Hazil sherlar
_____________________
Pul bilan obod uying, gar bo'lsa u vayrona ham,
Pul yo'q ekan
cho'ntagingda vayronadir
koshona ham.
Pul qadrin bilmoq
bo'lsang boqqin sen bu holatga:
Mullajiring ovozidan
sog'ayarkan devona ham.
Pul hisobin qilma
do'stim,puling "limon" bo;lsa ham oz,
"ko'k"ini ko'zga
surtgin,gar bo'lsa u bir dona ham.
So'rma mendan kim
diloro pulmi yo janona? deb.
Puling bo'lsa
cho'ntagingda
qo'yningdadir
janona ham!
_____________________
Odamga oyoq kerak
Militsiyaga tayoq kerak
Do'xtirga kasal kerak
Ayiqqa asal kerak
Boshga do'ppi kerak
Cholga kampir kerak
Qizlarga yigit kerak
Metroga jeton kerak
Ko'rga hassa kerak
Bo'riga quyon kerak
Quyonga yurak kerak
Sotuvchiga mijoz kerak
Mijozga pul kerak
Pul uchun ishlash kerak
Ishlash uchun ish kerak
Chaqaloqqa soska kerak
Baqaloqqa bo'tqa kerak
Toshkentd yurishga
Propiska bilan pul kerak
_____________________
Go'zal qomat sizda bo'lsa,
Lochin ko'zlar bizda bor.
Uzun kiprik sizda bo'lsa,
Qalin qoshlar bizda bor.
Nozik qo'llar sizda bo'lsa,
Oltin uzuk bizda bor
Go'zal lablar sizda bo'lsa,
Qaynoq bo'sa bizda bor
Nozik bellar sizda bo'lsa,
Qattiq qo'llar bizda bor
Aldab ketish sizda bo'lsa,
Tashlab ketish bizda bor.
_____________________
POYABZAL NOLISHI.
_____________________
O'sha buyum bozoridan,
Meni sotib olishdi.
Shundan keyin boshimga,
It kunini solishdi.
Avval aftimga etik -
Moydan surtib chiqdilar.
So'ng kir paypoq oyog'in,
Quchog'imga tiqdilar.
Qishin-yozin to'xtatmay,
Ne joylarga boshlashdi,
Uch yil minishib rosa,
Bir qutiga tashlashdi.
Netay, eski qutidan,
Ketolmayman-da qochib.
Yordam kutib yotibman,
Og'zimni ka-atta ochib..."
_____________________
JONIM SIZNI SEVIB
QO'YDIM,
YORINGIZ YO'Q QILIB
QO'YDIM.
ISHQINGIZDA TELBA BO'LIB
TOVUG'IMNI
SO'YIB QO'YDIM.
_____________________
Ozg`in molning eti
bo`lmaydi,
Chayqovchining
beti bo`lmaydi!
Cho`chqaning orig`i
bo`lmaydi,
Negrning sarig`i bo`lmaydi.
Qizil chiroqdan o`tib
bo`lmaydi,
Paxtakorni yutib
bo`lmaydi.
Yutsa ham soqqa
bo`lmaydi,
Ishtonda yoqa bo'lmaydi!!!
