
veb-telefon
provayderlar" (o'ng
tomondagi ustun)
yordamida amalga
oshiriladigan qo'ng'iroqlar
narxining solishtirma
jadvali. Aytganday, Gmail-
suhbatning bir daqiqasi
Rossida $0.04 ni,
Belorussiyada esa $0.24 ni
tashkil etadi.